O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 5,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/96
Sana04.03.2022
Hajmi5,19 Mb.
#482696
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   96
Bog'liq
qishloq xojaligi mashinalari 2

8-§. Tirkalma pluglar 
Tirkalma plugning umumiy ko‘rinishi 11-rasmda ko‘rsatilgan 
bo‘lib, ishchi qismlari o‘rnatilgan ramasi uchta g‘ildirakka tayanib 
turadi. Plug ramasining chap tomoniga dala g‘ildiragi (DG‘), o‘ng 
tomoniga shudgor g‘ildiragi (SHG‘) va orqa g‘ildirak (OG‘) 
o‘rnatiladi. 
Hamma korpuslari bir xil chuqurlikda ishlayotgan plugning 
dala g‘ildiragi haydalmagan dala yuzasi, shudgor g‘ildiragi 
plugning oldingi yurishidan qolgan shudgor tubi bo‘ylab, orqa 
g‘ildiragi esa orqa korpus qoldirayotgan shudgor tubi bo‘ylab 
harakatlanadi. Demak, DG‘ sathi bilan SHG‘ va OG‘ sathlarining 
farqi haydash chuqurligi 
a
ga teng. 
Korpuslar ag‘darayotgan tuproqning qarshilik kuchi ta’sirida 
plugning haydalmagan chap tomonga burilishiga tirak taxtalar 
Qismlariga saqlagich o‘rnatilgan har qanday mashina 
qimmatroq bo‘lsa ham, undan foydalanib bajariladigan 
ishning tannarxi pasayadi.


27 
hamda OG‘ yo‘l qo‘ymaydi. Shu sababli, OG‘ ning to‘g‘ini 
shudgor devorining pastiga tiralib yuradigan tarzda sozlanadi. 
Orqa g‘ildirak esa gorizontga nisbatan 70°–80° qiya holda 
o‘rnatiladi.
Plug transport holatida yurganda OG‘ 5°–6° gacha o‘ng va 
chapga burilib, harakat yo‘nalishining o‘zgarishiga qisman 
moslanib turishi maxsus stopor bolt yordamida sozlanadi. Ish 
vaqtida esa, OG‘ ning burilishi deyarli to‘liq cheklanishi lozim 
(stopor bolt qotiriladi). Aks holda, u plugni yon tomonga 
surayotgan kuchni qabul qila olmasdan, tirak taxtalarga yordam 
bera olmaydi. Maxsus sozlovchi bolt yordamida plug og‘irligining 
bir qismi OG‘ga tushadigan qilinadi natijada, OG‘ shudgor tubiga 
10–15 
mm
gacha botib yuradigan qilib o‘rnatiladi. 
11-rasm.
Tirkalma plugning umumiy ko‘rinishi:
1–asosiy korpus; 2–chimqirqar; 3–rama; 4–chuqurlikni sozlovchi DG‘ 
mexanizmi; 5– korpuslarni bir xil chuqurlikka o‘rnatuvchi SHG‘ mexanizmi; 
6–OG‘ mexanizmi; 7–tirkagich; 8–shudgor g‘ildiragi (SHG‘); 
 9–dala g‘ildiragi (DG‘); 10–orqa g‘ildirak (OG‘).
 






10 

OG‘ 
OG‘ 


DG‘ 


28 
Transport holatidagi plugning hamma g‘ildiraklari bir 
tekislikda harakatlanadi
.
Bu holatda barcha korpuslar yer yuzasiga 
nisbatan transport tirqishi (h) balandligida bo‘lishi talab qilinadi. 
h> 20 
sm
bo‘lishi kerak. 
Plugdan foydalanishda, paykalni shudgorlashdagi birinchi, 
ikkinchi, uchinchi yurishlarda har bir korpusning yer yuzasiga 
nisbatan turlicha yoki hammasining bir xil chuqurlikda (baland-
likda) yurishini ta’minlash talab qilinadi. Yuqoridagi jarayonlar 
mexanizmlarning plug g‘ildiraklarini ramaga nisbatan turli holatda 
ushlab turishi hisobiga bajariladi. 
Tirkalma plugni agregatlashda aksariyat holda uni traktorga 
simmetrik ulamasdan haydalgan tomonga surib qo‘yib ishlatish 
lozim. Bu holatda traktorning boshqaruvchanligi birmuncha 
qiyinlashsa ham, uning g‘ildiraklarini shudgorlangan yerda emas, 
balki dala yuzasida harakatlantiriladi. Natijada, shudgorlangan joy 
zichlanmaydi. Bu tirkalma plugning afzalligidir. 
Notekis yerda bo‘ylama yo‘nalishda traktorning engashishlari 
tirkalma plugga ta’sir ko‘rsatmaydi. Shu tufayli plug harakatining 
ravonligi ta’minlanib, shudgorlash chuqurligi bir tekis bo‘ladi. 
Maxsus pluglarning aksariyati tirkalma ko‘rinishda ishlatiladi. 

Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish