Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G’ulomova, Sharofat Yo’ldosheva, Sharofjon Sariev



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/146
Sana04.03.2022
Hajmi2,09 Mb.
#482639
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   146
Bog'liq
Она тили укитиш мет лотинда

TO’RTINCHI BOSQICH
– so’z turkumlarini o’rganish bilan bog’liq holda
so’zning tarkibi ustida ishlash (III-IVsinflar). So’zning morfemik tarkibini o’rganish 
tizimida bu bosqichning maqsadi so’z yasovchi qo’shimchaning so’z yasashdagi 
ahamiyati va shakl yasovchi qo’shimchaning so’z shaklini o’zgartirishdagi
ahamiyati haqidagi bilimni chuqurlashtirish; o’quvchilarni ot, sifat, fe’llarning 
yasalish xususiyatlarini tushunishga tayyorlash hisoblanadi. 
So’z turkumlarini o’rganish jarayonida o’qituvchi o’quvchilarga so’z yasalishi 
asoslarini, so’z yasovchi qo’shimcha yordamida bir so’z turkumidan boshqasini yoki 
shu so’z turkumining o’zini yasash mumkinligini tushuntiradi. Masalan, ot ko’proq 
boshqa bir otdan 
(ishchi, baliqchi; sinfdosh, sirdosh; bog’bon, oshpaz, kitobxon, 
zargar), 
shuningdek, fe’ldan 
(elak, kurak, yutuq, o’roq, yotoq, terim, bilim); sifat 


129 
ko’proq otdan 
(suvli, suvsiz; yozgi, qishki, ishchan, ishli, ishsiz), 
shuningdek, fe’ldan 
(maqtanchoq, o’tkir, sezgir); 
fe’llar otdan 
(ishla, gulla, gapir), 
sifatdan 
(oqla, 
yaxshila, oqar, qoray)
yasaladi. 
O’quvchilarni so’z yasalish xususiyatlarini tushunishga tayyorlash uchun 
o’qituvchi ularga muayyan bir yangi so’z qaysi so’zdan va qaysi morfema yordamida 
yasalganini aniqlashga qaratilgan topshiriq
 
beradi. Masalan, o’qituvchi 
chegara 
otini 
aytadi va chegarani
 
qo’riqlaydigan kishini bildiradigan o’zakdosh ot tanlashni 
topshiradi 
(chegarachi). 
Vazifani boshqacharoq berish ham mumkin: o’qituvchi 
so’zni va so’z yasovchi morfemani beradi. O’quvchining vazifasi yangi so’zni to’g’ri 
yasash va leksik ma’nosini tushuntirish hisoblanadi. Masalan, b
aliq 
so’zidan 
–chi 
qo’shimchasi yordamida yangi so’z yasash 
(baliqchi), 
uning leksik ma’nosini 
tushuntirish, qaysi so’z turkumi ekanini aytish topshiriladi. Ikkala topshiriqda ham 
o’quvchilar so’zni morfemik tahlil qiladilar. Bunda o’qituvchi o’quvchilar e’tiborini 
hosil bo’lgan so’z qaysi morfema yordamida, qaysi so’z turkumidan yasalganiga, 
qanday ma’no anglatishi va qaysi so’z turkumi ekaniga qaratadi. Bunday mashqlarda 
tilda mavjud bo’lgan so’zlarning leksik ma’nosi bilan morfemik tarkibining o’zaro 
bog’liqigiga va biror so’z turkumiga xarakterli bo’lgan so’z yasalishi usuliga 
asoslaniladi. 
Bunday mashq turlaridan namunalar: 
1. O’zakdosh so’zlari bo’lgan matnni leksik – so’z yasalishi tomonidan tahlil 
qilish. Masalan, quyidagi kabi matn diktovka bilan yozdiriladi:
Hovlimizda gulzor bor. Gulzorga har xil gul ekilgan. Ularni gulchi akam
parvarish qiladi. Gullar chamandek ochiladi.
O’qituvchi rahbarligida bir o’zakdosh so’zdan boshqasi qanday morfema
yordamida yasalgani, u qaysi so’z turkumiga kirishi, qanday ma’no bildirishi 
aniqlanadi. 
2. Leksik ma’nosi keng tushuntirilgan so’zni o’zakdosh so’z bilan almashtirish. 
Topshiriq. 
Ajratib ko’rsatilgan so’zga o’zakdosh bo’lgan bir so’z toping. Uning 
qaysi so’z turkumiga kirishini ayting va uni
so’z tarkibiga ko’ra tahlil qiling. 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish