100
Demak, grammatik tushunchalar umumlashtirilganlarning yana umumlashtirilgani
hisoblanadi.
Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o’quvchilarda tushuncha juda
ko’p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun
mavhum tafakkur ma’lum darajada rivojlangan bo’lishi lozim.
Mavhum tafakkur
ta’lim jarayonida vujudga keladi va maxsus mashqlarni talab qiladi. Bu mashqlar
muayyan aqliy ko’nikmalarni va lingvistik tasavvur hamda bilimlar yig’indisini
shakllantirishga qaratilgan bo’lishi zarur. Ko’pgina ruhshunos olimlarning
tekshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish jarayoni tafakkurga
oid analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirish
amallarini bilib olish
jarayoni ham hisoblanadi. O’quvchilarda tushunchani shakllantirishning natijasi
ularning mavhumlashtirish faoliyatining qay darajada o’sganligiga bog’liq.
Mavhumlashtirishda qiynaladigan o’quvchilar so’zlarni taqqoslay olmaydilar va
ularning muhim grammatik belgilariga ko’ra bir guruhga birlashtira olmaydilar,
tushunchani shakllantirishda qiynaladilar va xatoga yo’l qo’yadilar. Masalan, fe’l
o’rganilganda o’quvchilar fe’l predmetning harakatini bildirishini bilib oladilar.
Yurmoq, o’qimoq, olmoq
kabi fe’llarda leksik ma’no grammatik ma’noga mos keladi.
Ko’p fe’llarda bunday moslik bo’lmaydi. Grammatikada predmet harakati
deyilganda, harakat bilan birga predmetning holati,
uning boshqa predmetlarga
munosabati, predmet belgisining o’zgarishi kabilar ham tushuniladi:
uxlamoq,
o’ylamoq, sevmoq, o’smoq, ko’karmoq
va hokazo. Predmet harakatini bunday keng
ma’noda, umumlashtirilgan holda tushunish endigina tilni o’rgana boshlagan
o’quvchilarga qiyinlik qiladi, ular harakatni ko’proq yurish, siljish ma’nosida aniq
tasavvur qiladilar. SHuning uchun fe’lni o’rganishning boshlang’ich bosqichida
yotmoq, kasallanmoq, turmoq, qizarmoq
kabi so’zlarni predmet
harakatini bildiradi
deb hisoblamaydilar. Bunday hodisani otni o’rganishda ham uchratish mumkin.
Ayrim o’quvchilar
tinchlik, qahramonlik, qadam
kabi so’zlarni ot turkumiga
kiritmaydilar. Tushunchani shakllantirish uchun o’quvchilarda mavhumlashtirish
ko’nikmasini o’stirish, ular diqqatini so’zning aniq leksik ma’nosidan grammatik
ma’nosiga qaratish va shu guruhdagi so’zlarga
oid umumiy, grammatik belgilarni
101
hisobga olgan holda, ularni bir guruhga birlashtirish talab etiladi. Masalan, k i m?
yoki n i m a? so’rog’iga javob bo’ladigan barcha so’zlar “ot” turkumiga birlashadi;
predmet bildirish, son (birlik va ko’plikda kelish), egalik qo’shimchalari
bilan
o’zgarish, kelishiklar bilan turlanish bu so’zlar uchun umumiy grammatik belgilar
hisoblanadi. Tushunchani shakllantirishda xatoning oldini olish uchun ta’lim berish
jarayonida qator metodik talablarga rioya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: