Bizning davrimizda ajoyib va m ag‘rur qasr Milan tarixiy marka-
ziga joylashdi. Qadimda XIV boshlarida, qasming ilk g ‘ishtlari terila-
yotganda, uni markazdan chetroqqa qurish rejalashtirilgan edi. Umu-
man olganda, qasr himoyalovchi, mustahkam
mudofaa vazifasini
o ‘tash uchun qurilgan. Inshootning tamal toshi, sulolasi Milanni ikki
asr (1277 - 1447) boshqargan gersog Galeatsso II Viskonti boshqargan
paytdan, 1368-yilda qo‘yilgan. Sfors qasrining qurilishini esa Milan
hokimiyatini 1450-yilda bosib olgan Franchesko Sforsa boshqardi.
1466-yil Franchesko Sfors vafotidan so‘ng, uning vorislari qasmi
gersog qarorgohiga xos ko‘rinish berib qurilishni davom ettirishadi.
Bezak ishlariga o ‘sha davming mohir
ustalari Leonardo da Vinchi,
Bramante, Filaretelami chaqirishadi. Aynan shu davrda qasming
hozirgi vaqtgacha o ‘zining g o ‘zalligini y o ‘qotmagan, muhtasham
interyerlari yaratilgan. Qasrda ichki hovlichalar, arkadalar bilan
o ‘ralgan g o ‘zal maydon paydo b o ‘ldi.
XV asr oxirlarida qasr eng go‘zal va boy qasrlardan biri bo‘ldi.
Italiya umshi boshlanganidan so‘ng qasr xo‘jayini
Lyudovik Sfors
qasmi tashlab qochib ketdi, uning barcha mol-mulkini fransuz qiroli
Lyudovik XII egallab oldi.
Biroq uning vakili Fransisk I qasrga nisbatan sovuqqon bo‘lgan,
chunki u fransuz Shamborini va italyan Montenblo qasrlarini xush
ko‘rar edi. Qasr doimiy bo‘sh turaverdi, 1521-yil chaqmoq ta ’siridan
Filiarete minorasi qulab tushdi, omboridagi
poroxning portlashi nati-
jasida katta talofat ko‘rdi. Yaxshiyamki, atrofdagilarga zarar tegma-
di. Ispanlar boshqamvi davrida qasr o ‘zining asl mudofaa vazifasini
o ‘tadi. Shahar mudofaa binolarini mustahkamlash vazifasi bilan ispan
yer egasi Ferrante Gonzaga shug‘ullanib, qasmi yulduz shaklidagi
qurilishlar qatoriga qo‘shdi.
Napaleon boshqaruvi paytida, vatanparvar gersoglar hukmronligi-
ga qarshi xalq bir necha marotaba imperatorga gersoglaming g ‘umri
bo‘lgan Sfors qasrini fransuz Bastiliya qasriga o ‘xshab buzib tashlash
talabi bilan chiqishgan. Lekin
imperator bu talabni rad etib, fransuz
harbiylarini joylash uchun qal’aning bir qator eski qurilmalarini qayta
tiklashga buyruq berdi. K o‘p sonli zallar va eskirib ketgan fortifikat-
sion inshootlar buzib tashlanib, qasming katta hududi skverga aylan-
gan. 1833-yil qasrda katta masshtabli
restavratsion ishlar boshlanib,
Sfors qasri o ‘rta asrlar ruhidagi romantik uslubini qayta tiklab oldi.
Qasming qayta tiklash ishlari ancha cho‘ zilib ketdi. 1861 -yil umumiy
mustaqil Italiya davlati qayta tiklangach, yangidan kuch to‘planib qu-
rildi. Qasr birinchilardan b o iib qayta tiklanuvchi inshootlar ro‘yxatiga
tushib, rekonstmksiyasining loyihasi milanlik arxitektor Lukoy Bertra-
mi tomonidan taklif etilgan. Loyiha qasming VI asrlik umri davomidagi
turli yozishmalarda keltirilgan ta’riflarga, qasming mudofaasi tasvirlan-
gan suratlarga qarab, ulami o ‘rganib chiqib ishlab chiqilgan.
Qayta tiklangan qasrga ilk tashrif buyuruvchilar 1900-yilning
bahor oyida kirishga m usharraf b o iish g a n . Rasmiy restavratsiya
ishlari 1905-yilda tugallangan. Shundan keyin qasr shahar va shahar
aholisiga sovg‘a qilingan. 0 ‘tgan asrlar
davom ida qasrda bir qator
muzeylar shakllana boshlandi.
Qasming birinchi qavatida muzeyning barcha boy eksponatlari
joylashgan: Leonardoning freskasi, Bellinining polotnosi, Mantene,
Korredjo, Lippo va b.. Qasrdagi eng e ’tiborga sazovor eksponat deb,
buyuk
Mikelandjoning oxirgi ishi, tugallanm agan haykal — “Petu
Rondanini” hisoblanadi. Ikkinchi qavatdagi tinch galereyada musiqa
asboblari galereyasi va Sfors oilasiga tegishli b o ig a n o ‘rta asming
ajoyib gobelenlar (devorga osib qo‘yiladigan suratli gilam) kolleksi
yasi joylashgan.
%