2-laboratoriya ishi mavzu: tabiiy materiallar turlari, ularni yig‘ish, ishlov berishga tayyorlashni o‘rganish



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana04.03.2022
Hajmi0,77 Mb.
#482099
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-LABORATORIYA

 
GAZLAMA QOLDIQLARI BILAN ISHLASH 
Ishning maqsadi:
Gazlama qoldiqlari bilan ishlashni o`rganish. 
Kerakli jihozlar: 
har xil gazlamalar, santimetr lenta,bo`r,tikuv mashinasi, qaychi va 
hokazo.
 
Gazlama qoldiqlari bilan ishlash haqida nazariy ma’lumotlar. 
1.
Gazlama turlari va ularga ishlov berish xususiyatlari. 
2.
Gazlama qoldiqlaridan tayyorlanadigan buyumlar turlari va ularning vazifalari. 
3.
Gazlama qoldiqlaridan oshxona hamda uy-bezak anjomlarini tayyorlash. 
Gazlama qoldiqlaridan unumli foydalanishning ahamiyati 
Yoshlarga gazlama qoldiqlaridan tayyorlanadigan buyumlarni o`rgatish orqali ularga 
nafaqat bilim, balki iqtisodiy tarbiya ham berib boriladi. Gazlama qoldiqlari bilan ishlash, bir 
tomondan, isrofgarchilikning oldini olsa, ikkinchi tomondan, yoshlarni sabr-toqatga, nazokatga, 
bo`sh vaqtdan unumli foydalanishga undaydi. Tayyorlanayotgan buyumning badiiy yechimini hal 
qilish orqali esa ularda ijodkorlik qobiliyatlari rivojlanadi. 
Faqatgina gazlama qoldiqlaridan emas, balki eski kiyilmaydigan kiyimlardan ham uy-
ro`zg`or uchun ko`plab foydali buyumlar tayyorlanadi. Bunday buyumlarni bezashda palto, jaket, 
ko`ylak, mexli kiyimlar bichiqlaridan qolgan gazlama, charm va zamsh bo`laklaridan foydalanish 
mumkin. Boy fantaziya va ijodiy yondoshish orqali bunday ishda hamma material qoldiqlari o`z 
o`rnini topadi. 
Bizni o`rab turadigan muhit qulay hamda go`zal bo`lishi kerak. Shuning uchun nafaqat xona 
anjomlarini, balki oshxona anjomlarini ham badiiy did bilan tayyorlash zarur. Oshxona shinam va 
ozoda bo`lsa, undagi predmetlarning barchasini zamonaviy uslubda joylashtirish maqsadga 
muvofiq bo`ladi. Shuningdek, oshxonada bemalol ishlashimiz uchun esa bizga yordamchi ish 
qurollar kerak bo`ladi. Masalan, qozon, choynak ushlagich, fartuk va hokazo. 
Oshxona uchun komplekt anjomlarga: parda, dasturxon va salfetkalar, sochiq, choynak 
uchun isitgich, choynak ushlagich, fartuklar kiradi. Bularni tayyorlash uchun och rangdagi zig`ir, 
paxta tolali matolardan foydalansa bo`ladi. Ularning kompozitsion yechimini hosil qilish uchun 
sanab o`tilgan buyumlarning bir xilda bajarilishiga ahamiyat berish kerak (2.10- chizma, a, b). 


2.10-chizma. A-Oshxona uchun komplekt anjomlar 
Parda - ikkita asimmetrik detaldan bichiladi. Undagi kashtaning yechimi ham asimmetrik 
bajariladi. Pardaning chap bo`lagining yuqori qismi o`rtasida joylashgan, asosiy gazlamaga 
applikatsiya qilib tikilgan fantaziyali gul kompozitsion markaz bo`ladi. Guldan tepa va past 
tomonga chetki qirqimlar bo`ylab barglar tarqatilgan. Pardaning ichki qirqimlari tishsimon shaklda 
petlya chokda kashta bilan ishlov berilgan. 
2.10-chizma. B-oshxona uchun komplekt anjomlar tayyorlash 
 


Dasturxon to`g`ri to`rtburchak bo`lib, stol o`lchamlariga mos bo`ladi. Uning chetki 
qirqimlari tishsimon shaklda petlya chok bilan tikiladi. Dasturxondagi kashta asimmetrik bo`lib, 
pardadagi tikish texnikasi va rasm elementlari takrorlanadi. 
Salfetkalar 35x35 sm bo`lib, to`rtburchak shaklida ozgina gul barglari bilan bezatilgan (2.11-
chizma). 
2.11-chizma 
Choynak isitgich 2 detaldan - choynak g`ilofi va choynak tagligidan iborat. Choynak g`ilofi 
issiq astar - ostki qismi va ustki qismi bezatilgan avradan iborat. Bunda oval shaklidagi g`ilof 
ko`rsatilgan. 
Katta bo`lak g`ilofning ostki qismiga teng bo`ladi. Ostki qismi 2 qavat astardan iborat bo`lib, 
uning orasiga vatin yoki porolon qo`yib qo`lda yoki mashinada qaviladi. Ustki qismiga kashta 
alohida tikib olinadi va yon tomonlari alohida petlya chokda tikiladi. So`ngra kashta tikilgan avrani 
ostki qismiga bostirib tikiladi. Ostki qismidagi issiq vatin yoki porolondan 1 sm kesib tashlanadi, 
shunda biriktirilgan chok qalin bo`lmaydi. G`ilofning pastki qismiga mag`iz bilan ishlov beriladi. 
Choynak tagligi 3 qavat asosiy gazlamadan turli shaklda bichiladi, qo`lda yoki mashinada 
qaviladi va atrofi choynak g`ilofi bilan bir xilda mag`iz bilan ishlov beriladi. 
Choynak ushlagichlari ham choynak tagligi kabi tayyorlanadi. 
Fartuklar fantaziya uslubiga moslashtirilgan asimmetrik o`timli bo`ladi. Chetki qirqimlari 
kashta bilan bezatilgan bo`lib, bichish vaqtida gardish bilan tikishga qulay bo`lishi uchun 2 sm 
ortiq qoldiriladi. Cho`ntak pastki qirqimi va yuqori burchak tomoni kashta bilan tikiladi. Cho`ntak 
chetki qirqimlari bukilib yopishtirib tikiladi. Fartuk taqilmasini petlya va tugmacha bilan ishlov 
beriladi. 
Komplektga dekorativ sochiqni ham kiritish mumkin. Uning yon tomoni zig-zag chokda 
tikiladi, ikkita uchi esa oshxona anjomlarining boshqa komplektlaridek bezatiladi. 
Zig`ir, paxta, shoyi tolali gazlama qoldiqlaridan choynak uchun isitgich tayyorlash mumkin 
(2.12-chizma). 


2.12-chizma 
Choynakuchunisitgichikkiqismdan: 
aylanashaklidagichoynaktagligivaqizaloqchoynakg`ilofidaniborat. 
Choynak 
tagligi 
aylana 
shaklidagi ikki qavat gazlama bo`lagi va vatindan tashkil topgan. Bular hammasi birgalikda qo`lda 
yoki mashinada qavilib, uning atrofini rangli mag`iz bilan ishlov beriladi. Choynak g`ilofi to`rt 
bo`lakli avra-astar hamda ular orasidagi vatindan tashkil topgan. Vatinni ham xuddi avra yoki 
astardek to`rt bo`lakdan iborat qilib bichiladi va bu bo`laklar bir-biri bilan qo`lda uchma-uch 
(biriktirma chok bilan qalin bo’lib ketmasligi uchun) qilib tikiladi. Choynak g`ilofi avrasining bitta 
bo`lagiga applikatsiya va kashta bilan qizaloqni tikiladi. G`ilofning pastki qismi burma bilan 
bezatiladi. So`ngra g`ilof avrasi, vatini va astari bir-biriga kiritilib, pastki qismi rangli mag`iz bilan 
bezatilib tikiladi. G`ilofning yuqori qismiga xuddi soch turmagiga o`xshab turuvchi sharcha-
ushlagich mahkamlanadi. Bu sharchani aylana shaklidagi gazlama bo`lagiga paxtani o`rab ham 
tayyorlash mumkin. 
 
2.13-chizma 
Rasmda choynak g`ilofining turli modellari berilgan. Bu g`iloflarning tikilish uslubi bir 
xilda, faqatgina ularga ketadigan materiallar ranglari, g`ilof o`lchamlari va shakllari hamda 
bezatilishi turlicha bo`ladi. 
2.13-chimada zardo`zlik bilan bezatilgan choynak g`ilofiga to`q rangdagi duxoba yoki 
velyur hamda astarlik gazlamalar kerak bo’ladi. Choynak g`ilofining detallari andozasini 
tayyorlash 2.14-chizmada berilgan. Bichilgan choynak g`ilofining avra qismiga avval 
zardo`zlik naqshi yoki applikatsiya tikib olinadi. So`ngra avra bo’laklari teskarisidan uch 
tomonlari birlashtiriladi va o`ngiga ag`dariladi. Astar bo`laklariga teskari tomonidan vatin 
joylashtirilib qaviladi va uch tomonlari birlashtiriladi. 
Tayyorlangan astar qismi avraga kirgizib olinib, uning uch tomonlari avraga mahkamlanadi. 
Bu vaqtda choynak g`ilofining uchlariga po`paklari ham ulanadi. 


Ular rangli ipak iplar yoki simdan tayyorlanishi mumkin. G`ilofning etak qismiga 
zardo`zlikka yoki applikatsiya rangiga moslab mag`iz bilan ishlov berish mumkin. 
2.14-chizma 2.15-chizma 
 
2.15-chizmada gazlama qoldiqlaridan ranglarni moslashtirishga mo`ljallab tayyorlash 
mumkin bo`lgan choynak g`ilofining andozasi berilgan. Bu choynak g`ilofining ko`rinishi 2.13- 
chizmada keltirilgan. Istalgan gazlama qoldiqlaridan turli shakldagi qozon yoki choynak ushlagich 
tayyorlash mumkin. 
Choynak ushlagichni tayyorlash uchun avval uning chizmasini rasmdagidek qirqib olish 
zarur. Andoza bo`yicha ustki va ostki ikkita asosiy detallar bichib olinadi. Ustki qismiga 
rasmdagidek yoki boshqa turdagi applikatsiya tikiladi yoki yopishtiriladi (choynak g`ilofiga 
qaralsin). 
So`ngra ushlagich detallarini o`ngini ustiga qaratib 0,5 sm chokda aylantirib tikib chiqiladi. 
Choklar va ushlagichning yuqori qismi rangli tasma bilan mag`izlab tikib chiqiladi. Bunda 
tikilayotgan mag`izdan halqa qilib ushlagich burchagiga mahkamlab qo`yiladi (2.16-chizma). 
2.16-chizma 



Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish