2.10-chizma. A-Oshxona uchun komplekt anjomlar
Parda - ikkita asimmetrik detaldan bichiladi. Undagi kashtaning yechimi ham asimmetrik
bajariladi. Pardaning chap bo`lagining yuqori qismi o`rtasida joylashgan,
asosiy gazlamaga
applikatsiya qilib tikilgan fantaziyali gul kompozitsion markaz bo`ladi. Guldan tepa va past
tomonga chetki qirqimlar bo`ylab barglar tarqatilgan. Pardaning ichki qirqimlari tishsimon shaklda
petlya chokda kashta bilan ishlov berilgan.
2.10-chizma. B-oshxona uchun komplekt anjomlar tayyorlash
Dasturxon to`g`ri to`rtburchak bo`lib, stol o`lchamlariga mos bo`ladi. Uning chetki
qirqimlari tishsimon shaklda petlya chok bilan tikiladi. Dasturxondagi kashta asimmetrik bo`lib,
pardadagi tikish texnikasi va rasm elementlari takrorlanadi.
Salfetkalar 35x35 sm bo`lib, to`rtburchak shaklida ozgina gul barglari bilan bezatilgan (2.11-
chizma).
2.11-chizma
Choynak isitgich 2 detaldan - choynak g`ilofi va choynak tagligidan iborat. Choynak g`ilofi
issiq astar - ostki qismi va ustki qismi bezatilgan avradan iborat. Bunda oval shaklidagi g`ilof
ko`rsatilgan.
Katta bo`lak g`ilofning ostki qismiga teng bo`ladi. Ostki qismi 2 qavat astardan iborat bo`lib,
uning orasiga vatin yoki porolon qo`yib qo`lda yoki mashinada qaviladi. Ustki qismiga kashta
alohida tikib olinadi va yon tomonlari alohida petlya chokda tikiladi. So`ngra kashta tikilgan avrani
ostki qismiga bostirib tikiladi. Ostki qismidagi issiq vatin yoki porolondan 1 sm kesib tashlanadi,
shunda biriktirilgan chok qalin bo`lmaydi. G`ilofning pastki qismiga mag`iz bilan ishlov beriladi.
Choynak tagligi 3 qavat asosiy gazlamadan turli shaklda bichiladi, qo`lda yoki mashinada
qaviladi va atrofi choynak g`ilofi bilan bir xilda mag`iz bilan ishlov beriladi.
Choynak ushlagichlari ham choynak tagligi kabi tayyorlanadi.
Fartuklar fantaziya uslubiga moslashtirilgan asimmetrik o`timli bo`ladi.
Chetki qirqimlari
kashta bilan bezatilgan bo`lib, bichish vaqtida gardish bilan tikishga qulay bo`lishi uchun 2 sm
ortiq qoldiriladi. Cho`ntak pastki qirqimi va yuqori burchak tomoni kashta bilan tikiladi. Cho`ntak
chetki qirqimlari bukilib yopishtirib tikiladi. Fartuk taqilmasini petlya va tugmacha bilan ishlov
beriladi.
Komplektga dekorativ sochiqni ham kiritish mumkin. Uning yon tomoni zig-zag chokda
tikiladi, ikkita uchi esa oshxona anjomlarining boshqa komplektlaridek bezatiladi.
Zig`ir, paxta, shoyi tolali gazlama qoldiqlaridan choynak uchun isitgich tayyorlash mumkin
(2.12-chizma).
2.12-chizma
Choynakuchunisitgichikkiqismdan:
aylanashaklidagichoynaktagligivaqizaloqchoynakg`ilofidaniborat.
Choynak
tagligi
aylana
shaklidagi ikki qavat gazlama bo`lagi va vatindan tashkil topgan. Bular hammasi birgalikda qo`lda
yoki mashinada qavilib, uning atrofini rangli mag`iz bilan ishlov beriladi. Choynak g`ilofi to`rt
bo`lakli avra-astar hamda ular orasidagi vatindan tashkil topgan. Vatinni ham xuddi avra yoki
astardek to`rt bo`lakdan iborat qilib bichiladi va bu bo`laklar bir-biri bilan qo`lda uchma-uch
(biriktirma chok bilan qalin bo’lib ketmasligi uchun) qilib tikiladi. Choynak g`ilofi avrasining bitta
bo`lagiga applikatsiya va kashta bilan qizaloqni tikiladi. G`ilofning
pastki qismi burma bilan
bezatiladi. So`ngra g`ilof avrasi, vatini va astari bir-biriga kiritilib, pastki qismi rangli mag`iz bilan
bezatilib tikiladi. G`ilofning yuqori qismiga xuddi soch turmagiga o`xshab turuvchi sharcha-
ushlagich mahkamlanadi. Bu sharchani aylana shaklidagi gazlama bo`lagiga paxtani o`rab ham
tayyorlash mumkin.
2.13-chizma
Rasmda choynak g`ilofining turli modellari berilgan. Bu g`iloflarning tikilish uslubi bir
xilda, faqatgina ularga ketadigan materiallar ranglari, g`ilof o`lchamlari va shakllari hamda
bezatilishi turlicha bo`ladi.
2.13-chimada zardo`zlik bilan bezatilgan choynak g`ilofiga to`q rangdagi duxoba yoki
velyur hamda astarlik gazlamalar kerak bo’ladi. Choynak g`ilofining
detallari andozasini
tayyorlash 2.14-chizmada berilgan. Bichilgan choynak g`ilofining avra qismiga avval
zardo`zlik naqshi yoki applikatsiya tikib olinadi. So`ngra avra bo’laklari teskarisidan uch
tomonlari birlashtiriladi va o`ngiga ag`dariladi. Astar bo`laklariga teskari tomonidan vatin
joylashtirilib qaviladi va uch tomonlari birlashtiriladi.
Tayyorlangan astar qismi avraga kirgizib olinib, uning uch tomonlari avraga mahkamlanadi.
Bu vaqtda choynak g`ilofining uchlariga po`paklari ham ulanadi.
Ular rangli ipak iplar yoki simdan tayyorlanishi mumkin. G`ilofning etak qismiga
zardo`zlikka yoki applikatsiya rangiga moslab mag`iz bilan ishlov berish mumkin.
2.14-chizma 2.15-chizma
2.15-chizmada gazlama qoldiqlaridan ranglarni moslashtirishga mo`ljallab
tayyorlash
mumkin bo`lgan choynak g`ilofining andozasi berilgan. Bu choynak g`ilofining ko`rinishi 2.13-
chizmada keltirilgan. Istalgan gazlama qoldiqlaridan turli shakldagi qozon yoki choynak ushlagich
tayyorlash mumkin.
Choynak ushlagichni tayyorlash uchun avval uning chizmasini rasmdagidek qirqib olish
zarur. Andoza bo`yicha ustki va ostki ikkita asosiy detallar bichib olinadi. Ustki qismiga
rasmdagidek yoki boshqa turdagi applikatsiya tikiladi yoki yopishtiriladi (choynak g`ilofiga
qaralsin).
So`ngra ushlagich detallarini o`ngini ustiga qaratib 0,5 sm chokda aylantirib tikib chiqiladi.
Choklar va ushlagichning yuqori qismi rangli tasma bilan mag`izlab tikib chiqiladi. Bunda
tikilayotgan mag`izdan halqa qilib ushlagich burchagiga mahkamlab qo`yiladi (2.16-chizma).
2.16-chizma