Самарқанд давлат архитектура қурилиш



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet319/352
Sana03.03.2022
Hajmi3,21 Mb.
#481083
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   352
Bog'liq
Стратегик Менежмент дарслик

 
 
 


392 
Tayanch vaziyatlar 
Odatda strategiyani o’zgarishi smetalarni qayta taqsimotini nazarda 
tutadi. Strategiya talablariga muvofiq ravishda smetalarni moslashtirish 
– bu strategiyani tadbiq etishni hal kiluvchi unsuridir. Chunki har bir 
tashkiliy birlik strategiyani o’ziga tegishli qismini bajarish uchun 
xodimlarga, asbob-uskunalarga, binolarga va boshqa resurslarga ega 
bo’ladi.
Strategiyani moslashtirishning har bir jarayonida mavjud siyosat va 
proseduralarni tahlil etish eskirganlarini qayta ko’rib chiqish, yangilarini 
taklif qilish lozim. Yangi yoki qayta ko’rib chiqilgan siyosat va 
operasiya proseduralari strategiyani amalga oshirishga yordam beradi: 
1.
Menejerlarga, brigadirlarga va oddiy xodimlarga harakat 
yo’nalishini aniq ko’rsatadi; 
2.
Mustaqil harakatlar chegarasini ko’rsatadi;
3.
Geografik tarqoq joylashgan obyektlarda strategik muhim 
faoliyatlarni bajarishda zaruriy muvofiqlikni ta’minlaydi; 
4.
Kompaniyada kerakli ishlab chiqarish muhitini va madaniyatini
yaratish imkonini beradi. Strategiyani amalga oshirishda standart 
harakatlarga qaraganda tashabbuskorlik 
muhimroq bo’lishi 
mumkin.
Strategiyani malakali tadbiq etish xodimlarning ilg’or usullar va 
faoliyatni muntazam takomillashtirish tarafdori bo’lishini nazarda tutadi. 
Ko’rsatgichlarni taqqoslash, ilg’or tajribani tadbiq etish, tayanch 
jarayonlarni qayta tashkil etish va sifatni yangi boshqarish dasturlari – 
bularning hammasi samaradorlikni oshirishga, harajatlarni pasaytirishga, 
mahsulot sifatini ko’tarishga va xaridorlarning qoniqishini oshirishga
qaratilgan.
Kompaniya strategiyasini bir qator qo’llab-quvvatlovchi 
tizimlarsiz amalga oshirish mumkin emas. Puxta o’ylangan zamonaviy 
qo’llab-quvvatlovchi tizimlar nafaqat strategiyani amalga oshirishga 
yordam beradi, balki raqobat ustunligiga erishishda tashkiliy 
imkoniyatlarni mustahkamlaydi. Avtomatlashtirilgan kuzatish va nazorat 
hamda o’sib borayotgan kommunikasiya imkoniyatlari asosida 


393 
zamonaviy informasion va texnologik mukammal sharoitga ega bo’lmay 
turib, kompaniya raqiblarga nisbatan ustunlikka erishmaydi.
Motivlash usullari va mukofotlash tizimsi – bu strategiyani amalga 
oshirish yo’lida rahbarlar qo’llaydigan kuchli qurol hisoblanadi. 
Motivlashning ijobiy usullari uning salbiy usullariga qaraganda
yaxshiroq natija beradi. Lekin zarurat tug’ilganda ikkala usuldan ham 
foydalanish mumkin. Strategiyani amalga oshirishda moddiy va 
ma’naviy rag’batlantirish katta yordam beradi. Pul mablag’lari bilan 
rag’batlantirish kutilgan natijani berishi uchun:
1.
Mehnat uchun umumiy rag’batlantirishning katta qismini pul 
mablag’lari tashkil etishi lozim; 
2.
Rag’batlantirish tizimsi hamma ichki xodimlarni va menejerlarni 
qamrab olishi lozim;
3.
Tizimni extiyotkorlik bilan va odilona qo’llash lozim;
4.
Rag’batlantirishlar strategik rejada aniqlangan natijalar bilan 
bog’langan bo’lishi lozim; 
5.
Har bir xodimning maqsad ko’rsatgichi o’zi ta’sir etish mumkin 
bo’lgan darajada bo’lishi lozim. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish