216
aksini topadi. Bularni eshitib o’sayotgan insoniyat qushlar bizning qanotli do’stlarimiz
timsolida ularga munosabat bildiramiz. O’zbek adabiyoti va falklorida uchraydigon
qushlar haqida jumboqlar, topishmoqlar va maqollar bunga yaqqol misol bo’la oladi.
1.Zuv-zuv borg’ay,
Tomdan qarag’ay.
Cho’p,loy cho’qig’ay,
Savat to’qig’ay.
(qaldirg’och)
2.Shoh emas,shoh bo’lmasa ham,
Ammo u toj va rangli kostumda. (xo’roz)
3.Bir qo’shnim bor avval boshdan,
Soqoli uzun qizil go’shtdan.
Sahar turib shovqin olar,
Xabari yo’q hech bir ishdan. (xo’roz)
Hozirda rivojlanib borayotgan chog’ishtirma lingvistika
orqali turli halqlar
o’rtasidagi so’z va iboralarning ishlatilinishini bir-biriga qiyoslab o’rganish ham
dolzarb, qiziqarli hamda samarali usullardan biri deb hisoblaymiz. Milliy va jahon
adabiyotlarida qushlarnini ko’proq ayollarga qiyos qilinadi. ”tovus kabi tovlanib,
oqqush misoli, to’ti zabon, qaldirg’ochning qanotiday” kabi iboralar orqali ayollarning
go’zal qomati, xusni, suhandonligi va qoshlarinig qayrilma
qoraligi nazarda tutilsa,
”Eshak maqtanib, tulpor bo’lmas,qarag’a maqtanib,shunqor bo’lmas. Chumchuqning
mingta ovozi turnaning bir ovozidir.” kabi maqollar orqali aynan ayollarni emas butun
insoniyatdagi salbiy korinish, harakter va xulq atvorlarga ishora qilinadi. Ingliz tilida
esa a bird never flew on one wing. (hech qachon bir qanotli qush ucholmas) She walks
like a duck. (ayollarga nisbatan chiroyli qadam tashlash nazarda tutiladi) O’zbek tilida
esa buni aksi, yurishi hunuk bo’lgan odamga nisbatan “o’rdakga o’xshab lapag’nab”
degan ibora ishlatilinadi. Be under (one’s)wing. (birovning panasida bo’lish) xar ikki
tillarda birdek mano anglatadi. 4. Barack Obama may not be president of the USA any
more, but he is a wise old owl. (ushbu sitatada esa Obamaning donishmandligiga ishora
217
qilingan). He is so bird brained that he forgot his keys. (ushbu gapda “bird brain” yani
“qush miya iborasi” o’zbek tilidagi “tovuq miya” iborasiga o’xshash bo’lib narsasini
qayerga qo’yganini eslay olmay yurgan odamga nisbatan ishlatilgan). Bunday iboralar,
topishmoq va jumboqlar fan tili bilan aytganda metafora yani o’xshatish deb yuritamiz.
Hulosa.
Demak , jahon tilshunosligida, adabiyotida va matnlarida
timsoliy ifodalar
qiyosiy-tipolagik tilshunoslikda keng o’rganilishi zarur deb o’ylaymiz. Biz ushbu
maqolamizda chog’ishtirma lingvistika orqali bu ikki halqning ayrim
maqollari,topishmoqlari va iboralaridagi o’xshash va farqli jihatlarga to’xtalib o’tdik.
Yuqorida taʼkidlaganimizdek,
Navoiy Attorni Qaqnusu, oʻzini Qaqnusbachaga
oʻxshatishi faqatgina sanʼat nuqtai nazaridan boʻlmay, tasavvuf falsafasining
uvaysiylik nazariyasiga binoan oʻzini ham Attorning ruhidan maʼnaviy tarbiya olgan
deb hisoblaganligi uchun aytayotgan ekan. Zero, hazrat Navoiy bu borada haqli edi. U
Attor ruhi orqali tarbiyalangan va kamolga yetgan ijodiy faoliyatining choʻqqisi
boʻlmish “Lison ut-tayr” dostoni uni tushunib, mutoala etishga qodir kitobxonlarning
qalbiga maʼrifat olovini yoqib, yashab kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: