Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №20 (том 5)



Download 20,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/402
Sana03.03.2022
Hajmi20,94 Mb.
#481069
TuriСборник
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   402
Bog'liq
a62191 d9da4dd4d7a94a5fb747db07c9ca292b

Annotatsiya
Ushbu maqolada voyaga yetmagan yoshlarning axborot hurujidan himoya qilish, 
ularning bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etish, o’quv mashg’ulotlari bilan band qilish 
zaruriyatining ahamiyatlilik darajasi yoritilgan. 
Kalit so’zlar: 
yoshlar, axborot, ma’naviyat, axloq, o’quvchi, texnologiya
glaballashuv, rivojlanish. 
XXI asrga mos ta`lim tizimi yoshlarni zamon talablari asosida tayyorlashlarni 
taqozo etyapdi, ayniqsa jamiyatni axborotlashtirishning maqsad va vazifalarini 
e`tiborga olgan holda yoshlarga ta`lim-tarbiya berish jarayonida axborot-
kommunikatsion texnologiyalardan keng foydalanishni talab qilmoqda. 
Hozirda butun dunyoda globallashuv, madaniyatlararo qorishuv jarayoni 
kechyapdi. Bu murakkab jarayon nafaqat voyaga yetmagan yoshlarga, balki kattalar 
dunyoqarashiga ham ta’sir etmoqda. Yoshlar ma’naviy dunyosini egallash borasida 
turli axborot maydonlaridan faol foydalanish «poyga»si jadallashmoqda. 
Rivojlangan mamlakatlar qatori mamlakatimizda ham axborot texnologiyalari 
kundalik hayotimizga shiddat bilan kirib keldi.
Bugun Internetdan mamlakatimiz aholisining uchdan bir qismidan ziyodrog‘i 
foydalanayotgan bo‘lsa, ular orasida yoshlar salmog‘i ko‘proq, albatta. Barchamizga 
ma’lumki, yoshlar bunyodkorlik salohiyatiga ega bebaho resursdir. Bugun 
jamiyatimizda yoshlar faol. Ular har bir jabhada o‘zlarini ko‘rsatmoqdalar. Axborot 
texnologiyalari sohasini o‘zlashtirish va sohaning ayrim jihatlarini hayotga tatbiq 
etish borasida ham yoshlar bugun yetakchi. Butun dunyo bolalari qatori ular ham 
axborot-kommunikatsiya sohasining qulay va rivojlangan tarmog‘i hisoblangan 
Internetdan faol foydalanyapdi. Ular internetdan turli ma’lumotlar olish va 
dunyoning turli chekkalarida sodir bo‘layotgan voqealardan tezkor xabardor bo‘lish 
bilan birga, o‘zaro suhbatlashish, bir-birlari bilan ma’lumot almashish bilan 
mashg‘ul. 
Mobil Interneti rivojlanishi bilan mamlakatimizda kun sayin foydalanuvchilar 
soni ko’payib bormoqda. Hozirgi kunda boshlang’ich sinf o’quvchilari ham 


624 
Internetdan foydalana olishlari ko’pchilikkka ma’lum. Allaqachon 8 yoshdan 14 
yoshgacha bo’lgan maktab o’quvchilari ham internet tarmog’ining faol 
foydalanuvchiga aylangan. 
Ma’lumki, 14 yoshgacha bo’lgan foydalanuvchilar ko’proq kompyuter 
o’yinlari bilan shug’ullanadilar. Afsuski, o’yinlar orasida ta’limiy, ko’ngilochar 
mazmundagilardan tashqari, jangovor ruhdagi, tajovuzkorlik mavzusidagi o’yinlar 
ham talaygina. Bugungi kun zamonaviy bolalarining kompyuter o’yinlari o’tgan asr 
90-yillaridagi o’yinlardan keskin farq qiladi. Yosh bolalarning juda sezgirligi va 
qiziquvchanligi sababli tarmoqlardagi erkin serfing ular uchun katta xavf tug’dirishi 
mumkin. O’yinlar orqali turli axborotlar targ’ib qilinishi va bolajonlar ongiga salbiy 
ta’sir ko’rsatishi mumkin.
O’sib kelayotgan yosh bolajonlarni barkamol inson bo’lib voyaga yetishlarida 
sanab o’tilgan zararli axborotlardan himoya qilish maqsadida quyidagilarga alohida 
e’tibor qaratish lozim: 

Axborot resurslarida bolalar uchun tushunarli axborotlar bilan 
ta’minlash, foydalanilayotgan axborotning ishonchliligini nazorat qilish; 

Bolalarga zarar yetkazuvchi axborotlardan ularni himoya qilish; 

Bolalar hayot faoliyati uchun muhim axborotni saqlash, ularning 
tarmoqda yomon niyatli kishilar tomonidan foydalanilishiga yo’l 
qo’ymaslik. 
Haqiqatdan ham, voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash markazlarning asosiy 
vazifalari, funksiyalari va vakolatlarida markazlarning asosiy vazifalaridan biri qilib, 
qabul qilingan voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya 
qilish zaruriyati aytib oʻtilgan. 
Bugun internet kafelarni to‘ldirib o‘tirgan bola yoshidagi farzandlarimizni ham 
yangidan-yangi, jozibador va rang-barang onlayn o‘yinlari asiriga aylanib, ertaga 
tom ma’nodagi “o‘rgimchak to‘ri”ga tushib qolishdan ehtiyot qilishimiz lozim. Ular 
“ekshn” (inglizcha “astion”–harakat) jangari sahnalar, mushtlashuv va otishmalarga 
boyligi bilan bolaning g‘o‘r ruhiyatiga oson yo‘l topadi. Natijada bola soatlab, hatto 
kun bo‘yi bu o‘yinlardan o‘zini ajratolmaydi. Ularda tez-tez takrorlanadigan 
“fight”– “Jang qil!”, “ survival”– “yashash uchun kurash!”, “ horror”– “qo‘rquv, 
vahima” ma’nolarini anglatuvchi va shu so‘zlar ma’nosiga hamohang qonli, 
vahshiyona o‘yinlar murg‘ak qalblarda mehr-shafqat, rahm qilish hislarini, 
go‘zallikka, ezgulikka oshnolik tuyg‘ularini o‘ldiradi, xudbinlashtiradi.
Xo‘sh, bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun nima qilmoq kerak? 
Albatta, bugun bolaning ta’lim-tarbiyasiga e’tiborli bo‘lish, darsga munosabatini 
yaxshilash, do‘stlari, o‘rtoqlari bilan qiziqishimiz, kitob o‘qishga ishtiyoqini 
uyg‘otishimiz kerak. Yoshlar ongini egallashga urinayotgan mafkuraviy xurujlarga 
qarshi kurashish, “ommaviy madaniyat” tahdidi va tajovuzidan himoya qilish 


625 
masalasi doimo davlatimizning diqqat markazida bo‘lgan. 2010 yil 17 mayda 
O‘zbekiston Respublikasi MJTKga qo‘shimchalar kiritilib, turli ko‘ngilochar jamoa 
joylari: klublar, barlar, restoranlar, kafelar va diskoteka zallari, kompyuter va 
internet xizmati ko‘rsatish xonalari mas’ullariga voyaga yetmagan yoshlarning tungi 
soatlarda ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar kuzatuvisiz ishtirok 
etishiga yo‘l qo‘yganliklari uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan. 2010 yil 29 
sentyabrdagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazorat-sizlik va huquqbuzarliklarning 
profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan esa davlat organlari
muassasalari va jamoat tashkilotlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik 
va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir mas’uliyati yanada oshirildi.
Mamlakatimizda voyaga yetmaganlar huquq-erkinliklarini ta’minlash, ularning 
qonuniy manfaatlarini muhofaza etish, eng asosiysi, barkamol avlodni tarbiyalash 
masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Voyaga yetmaganlar manfaatlarini 
himoya qilish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgani samarali ijtimoiy 
himoya tizimini joriy etish hamda yoshlarni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlashda 
muhim omil bo‘lmoqda. Ayni paytda mamlakatimiz aholisining 40 foizini voyaga 
yetmaganlar tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkichning o‘ziyoq masala nechog‘li dolzarb 
ahamiyatga ega ekanidan darak beradi. Bu jarayonda ota-ona, mahalla-ko‘y, ta’lim 
muassasalari, umuman, keng jamoatchilik zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklanadi. 
Parlamentning yoshlar bilan ishlash borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish 
maqsadida, yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi tuzildi va o‘zining faoliyatini 
boshladi. Yoshlarning, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari, ma’lum bir kasb-
kor bilan tanishishlari, qolaversa bo’sh vaqtlarida ma’naviy madaniy jihatdan 
o’sishi, dunyoqarashini rivojlantirish uchun kitob o’qishlari zarurligi, shu orqali 
voyaga yetmagan yoshlar o’rtasida kuzatilyotgan turli xildagi huquqbuzarliklarning 
oldini olish va darsdan qochish bo’sh vaqtini va pulini ko’cha-ko’ydagi kompyuter 
o’yinlari va shu kabi turli zararli mashg’ulotlarga sarflashining oldini olish bo‘yicha 
samarali mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish ushbu komissiyaning 
asosiy vazifalaridan biri qilib belgilandi. 
Xulosa qilib aytganda, joylarda yoshlarni sog‘lom va komil inson qilib o‘stirish 
va tarbiyalash, ularning sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi uchun barcha 
sharoitni yaratib berish, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishi uchun kutubxonalar 
tashkil etish borasida turli jamoat va davlat tashkilotlari vakillari, mahallalar faollari 
bilan hamkorlikda samarali ish olib borsak, har tomonlama bilimli, yuksak 
mana’viyatli yoshlarimiz yaqin va uzoq istiqbolda mamlakat va xalqimiz hayotining 
rivojlanishi uchun bor kuch-g‘ayrat va salohiyatini ayamaydi. 


626 
Mamlakatimizda voyaga yetmagan yoshlarni axborot hurujidan himoya qilish 
va bu jarayonning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli islohotlar 
xalqimizning tinch va osoyishtaligini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Milliy va ma’naviy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, mamlakatimiz 
mustaqilligi va xavfsizligini saqlab qolish uchun turli xil ma’naviy tahdidlardan 
yoshlarni himoya etish yo’lida millatimiz istiqbolini, farovonligini o’zida ifoda 
etuvchi milliy g’oya asosida mafkuraviy tarbiyani shakllantirish biz va boshqa 
yoshlarimiz hayotini turli balo-qazolar hurujidan asrab qola oladi. Shu ma’noda, 
yoshlar global tarmoqdan olinayotgan axborotlarga tanqidiy yondashish ba uning 
foydali manbalari asosida dunyoqarashini kengaytirish, g’arazli g’oyalarni inkor eta 
bilish idrokini shakllantirish g’oyat muhim sanaladi. 

Download 20,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish