qiladi. Bugungi kunda O’zbekistonda qulay investitsiyaviy muhit yaratilgan. Chet el investitsiyalariga ega
korxonalar (ChIK) qonun kafolatlari va sezilarli fiskal imtiyozlarga ega.
Natijada, O’zbekiston
iqtisodiyotidagi chet el kapitalining roli yildan yilga oshib bormoqda. Bu ChIKlarning sonini o’sishi,
ularning YaMM, tashqi savdo aylanmasi va aholi bandligidagi ulushini oshishi bilan ifodalanadi. Shu bilan
birga ChIKlar uchun import qilinadigan uskunalarning qiymat hajmi ularning mahsuloti eksporti qiymati
hajmidan ancha yuqori. Ushbu muammoning yechimi, ChIKlar eksport faoliyatini kengaytirish uchun
qo’shimcha rag`batlantirish choralarini joriy etishni talab qiladi.
Ma'lumki, har qanday mamlakatdagi investitsiyaviy muhit, birinchi navbatda mamlakatdagi
siyosiy
barqarorlikka
bog`liq bo’ladi. Aynan ushbu omil, investorga bugungi kunni foydasini emas, balki uzoq
kelajakni ko’zlagan holda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi. O’zbekiston
investitsiyaviy iqlimining muhim xususiyati shundaki, mamlakatimiz Markaziy-Osiyo mintaqasidagi eng
barqaror davlat bo’lib qolmoqda. O’zbekistonda ChIKlar faoliyatining qonuniy bazasini shakllantirish
bo’yicha doimiy tarzda
ishlar olib borilmoqda, bu esa investitsiyaviy iqlimning muhim tarkibiy qismidir.
ChIKlar faoliyatini tartibga soluvchi qonuniy bazasining asosida, 5 may 1994 yilda qabul qilingan «Chet el
investorlari va chet el investorlari faoliyatining kafolatlari to’g`risida»gi va 30 aprel 1998 yilda qabul
qilingan «Chet el investorlari huquqlarining kafolatlari va ularni himoyalash tadbirlari to’g`risida»gi
O’zbekiston Respublikasi Qonunlari yotadi. Bu qonunlar respublikada faoliyat yurituvchi chet ellik
investorlar uchun tavakkalchilikni kamaytirishni nazarda tutgan bir qator tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Shuningdek, mamlakat boshqaruvi tomonidan amalga oshirilayotgan
makroiqtisodiy barqarorlik
siyosati ham muhim omil hisoblanadi. O’zbekiston Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi bilan yaxshi
aloqalar o’rnatgan. Bunday aloqalar o’zaro hurmat va umumiy masalalarni konstruktiv xal qilish istagi
poydevorida barpo etilgan.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich evolyutsion siyosati amalga
oshirilishi jarayonida quyidagi natijalarga erishildi:
- iqtisodiyot tushkunligining oldi olindi va uning
barqarorlashuviga erishildi;
- davlat byudjeti defitsiti ancha pasaydi, bu o’z navbatida inflyatsiyaviy jarayonlarni nazorat qilish
imkonini berdi;
- iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini qayta qurish va rivojlantirishga yo’naltirilgan tuzilmaviy
o’zgarishlar amalga oshirilmoqda;
- davlat tasarrufidan chiqarish va privatizatsiya jarayonlari avj oldi.
Har qanday mamlakat investitsiyaviy muhitini tahlil qilishda, milliy valyuta konvertatsiyasi darajasiga
muhim rol ajratiladi. Valyuta ayirboshlash kursi ustidan davlat nazoratining saqlanishi va xaridorlarni
rasmiy chet el valyuta bozoriga kirishini ta'minlash O’zbekiston iqtisodiy siyosatining o’ziga xos
xususiyatidir.
Mamlakatga chet el investitsiyalari kirib kelishiga to’sqinlik
qiluvchi omillardan biri, bank tizimining
rivojlanmaganligidir. Xususan, investorlar nuqtai nazaridan, O’zbekistonda naqd va naqd pul
operatsiyalarini o’tkazishni yaxshilash, moliyaviy bozorda raqobat muhitini yaratish ehtiyoji sezilarli.
So’nggi vaqtda investitsiyaviy muhitning muhim omili sifatida, chet el investorlari uchun
yaratilayotgan
imtiyoz va rag`batlantirishlar tizimi aks ettirilmoqda. Turli mamlakatlarda, chet ellik investorlar o’ziga xos
imtiyozlar tizimi joriy etilgan. Bozor infratuzilmasi va huquqiy muhitni shakllantirish, muayyan vaqtni
talab qiluvchi jarayon hisoblanadi.Shuning uchun ham ko’pchilik mamlakatlar, qulay investitsiyaviy
muhitni shakllantirish masadida,
vaqtinchalik choralar sifatida, chet el investorlari uchun ayrim imtiyozlar
va rag`batlantirishlarni joriy etadilar. O’zbekiston hukumati tomonidan ChIKlarga katta moliyaviy
imtiyozlar taqdim etilgan. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
-ChIKning o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari va unda ishlovchi chet ellik ishlovchilarining shaxsiy
ehtiyojlari uchun O’zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan mulk bojxona bojlaridan
ozod qilinadi;
-respublika investitsiyaviy dasturiga kiritilgan loyihalarga kapital qo’yilmalarni amalga oshiruvchi
ishlab chiqarish ChIKlari 7 yilgacha daromad solig`idan ozod
qilinadilar;
-ishlab chiqarish ChIK lari Nizom jamg`armasida chet el investorlarining ulushi 50 foiz va undan ortiq
bo’lsa, Nizom jamg`armasi kattaligiga qarab, ular uchun amaldagi soliq stavkalari kamaytiriladi;
-eksportga mo’ljallangan yoki import o’rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, yangidan
tashkil etilayotgan ChIK lar, agarda ularning ishlab chiqarish hajmining 25 foizdan ortig`ini bolalar tovarlari
tashkil etsa, ishlab chiqarishni boshlagan vaqtidan 5 yil davomida daromad solig`idan ozod qilinadilar
(keyingi yillarda esa, amaldagi daromad solig`i foiz stavkasi ular uchun 2 barobar kamaytirilgan);
-Nizom jamg`armasida chet el kapitalining ulushi 50 foiz va undan ortiq bo’lsa, ishlab chiqarishni
rivojlantirish va kengaytirishga yo’naltirilgan daromad solig`idan ozod qilinadi;
Do'stlaringiz bilan baham: