amalga oshirish shunchalik foydali bo’ladi. Mahsulotga bo’lgan talab qanchalik yuqori bo’lsa, korxona
shunchalik katta moslashuv xarajatlariga yo’l qo’yishi mumkin. Tajribalarning ko’rsatishicha, talab narxi
taklif narxidan qanchalik ko’p vaqt mobaynida yuqori bo’lsa,
investitsiya kiritish ham, moslashuv
xarajatlariga qaramasdan, shunchalik samarali bo’ladi.
5. Multiplikator (ko’payuvchi) tamoyili.
Multiplikator tamoyili tarmoqlarning o’zaro aloqasiga suyanadi.
Bu degani, misol uchun
avtomobillarga bo’lgan talabning oshishi, texnologik jihatdan ishlab chiqarish uchun lozim bo’lgan
tovarlarga bo’lgan talabning oshishiga ham olib keladi. Ya'ni ishlab chiqarish texnologiyasini bilish,
korrelyatsiya koeffitsientini aniq hisoblash imkonini beradi.
Multiplikator muayyan ta'sirning kuchini oldindan bilish, ushbu axborotdan samarali foydalanish,va
foyda keltirmayotgan investitsiyalardan
voz kechib, kon'yunkturadan ilgarilagan holda yangi faoliyat turi
bilan shug`ullanishga imkon beradi.
Multiplikator ta'sirini keltirib chiqargan tarmoq mahsulotiga bo’lgan talabning susayishi, multiplikator
samarasiga ham o’z ta'sirini ko’rsatadi.
Bundan tashqari, multiplikator samarasi vaqt o’tishi bilan asta-sekin
o’z kuchini yo’qotib boradi. Keyinchalik esa boshqa tarmoq mahsulotiga talab oshishi va bunday holat
investitsiyalar kiritish strategiyasiga o’zgartirishlar kiritishga olib kelishi mumkin.
6. Q - tamoyili.
Bu aktivni fond birjasida baholanishi va uning real tiklanish qiymati o’rtasidagi bog`liqlikni
belgilashdir. Bunday bog`liqlik ko’rsatkichi Q-nisbatdir:
Q = Ishlab chiqarilayotgan moddiy aktivlarning
birja bahosiga nisbati
Agarda nisbat birdan katta bo’lsa, investitsiya kiritish foydali hisoblanadi. Nisbat birdan qanchalik
katta bo’lsa, investitsiya kiritish shunchalik foydali bo’ladi. Shu tarzda, uylarning bozor (birja)
bahosining
ularning joriy qiymatiga nisbatan o’sishi, uy-joy qurilishini rag`batlantiradi, chunki bozordagi narx joriy
xarajatlarni to’liq qoplaydi.
Q = Butun korxonaning birja qiymatini uning moddiy qismini qoplash xarajatlariga nisbati
Umuman olganda, davlat tomonidan tartibga solish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, ushbu
tamoyildan shunchalik kam foydalaniladi. Demak, davlat tomonidan tartibga
solinish darajasi kamayib,
korxonalar asosiy va aylanma kapitali qiymatini baholash va qayta baholashda tovar-xom-ashyo va fond
birjalarining roli oshib borishi bilan, investitsiyalar samaradorligini baholashga bo’lgan bunday yondashuv
ahamiyati ham ortib boradi.
Tajribalarga qaraganda
Q-tamoyilidan transport, avtomobilsozlik, aviasozlik, rangli metallurgiya kabi
sanoat tarmoqlarida foydalanish ayniqsa yaxshi
natijalarga olib keladi, va neft qazib olish, gaz tarmog`i kabi
davlat tomonidan tartibga solinadigan tarmoqlarda umuman qo’llanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: