56
hisobotlarda, xronik axborotlarda, tahliliy maqolalar va sharhlarda bu
xususiyatni ko‘rish mumkin:
“Uchrashuvda Hamdo‘stlik davlatlar o‘rtasida turli sohalardagi
hamkorlikni rivojlantirish , xavfsizlikni mustahkamlash, mintaqaga tahdid va
hatarlarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi” (“Yoshlar ovozi”
2017-yil, 104-son); “Sankt-Peterburg yoshlar siyosati va jamoat tashkilotlari
bilan aloqa qo‘mitasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi o‘rtasida hamkorlik
rishtalari bog‘landi” (“Yoshlar ovozi” 2017-yil, 93-son)
va boshqalar.
Axborot va tahliliy maqolada ta’sirchanlik bilan predmetlilik o‘zaro
dialektik birlikda amalga oshishi uchun muallif saviyasi va bilim darajasining
qanchalik kengligi, chuqurligi va ob’ektivligi, ijtimoiy-siyosiy faolligi, shaxsiy
fuqarolik pozitsiyasi ham muhim rol o‘ynaydi. Siyosiy
muassis boshchiligidagi
gazeta nashrlarining publitsistik uslub qonuniyatlari voqealarga faol fuqarolik
pozitsiyasida turib munosabat bildirishni, inson manfaati, qonunlarga itoatkorlik,
jamiyat taraqqiyoti va odamlar taqdiri ustida o‘ylashni hamda har bir so‘zga
yuksak mas’uliyat
bilan qarashni, chuqur bilimni talab etadi. Chunki bu mezon
siyosiy publitsistik uslub qonuniyatlarida asosiy va yetakchi o‘rinda turadi. Bu
borada yana shuni alohida qayd etmoq kerakki, ma’lum mullifning yoki
jurnalistning shaxsiy munosabati aks etgan material zamirida ko‘pchilinning,
jamiyatning munosabati yotadi. Muallif, prinsipga ko‘ra hamisha omma
nomidan gapiradi. Shuning uchun bu uslubda muallifning shaxsiy munosabati
bilan xalqning munosabati mujassamlashgan bo‘ladi.
Shuningdek, siyosiy publitsistik uslubning shunday xususiyati
ham borki,
ular faqat ijtimoiy-siyosiy masalalarni aks ettiribgina qolmasdan, ularga
munosabat bildirar, ularning mohiyatiga baxo berar ekan, u xuddi shu san’at
bilan gazetxonga ta’sir etadi, ishontiradi. Publitsistikaning bu asosiy va yetakchi
vazifasi uni o‘tkir siyosiy kuchga ega qiladi. Bu esa o‘z navbatida, undan aniq
va ta’sirchan nutqni talab qiladi. Shuning uchun siyosiy
gazeta publitsistikasi tili
hamisha ikki tendensiyaga amal qiladi: ekspressiya (tezkorlik) bilan standartning
o‘zaro almashinib turishiga asoslanadi. Gazeta nutqidagi bu ikki tendensiya
57
publitsistik uslubning ikki funksiyasidan kelib chiqadi: informativlik ya’ni,
axborot berish va ta’sir qilish funksiyasidan. Publitsistikaning bu ikki xil
funksiyasi o‘zaro bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ular ayni bir paytda
amal qiladi. Publitsistik nutqning xuddi mana shu ikki vazifasi unda ekspressiya
bilan standartning o‘zaro almashinib turishini, intellektual
va emotsional obrazli
nutqiy vositalarning o‘zaro kontrast qo‘llanishini talab etadi. Bu xolat gazeta
tilida dialektik birlikni tashkil qiladi. Ekspressiya bilan standartning o‘zaro
almashinib turishi nafaqat siyosiy gazeta publitsistikasi nutqiga xos, balki
umuman publitsistika uslubiga xosdir.
Siyosiy gazeta tilida publitsistik uslubning xalqqa murojaat qilish, siyosiy
faollikni oshirishga undash, qiziqtirish, rag‘batlantirish va targ‘ibot qilish kabi
xususiyatlarni amalga oshirishga qaratilgan ta’sir etish funksiyasi yetakchi
o‘rinda turadi. Shuning uchun gazeta faqat xabar yoki axborot berib qolmasdan,
ayni paytda, gazetxonga ta’sir ham etadi. Jumladan, bu uslubda axborotlar
zamirida ham,
eng avvalo, ommaga ta’sir etish va targ‘ibot vazifasi yotadi. Bu
holatni quyidagi maqola matnida ko‘rish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: