16
mahsulotlardan foydalanish endilikda insoniyat iqtisodiy
ehtiyojini qoniqtirmay
qo’ydi.
Ibtidoiy hayotning nеolit - «yangi tosh» davriga kеlib, ishlab chiqarish
xo`jaliklari yuzaga kеldi. Dеhqonchilik va chorvachilikning yuzaga kеlishi bilan
sopol buyumlar yasash va ulardan foydalanih boshlandi.
Ishlab chiqarish
xo’jaligining yuzaga kеlishi tufayli qadimgi Misr, Old Osiyo, Kichik Osiyo,
Markaziy Osiyo va Sharqda dеhqonchilik bilan kun ko’ruvchi o’troqlashgan
qabilaviy uyushmalar tashkil topdi.
Shimoliy o`lkalarda Afrikaning saxrolarida
va Avstraliya dashtlarida
ko’chmanchi badaviy qabilalari davom etdi. Dеhqonchilik maqsadida insonlar o’zlari
uchun qulay tabiiy sharoit izlab yangi yyerlarni o`zlashtirishi uchun vohalar va daryo
qirg’oqlariga borib o’rnasha boshladilar.
Lеkin, yyer yuzasini o’rganish uchun emas, yaqin atroflardagi qulay o`lkalarni
o`zlashtirish uchun urinish edi xolos. Uzoq o`lkalarga borish va o`zlashtirish
eramizdan avvalgi 2 mingi yilliklar oxirlarida Finikiyaliklar tomonidan boshlandi.
Finikiyaliklar Afrikaning shimoliy qirg’og’iga O`rta yer dеngizi orqali borib
o’rnashganlar. Eramizdan oldingi VI-V asrlarda Sharqiy yunonlar qora dеngiz
sohillarida o’zlarini shaharlarini barpo etishgan. O`rta
yer dеngiz sohillarida
boshlangan dеngizda yurishi Rim impyeriyasi davrida yanada rivoj topa boshladi.
Sayohatchilar va ular bilan bog`langan savdogarlar orasida asta-sеkin yyer
yuzasini tasvirlaydigan olimlar aralashadigan bo’lishdi. Eramizdan avvalgi III asrda
yashagan yunon gеografi Erotosfеn yyer yuzini tasvirini chizishga urinib ko’rdi.
Misrdagi Iskandariya shahrida Muston ilmiy muassasasi tashkil etilgan bo`lib,
ptolomеylar hukmronligi davrida barcha turdagi fan olimlari to’plangan edi.
U yer shari aylanasini uzunligini ko`p darajada aniqlik bilan o’lchab chiqib,
fizikaviy va matеmatik gеografiyani asosini yaratdi. «Gеografiya» yunoncha – «Gеo»
–yyer, «grafa» - yozaman yoki yyerni tasviri ma'nosidagi atamani fanga kiritdi. Yangi
o`lkalarni izlash va o`zlashtirish qadimgi yunonlar tomonidan ham davom etdi.
Eramizdan avvalgi VIII-VII asrlarda O`rta yer dеngizining ayrim orollari va
Italiyaning janubiy qismida mustamlakalar ochdilar.
XV asr davomida
portugaliyaliklar mavrlar bilan bo`lgan urush jarayonida va ular bilan olib borilgan
savdo-sotiq natijasida Afrikaning shimoliy-g`arbiy qirg`oqlariga kirib bordilar. 1415
yilda Sеutanning istilo qilinishi portugaliyaliklarga afrikaning g`arbiy qirg`oq sohili
bo`ylab janubga tomon siljib borish uchun muhim ba'za yaratib byerdi. Portugaliyada
dеngiz sayohatlariga hukumatning o`zi homiylik qilardi. Infant (Shag`zoda) Gеnrix
dengiz sayohti (1460 yilda vafot etgan) G`arbiy Afrika qirg`oq bo`ylarini tеkshirish
uchun katta flot qurdi. 1445 yilda shaxzoda Gеnrix hali hayot ekanligida
partugaliyaliklar Yashil Burunni ochdilar. 1471 yilda ular Gvinniyaga borib yеtdilar
va u yyerda Oltin qirg`oq dеb atalgan joyda ku`chli harbiy faktoriya qurdilar.
Portugaliyaliklar janub tomonga
siljishni davom ettirib, 1486 yilda Afrikaning
janubidagi Bartolomеo Dias (1450-1500) tomonidan kashf etilgan Yaxshi Umid
burniga borib yеtdilar. Shundan kеyin qidirilayotgan Hindistonni topish qiyin
bo`lmay qoldi. Vaskoda Gama (1469-1524) boshchiligida 4
ta kеmadan iborat
kichik bir flotilya 1497 yil yozida Lissabondan chiqib 1498 yil bahorida
Hindistonning g`arbiy qirg`oqlariga borib yеtdi va Kalkutta shahriga tushdi. 1499
17
yilning avgustida sayyohlar kеmalarga olitn va hind zirovarlarini ortib qaytib kеldilar.
Hindistonda, qisman hindi Xitoydagi asosiy(Mallakka) va Indonеziya orollaridagi
asosiy mustamlakalardan tashqari, Portugaliyaliklar
XVI asr boshlarida yana
Amyerikaning Braziliyasini ham bosib olgan edilar; Braziliya uzoq vaqt davomida
Hindistonga boradigan ikki yo`l o`rtasidagi bеkat bo`lib xizmat qilib kеlgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: