Узлуксиз таълим тизимида малакали кадрлар тайёрлаш муаммолари


Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet436/467
Sana02.03.2022
Hajmi6,5 Mb.
#479031
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   467
Bog'liq
2021 23 04 конференция тўплами

 


Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish

2021-yil
 
23-aprel 
398 
TA’LIM INSON TARAQQIYOTIGA ASOSIY POYDEVOR 
Jabborova Gulzoda Yusupovna
 - 
Navoiy viloyati Karmana XTB ning ijtimoiy fanlar 
uslubchisi, 10- umumiy o

rta ta’lim maktabi tarbiya fani o

qituvchisi 
 
Annotatsiya:
maqolada Tarbiya fanining jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi va bugungi 
kunda ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni ahamiyati 
yoritilgan. 
Kalit so‘zlar:
tarbiya, konsepsiya, uzluksiz ta’lim, targ‘ibot, tashviqot. 
Аннотация: 
в статье рассматривается вклад педагогической науки в развитие 
общества и важность духовно-просветительской деятельности в образовательных 
учреждениях сегодня. 
Ключевые слова: 
образование, концепция, непрерывное образование, защита, 
пропаганда. 
Annotation: 
the article highlights the contribution of educational science to the 
development of society and the importance of spiritual and educational activities in 
educational institutions today. 
Keywords: 
education, concept, continuing education, advocacy, propaganda. 
Bugungi globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga 
bo‘lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratmoqda. Ular oldiga tezkor qarorlar 
qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish bilan 
birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo‘lishdek hayotiy talablarni qo‘ymoqda. 
Bu esa, ta’lim tizimiga e’tibor barcha taraqqiyot davrlarda muhim ahamiyatga ega 
ekanligidan dalolat beradi.
Mamlakatimizda jamiyatni tubdan isloh etish va yangilash borasida amalga 
oshirilayotgan siyosatning hal qiluvchi bo‘g‘ini sifatida ta’limga alohida e’tibor qaratilib 
kelinmoqda. Asosiy qomusimizning 41-moddasiga binoan: “Har kim bilim olish huquqiga 
ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat 
nazoratidadir” deb belgilab qo‘yilgan. 
Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi 
munosabati bilan taraqqiyotimizning asosi ta’lim va tarbiya boʻlishi lozimligini taʼkidladi.
Shu bois, O‘zbekiston Respublikasida “Tarbiya” fani konsepsiyasi davlatning ta’lim-
tarbiya sohasidagi siyosatini amalga oshirishda mavjud bo‘lgan dolzarb muammolarni hal 
etishga yo‘naltiriladi. Tarbiya konsepsiyasi yosh avlod tarbiyasidagi ishlarni yangi 
bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar, asosiy maqsad va yo‘nalishlarni 
belgilab beradi. Shuningdek, Konsepsiyada belgilangan yo‘nalishlar mamlakat yoshlarini 
ma’nan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, 
ularni davlat va jamiyatning rivojiga keng jalb etish, tashabbuslarini yetarli darajada 
qo‘llab-quvvatlash maqsadida huquqiy asoslar, iqtisodiy imkoniyatlar va tashkiliy 
mexanizmlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Tarbiya fani uchun O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, 
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunlari, “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi, 
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi konvensiyalar, Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining “Yoshlar-2030” strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining ta’lim 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari metodologik asos vazifasini bajaradi. 
Konsepsiyada belgilangan vazifalar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi talablari, Uzluksiz ma’naviy 
tarbiya konsepsiyasi, milliy va jahondagi ilg‘or tajribalar, mamlakatimizdagi ijtimoiy-
siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda amalga oshiriladi. 



Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish