2021-yil
23-aprel
395
Tillar/Gumanitar fanlar (Languages/Humanities track) yo‘nalishlaridan birini tanlashiga
to‘g‘ri keladi. Tillar/Gumanitar fanlar yo‘nalishini tanlagan o‘quvchilar tabiiy fanlarni
o‘qimaydilar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Fizika o‘qitish metodikasi, O‘quv qo‘llanma. Toshkent, Abu matbuotkonsalt, 2015
2. Fizika va astronomiya o‘qitish nazariyasi va metodikasi, Toshkent, Fan va texnologiyalar
nashriyoti, 2015
3. Benjamin Crowell. Newtonian Physics.//Light and Matter:/ Fullerton, California-2012
4. Benjamin Crowell Revolution in PhysicsThe Modern Light and Matter Fullerton,
California-2012
BURXONIDDIN MARG‘ILONIYNING “HIDOYA” ASARIDA JINOYAT VA JAZO
TUSHUNCHALARINING IJTIMOIY-FALSAFIY MOHIYATI
Ergasheva Hayotxon Samandarovna - tadqiqotchi
Annotatsiya:
maqolada Burxoniddin Marg‘iloniyning “Hidoya” asaridagi inson huquqlari,
jinoyat va jazo tizimi
haqidagi bilimlar ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
jinoyat, tuhmat, qozi, Hidoya, Muxtarasul viqoyani.
Аннотация:
статья раскрывает знания Бурхануддина Маргилани о правах человека,
преступности и пенитенциарной системе в Хидоя.
Ключевые слова
: преступление, клевета, судья, Хидоя, рассказ Мухтарасула.
Annotation:
the article reveals the knowledge of Burxanuddina Margilani about human
rights, prestige and the penitentiary system in Xidoya.
Key words:
crime, libel, judging, Hideya, the story of Mukhtarasul.
Inson huhuqlarini ta’minlash taraqqiyotning barcha davrlar mutafakkirlari ijodida
asosiy tadqiqot ob’yekti sifatida qaralgan. Xususan, ajdodlarimizni bizgacha qoldirgan
bebeho meroslaridan biri, xalqimizning ma’naviy boyligi hisoblangan, shayxulislom
Burxoniddin Marg‘iloniyning “Hidoya” asari bugungi kunga qadar huquq ilmining asosiy
manbalaridan biri hisoblanadi. Marg‘iloniyning o‘z asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar, mulkchilikning turli shakllari, moliyaviy faoliyat, jinoyat va jazoning
huquqiy asoslarini, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, qozilik muassasalari tarkibi,
tartibi va jinoiy ishni ko‘rish masalalarini batafsil yoritib bergan. Allomaning musulmon
huquqshunoslari qo‘lida, qozilik mahkamalarida 1928 yilgacha asosiy huquqiy manba
bo‘lib xizmat qilgan
1
. Bu asarlarda adolat tuyg‘usi, o‘z davrining huquqiy mezonlari
asosida yashash, o‘zganing mol-mulkiga ko‘z olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va
diyonat, mehr-oqibat kabi ezgu tushunchalarning mohiyati ochib berilgan. Shu bois, ushbu
asar Movarounnahr madrasalarida bo‘lajak musulmon huquqi amaliyotchilari uchun
“Muxtarasul viqoyani” nomli asarni yodlash majburiy hisoblangan.
“Hidoya” asarida tuhmat, o‘g‘rilik kabi jinoiy masalalarga alohida huquqiy sharh
bergan. Agar bir kishi erkak yoki ayolning zino qilganini ko‘rdim deb tuhmat qilsa, bu
tuhmat qilingan er yoki ayol hokimning mahkamasiga da’vo ko‘tarib chiqsa va bu tuhmat
ekanligi aniqlansa, tuhmatchini (agar u ozod bo‘lsa) sakson darra urish bilan jazolangan.
Sakson darra urish jazosi aynan ozod kishiga nisbatan qo‘llanilishining asosiy sababi
shundaki, bu musulmon huquqshunosligining asosiy manbasi hisoblangan Quroni
1
ЎзССР Марказий ижроия комитети ва Халқ комиссарлари қарори билан 1928 йил 18 февралда қозилик
идораларининг фаолияти тугатилган. Ўзбек Совет Энциклопедияси бош редакцияси.Т.: 1980. XIV-том.648 б.
Do'stlaringiz bilan baham: |