Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
373
barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad intilishini o‘zida mujassamlashtirgan. Milliy
qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar bilan qanchalik ko‘p uyg‘unlashgan bo‘lsa, ularning
rivojlanishiga, ommalashishiga keng imkoniyat yaratadi. Umuminsoniy qadriyatlar tizimi
insoniyat tamaddunining taraqqiyoti bilan bog‘liqligi va umumbashariy ahamiyatga egaligi
bilan ajralib turadi. Bular: inson va uning qadr-qimmati ardoqlanishini, barcha millat va
elatlar tinch-totuvlik asosida o‘zaro hamkorlikda yashash, moddiy va ma’naviy boyliklarni
asrab-avaylash, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish, tinchlikni saqlash, genotsidga nisbatan
nafrat, qirg‘in qurollarini to‘xtatish, tabiatni muhofaza qilish kabilarni o‘zida namoyon
etadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati
ko‘p
jihatdan
o‘qituvchi
mehnati
faoliyatining
umuminsoniy
qadriyatlarga
yo‘naltirilganligiga bog‘liq. O‘qituvchi o‘zining qizg‘in mehnat faoliyati va kasbiy
mahorati bilan umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarga nechog‘lik boy ekanligini ta’lim-
tarbiya jarayonida namoyish etadi. O‘qituvchi mehnatining natijasi bo‘lmish komil inson
yuksak ma’naviyatni yaratadi va rivojlantiradi, umumbashariy qadriyatlarni asraydi.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishi madaniy-axloqiy negizlarining rivojlanishi bilan
chambarchas bog‘liqdir. Bu negiz:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
-
xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
-
insonning o‘z imkoniyatlari erkin namoyon qilishi;
-
vatanparvarlikdan iboratdir.
Mazkur negizlar zamirida umuminsoniy va milliy qadriyatlarning mushtarakligiga,
mamlakatimizdagi barcha fuqarolarning ma’naviy madaniyatini shakllantirishga erishish
yotadi. Chunki shaxs tafakkurini o‘stirmasdan, uning ma’naviy dunyosini boyitmasdan
turib, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy jabhalardagi vazifalarni bajarish, milliy mafkurani to‘la-
to‘kis yaratish mumkin emas.
Pedagogik faoliyatda umumbashariy qadriyatlar o‘qituvchining qizg‘in mehnati
evaziga shakllanib boradi va quyidagi muammolar o‘qituvchi uchun bugungi kunda eng
muhim ahamiyatga ega:
- o‘qituvchi mehnatida jamiyatga xos umumbashariy qadriyatlarni o‘z maqsadlarining
asosi deb bilishi;
- o‘qituvchi mehnatida maqsadli qadriyatlarning samarasini o‘quvchilarga uzatish
istagining mavjudligi va imkoniyatlari;
- o‘quvchilar maqsadli qadriyatlarni qabul qilishi uchun o‘qituvchi tomonidan zarur
shart-sharoitlarning yaratilishi.
O‘qituvchi mehnatining mohiyatida uning ma’naviy saviyasini ko‘rsatadigan
intellektual ong, yuksak ma’naviyat, an’analarga va umumbashariy qadriyatlarga
tayanadigan zamonaviy ilg‘or yutuqlardan oziqlanadigan milliy dunyoqarash va e’tiqod
kabi mezonlar mavjud bo‘lishi kerak.
Bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lanib ketgan.
Asrlar davo mida xalqimiz umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlar rivojiga ulkan hissa
qo‘shgan. Turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, diniy
bag‘rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, o‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va
madaniyatini o‘rganish kabi xususiyatlar ham xalqimizda azaldan mujassam.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar nafaqat shaxs shakllanishiga, shuningdek,
jamiyatda zamonaviy ta’lim sifatiga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham
katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuni mamnuniyat bilan qayd etish joizki, mamlakatimizda nafaqat
yosh avlodning bilim olishi, kasb-hunar o‘rganib malaka orttirishi, jahon taraqqiyoti bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |