M.Afzalov, G‘.Jalolov va boshqalarning ishlari mazkur tadqiqot uchun nazariy
asos vazifasini o‘tadi. Ertaklar har bir folklorshunos nazaridan chetda qolmagan.
Ўзбек халқ ижоди. Тошкент, «Фан», 1967 йил. Жалолов Ғ. Эртак ва ҳаёт. – Тошкент.: Ўзбекистон, 1975.- 24
жилд. - Тошкент.: Шарқ, 1995.-246 б. Ўзбек халқ ижоди. Ўзбек халқ эртаклари. Гулпари. Тошкент, 1969 йил.
Жўраев М. Ўзбек халқ эртакларида сеҳрли рақамлар. - Тошкент, Фан, 1991.-152 б. Юсупов Ж. Хоразм
тили ва адабиёти» журнали, 6-сон, 1997 йил. Иброҳимова З.Кичкинтойлар эртакларида бир бадиий усул
Имомов К.Ўгай қиз типидаги эртаклар // «Ўзбек тили ва адабиёти» журнали, 3-сон, 1997 йил. Авазова Ш.
Жаҳонгиров Ғ. Болалар эртаклари. Тошкент, 1972 йил. Жалолов Ғ. Ўзбек фольклорида жанрлараро
6
Ertaklar ham uzoq tarixga ega. «Dede qo‘rqut» kitobidan buyon
8
to XX asrning
boshlarigacha yuzaga kelgan barcha adabiy, badiiy obidalarida, turli shaklda
o‘zbek xalqining qadimiy ertakchiligi o‘z izlarini qoldirgan. Ilk marotaba «Devonu
lug‘otit turk»da ertak – «etuk» shaklida ishlatilgan
9
. Shundan keyingi deyarli
hamma lug‘atlarda asosan «ertak» so‘zi yozilib kelinadi
10
. O`zbek xalq ertaklari
Buyuk Karimov, Fattoh Abdullayev, Mansur Afzalov, Komiljon Imomov, G`ayrat
Jalolov, Xudoyberdi egamov, Tojiboy G`oziboev, Ro`zimboy Safarov kabi olimlar
tomonidan o`rganilgan bo`lib, ular Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoyberdi
o`g`li, Husanboy Rasul o`g`li, Nurali Nurmat o`g`li, Rahmon buva kabi o`nlab
ertakchilardan ertaklarni yozib olganlar, tahlil qilganlar va nashrga tayyorlaganlar.
O`zbek xalq ertaklarini o’rganishda rus olimlarining o’rni ham beqiyos.
Jumladan, o`zbek xalq ertaklari, topishmoqlari, maqol va matallari hamda og`zaki
teatr namunalarini to`plash va nashr etishda rus missioneri N. P. Ostroumovning
xizmatlari ham salmoqlidir. U bir necha marta o`zbek xalq ertaklarini nashr ettirdi,
topishmoqlar to`plamini tuzdi. A.N. Samoylovich «Annamurod bobo», «Erni er
qilgan xotin» ertaklarini nashr ettirdi. O’zbek folklorshunos olimlaridan Buyuk
Karimov ham o`zbek xalq ertaklari ustida samarali tadqiqotlar olib bordi. 1939
yilda «O`zbek xalq ertaklari»ni nashr ettirdi. Mazkur kitob ertaklar bo`yicha
tuzilgan birinchi yirik to`plam edi. Folklorshunos K. Imomovning «O`zbek satirik
ertaklari» (1974) monografiyasida bu xildagi ertaklarning janr xususiyatlari,
ulardagi an`anaviy sinov motivi, komik qahramon, ijtimoiy motiv va konflikt,
satirik ertaklarning badiiy xususiyatlari va taqdiri, ertak va doston munosabatlari
kabi muhim masalalar yoritilgan. G`. Jalolovning «O`zbek xalq ertaklari poetikasi»
(1976) monografiyasida esa sehrli-fantastik ertaklarning genezisi va morfologiyasi
masalalari tahlil qilinadi. O`zbek folklorining ikkinchi epik turi-ertaklar haqidagi
birinchi yirik tadqiqot M. Afzalovning «O`zbek xalq ertaklari haqida» kitobidir
(1964). Mavzuni o’rganishimizda ushbu to’plamlardagi ertaklar ham bizga manba
vazifasini o’tadi.
8
«Ўзбек фольклори» I китоб, Тошкент, 1939, нашрга тайёрловчи Ҳоди Зариф.
9
Маҳмуд Қошғарий. Девону луғотит турк. 3 томлик.
10
Абушқа, Луғати Навоий, 50-бет.
7
Namangan bolalar folklori namunalari ham marhum folklorshunos olimlar
T.G‘oziboyev, M.Murodov, shu bilan birga O.Xolmirzaev va A.Sobirovlar
tomonidan to‘plangan. T.G‘oziboev tomonidan to‘planib, nashr ettirilgan
«Gulpari» nomidagi Namangan ertaklari, T.G‘oziboyev va A.Sobirovlarning
«Namangan xalq og‘zaki badiiy ijodi namunalari» kitoblari shular jumlasidandir.
Bu ishimizda Namangan bolalar orasida ko‘plab uchraydigan ertaklarni tahlil
etishga harakat qildik.
Ushbu tadqiqotning nazariy xulosalari va to‘plangan materiallari Namangan
bolalar ertaklari namunalarini ma'lum darajada o‘rganish uchun imkon yaratadi,
folklor namunalari poetikasini o‘rganishda ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: