112
Sariyog‗ning: chuchuk, tuzli, Vologodskiy, Lyubitelskiy va
qo„shilmali (kakao kukunli, asalli, shakarli, mevali, rezavorli va h.k.)
turlari mavjud. Qo„shilgan mahsulotlariga ko„ra shokoladli, asalli, mevali,
detskiy va boshqa sariyog„lar bo„lishi mumkii. Chuchuk va tuzli sariyog„
uyutilmay pasterizatsiyalangan yoki sof sut achituvchi bakteriyalar bilan
uyutilgan qaymoqdan tayyorlanadi.
Vologodskiy sariyog„i - saralangan, yangi, uyutilmagan, yuqori
haroratda pasterizatsiyalangan chuchuk qaymoqdan tayyorlanib, yoqimli
yong„oq ta‟m va hidiga ega bo„ladi. Lyubitelskiy sariyog„i- uyutilmagan
pasterizatsiyalangan qaymoqdan tayyorlangan chuchuk sariyog„ bo„lib,
boshqa tur sariyog„larga qaraganda namligi ko„p (20%) va yog„i kam
(78%) bo„ladi.
Shokoladli sariyog„da kamida 62% yog„, kamida 18% shakar, 2,5%
kakao-kukuni va namligi ortig„i bilan 16% bo„ladi. Asalli sariyog„
tarkibida 25% tabiiy asal, 25% yog„ va ko„pi bilan 18% namlik bo„ladi.
Mevali sariyog„da shakar bilan aralashgan rezavor-meva pyuresi yoki
sharbati bo„ladi. Undagi yog„ miqdori - 62%, shakar - 16%, namlik - 18%
ni tashqil qiladi. shakarli (Detskiy) sariyog„ga 8% shakar, bir ozroq vanil
yoki vanilin qo„shiladi. Undagi yog„ kamida 76% bo„lishi kerak.
Eritilgan sariyog„ sutning eritilgan yog„i bo„lib, sovutilganda
tuzilishi mayda donador yoki yirik donador bo„ladi. Mayda donador
sariyog„ eng yaxshi hisoblanadi. Tarkibidagi yog„ - 98%, namlik - 1%
bo„ladi. Yog„ning hamma turlari (qo„shilmalilaridan tashqari) a‟lo va 1-
navlarga bo„linadi. Navlarga ajratishda yog„ning ta‟mi, hidi, rangi,
konsistentsiyasi, tashqi ko„rinishi, tuzlash sifati va joylanish holati asos
qilib olinadi. yog„da
shuningdek, yog„ suv va tuz ham me‟yorlashtiriladi.
Sariyog„ sifatiga organoleptik baho yuz balli tizim asosida beriladi.
Har bir ko„rsatkich uchun ma‟lum miqdor ball beriladi: ta‟m va hidiga - 50
ball, konsistentsiyasiga va tashqi ko„rinishiga - 25, rangiga - 5,
tuzlanishiga - 10 va joylanishiga 10 ball beriladi. Nuqsonlari bo„lgan
taqdirda ball baholari jadvaliga muvofiq baho kamaytariladi. Agar yog„da
berilgan organoleptik ko„rsatkichlar bo„yicha ikkita nuqson bo„lsa, unda
bahoni ko„proq pasaytiruvchi nuqson nazarga olinib baho kamaytariladi.
113
88-100 ball olgan yog„lar a‟lo nav, 80 - 87 ball olgan yog„lar 1-nav
hisoblanadi.
Sarxil yog„ning rangi sal sarg„imtir yoki oq; ta‟mi va hidi shu turga
xos, 10 - 12°C da bir xil zich konsistentsiyali; kesilganida usti quruq yoki
juda mayda nam zarrachalari tekis taqsimlangan, sal-pal yaltillab turadigan
bo„ladi. Eritilgan sariyog„ yumshoq, donador konsistentsiyali bo„lishi,
erigan holatida esa cho„kindisiz butunlay tiniq bo„lishi lozim.
Baliq, metall, tutun ta‟mi kelib turadigan, burqsigan, kuygan,
mog„orlagan va xashak hidli, ichidan mog„orlagan, begona qo„shilmalari
bo„lgan, kir-chir yoki noaniq markalangan idishga joylangan yog„ savdoga
chiqarilmaydi. Sariyog„ni
joylash uchun 25,4
kg sig„imi
toza, quruq taxta
va faner yashiklar hamda 50,8
kg sig„imi
yog„och bochkalar ishlatiladi.
Lyubitelskiy sariyog„ 24
kg sig„imi
yashiklar va 48 kg sig„imli yog„och
bochkalarga joylanadi. Sariyog„ shuningdek, 100. 200, 250, 500
g dan
qadoqlanib, pergament qog„ozga o„raladi.
Eritilgan yog„ sof og„irligi 50 dan 100
kg gacha archa, qora qayin,
lipa, torterak, qayin taxtasidan yasalgan bochkalarga joylanadi. Eritilgan
sariyog„ sig„imi
500 g gacha bo„lgan shisha idish va parafinlangan qog„oz
stakanlarga qadoqlab joylanadi. Sariyog„ni magazin sharoitida 10°C dan
oshmagan haroratda va nisbiy namligi 75 - 80% bo„lgan xonada saqlash
tavsiya qilinadi. Sovutkichlarda yog„ -6 dan 18°C gacha bo„lgan haroratda
saqlanadi. Sariyog„ni yozda 3 kungacha, qishda -5 kungacha, eritilgan
sariyog„ni butun yil davomida 15 kungacha saqlash mumkin. Yil fasllari
va rayonlarning joylanishiga ko„ra tabiiy kamayish me‟yori sariyog„ uchun
0,19-0,35%, Eritilgan sariyog„ uchun 0,30-0,45% dir.
Do'stlaringiz bilan baham: