Estetik talablar. Kiyimlar odamlarning didiga va zamon talablariga
javob berishi kerak. Talablar birmuncha shartli bo„lib, kiyimlarning badiiy
bezatilishi va tashqi ko„rinishining chiroyliligi bo„yicha iste‟molchilarning
ehtiyojiga mos kelishi bilan aniqlanadi. Masalan, kiyim gigiyenik, qulay
va chiroyli yoki qulay, lekin chiroyli emas, bo„lmasa, chiroyli, biroq
noqulay va nogigiyenik bo„lishi mumkin. Kiyimlarning shinamligi,
shuning bilan birga chiroyliligi haqidagi tushunchalar jamiyatning
rivojlanish darajasi. ishlab chiqarish va madaniyat yutuqlari hamda
aholining yashash sharoiti bilan belgilanadi. Kiyimlarga qo„yiladigan
talablarga zamonaviy uslub va moda sezilarli darajada ta‟sir etadi. Uslub -
bu o„ziga xos usul va vositalarning badiiy timsoli birligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |