Polimetilmetakrilat. Bu plastmassa tiniqligi, ma‟lum darajada
qattiqligi, chertganda larangsiz tovush chiqarishi va tutunsiz chirsillab
yonishi bilan boshqalardan farq qiladi. Yuqori tiniqlikka ega bo„lganligi
sababli xalq orasida organik shisha deb ataladi. Undan billurga o„xshash
qandillar hamda non idishlari, jadvallar va yozuv stoli uchun «oynalar»
ishlab chiqariladi.
Teflon. Bu plastmassa yonmasligi, ishqor va kislotalarga bardosh
bera olganligi uchun organik platina deb ataladi. Uni tovarlarning ichini
qoplashda ishlatishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |