«To'la yig'ilgan anamrie? - yarim davo». deb bejiz aytishmagan. Ba’zan
bemor shifoxonada necha kun yotsa, shuncha kun anamnez yig'ish bilan
o'tadi, natijada tashxis ham, davolash ham hadeb o'zgartirilaveradi. Bu,
albatta, bemorning asabiga tegadi. Davolovchi vrach to'plagan anamnez
dotsentni, u yiqqan anam nez professorni qoniqtirm aydi va hokazo.
Anamnez yig'ish boshqa, uni tahlil qilish boshqadir. M asalan, bem or
o'zi kuyib-pishib gapirayotgan belgi tashxis uchun ahamiyatsiz bo'lib,
kasalning jig'iga tegayotgan bir simptom bo'lishi mumkin, xolos. Vrach
tashxis q o 'y a y o tg a n d a , b a ’zan subyektiv sim ptom larning quli b o 'lib
qoladi. Bunday sim ptom lar tunda butalar orasidagi sharpaga o'xshaydi.
Sharpa eshitiladi, odam qo 'rq ad i, qochadi yoki bekinib oladi. Aslida,
sharpa esib turgan begunoh shamoldir. Kasallikning obyektiv belgilariga
katta aham iyat berish lozim. Har bir subyektiv va obyektiv belgi tanqidiy
tahlil qilinishi kerak, ana shunda xatoga yo'l qo'yilmaydi.
Yatrogeniyalar ham aynan m ana shu sabablar natijasida paydo bo'ladi.
Yatrogeniya deb. vrach yoki boshqa tibbiyot xodimining bexosdan aytib
qo'ygan so'zi yoki tibbiy m uolajalardan bem or avval mavjud bo'lm agan
kasallik alo m a tla rin in g paydo b o 'lish ig a aytiladi. Buning o q ib atid a
yatropatiyalar rivojlanadi. M asalan, ukoldan so'ng bemorning qo'li yoki
oyog'i «ishlamay» qolishi, n o to 'g 'ri tibbiy xulosalardan so'ng organik
xususiyatga ega b o 'lm a g a n k a sallik lard a n davolanib yurish va h.k.
Y atropatiyalarga m isollar aw alg i boblarda keltirilgan.
B a ’z a n v rac h to m o n id a n o lib b o r ila y o tg a n t o 'g 'r i d a v o la s h
m uolajalari ta ’siri bemorning yaqinlarini qoniqtirmasligi yoki surunkali
kasallikdan aziyat chekayotgan bem or d o k to rd an k o 'ra boshqalarga
ishonishi ham mumkin. Shunday hollar bo'ladiki, tajribali, obro'li doktor
tavsiya qilgan dorini, deylik, tram vay haydovchisi: «E, bu dori bo'lm aydi,
mening am m am ichgan edilar, ta ’sir qilmadi», desa bemor uni sotib olmay,
doktorning oldiga boshqa dori yozib berishlarini so 'rab qaytib keladi.
Bemorni davolayotgan paytda vrach bu vaziyatlarni ham ko'zda tutishi,
bemorning yaqinlari, tanish-bilishlari bilan ham m uloqotda bo'lib turishi
kerak. Bemorda psixoterapevtik m uolajalar o'tkazayotgan paytda o'z-
o'zini boshqarish hissini uyg'ota bilish kerak. Undagi ishonchsizlikni
ishonch va ixlos tuyg'ulari bilan, yolg'izlikka intilishni jam oaga intilish
hissi bilan o'zgartirish vrachning burchidir. Bu m uam molami hal qilmay
turib, psixoterapevtik natija olish ancha m ushkuldir. Psixoterapevtik
usu llar p six o tro p d o rila rn i q o 'lla b o lib b o rilsa, dav o lash y a n a d a
muvaffaqiyatli kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: