XI X BOB.
P S IX O D IA G N O S T IK A . P S IX O L O G IK T E S T L A R
Beshikdan qabrgac/ta ilm izla.
H adisdan
Tibbiy amaliyotda depressiya va xavotirni aniqlashda Gamilton, Sung
va Spilberger-Xanin shkalalari ko‘p qo‘llaniladi. Oddiy va sodda tuzilgan
bunday shkalalar orqali depressiya va xavotir
darajasini tezkorlik bilan
aniqlash va baholash mumkin. Ayniqsa, somatik buzilishlar bilan
namoyon bo'ladigan xavotirli-depressiv sindrom larda Gam ilton
shkalalaridan keng foydalaniladi.
19.1. Depressiyani aniqlash va baholash
G am ilton sh k a la si.
Ushbu shkala «Depressiya» tashxisi aniqlangan
bemorlarda kasallik darajasini baholash va dinamikada o'rganish
uchun qo'llaniladi. Shkaladagi savollar bemorni so'nggi hafta ichida
bezovta qilayotgan simptomlarni aniqlash va baholashga qaratilgan.
Sung shkalasidan farqli o 'laro q , G am ilton shkalasi m utaxassis
tomonidan to'ldiriladi. Shkalani to'ldiruvchi
mutaxassis tajribali
bo'lishi, depressiyaning klinik ko'rinishlari va shkalada ko'rsatilgan
savollarni m ukam m al bilishi lozim. Shkalani to 'ld iray o tg an d a
bemorni shoshirmaslik, unga bosim o'tkazmaslik, savollar m a’nosini
anglay olmasa, uni lo'nda va sodda til bilan tushuntirish lozim. Agar
shkalani to'ldirayotgan mutaxassisda bemorning javoblari shubha
uyg'otsa, qo'shim cha m a’lumot uchun uning ahvolini yaqindan
biladigan qarindoshlari yoki uni davolayotgan
vrachni jalb qilishi
mumkin.
Ur.hbu shkala bo'yicha qayta tekshiruvlar o'tkazilayotganda bemorga
ham, mutaxassisga ham aw algi to'ldirilgan shkala ma’lumotlaridan
foydalanish man qilinadi, faqat qayta tekshiruv o'tkazib bo'lingandan
so'ng uning xulosalari awalgilari bilan solishtirilishi mumkin.
Shkaladagi har bir savolga berilgan javob variantlari 0 - 2 ball, 0 - 3
ball va 0 - 4 ball qilib belgilangan. 16-ustundagi tana vaznini baholash
bo'yicha berilgan savolga 16a yoki 16b bo'yicha javob berish kerak.
Shkala birinchi gal to'ldirilayotganda 16a punkt bo'yicha (anamnezga
asoslanib), ikkinchi gal to'ldirilayotganda, ya’ni
bemorning ahvoli
dinamikada o'rganilayotganda javobni 16b punkt bo'yicha (tana vaznini
obyektiv tekshiruvlarga) belgilanadi. Depressiyaning ba’zi turlarida
bemorning ahvoli, ayniqsa, kayfiyati kun bo'yi o'zgarib turishi mumkin,
337
masalan, ertalab kayfiyati yaxshi, kechqurun esa yomon.
Bu holatni
belgilash 18-punktda ko'rsatilgan. Agar bemorning ahvolida kun bo'yi
o'zgarishlar kuzatilmasa 18a punkt bo'yicha 0 ball belgilanadi, bunda
18b punkt bo‘sh qoldiriladi.-Agar kun bo'yi
depressiya alomatlari
kuchayib turishi kuzatilsa, 18a punkt bo'yicha uning ertalab yoki
kechqurun bo'layotganligi
baholanadi, 18b punkt bo'yicha esa ushbu
kuchayishlarning darajasi baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: