–
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, shu jumladan ixtisoslashtirilgan maktabgacha
taʼlim tashkilotlarda (inklyuziv guruhlarda) tarbiyalanayotgan bolalarni rivojlanish dinamikasi,
sog‘lomlashtirish, korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlarining olib borilishi va ularning
samarasini o‘rganib borish;
–
maktabgacha taʼlim tashkilotlarni tibbiy xodimlari, pedagog-defektolog/logopedi va
psixologi uchun ularning faoliyatini samarali tashkil etish uchun amaliy va o‘quv seminarlar
tashkil etish va reja asosida ularni malaka oshirishlarini taʼminlash;
–
tuman(shahar) maktabgacha taʼlim bo‘limlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida
tibbiy xizmatni tashkil etish bo‘yicha yuritiladigan hujjatlarni to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish
va metodik yordam ko‘rsatish;
–
tuman(shahar) maktabgacha taʼlim bo‘limlari va tuman(shahar) tibbiyot birlashmalari
bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida chuqurlashtirilgan tibbiy
ko‘rikni o‘tkazish hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarning quvvatidan kelib chiqqan holda
belgilangan meʼyorlarga asosan tibbiy xonalar tashkil etilishi hamda ularni jihoz, tibbiy anjom,
zararsizlantirish va dori vositalar, tibbiy buyumlar bilan taʼminlanish monitoringini amalga
oshirish;
–
ovqatlantirish bilan bog‘liq kasalliklarni yuzaga kelishini hamda boshqa yuqumli
kasalliklarni oldini olish maqsadida o‘rnatilgan tartib asosida tibbiy xizmatni nazorat qilish;
–
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida jarohatlanish holatlarini oldini olish yuzasidan
profilaktik ishlarni olib borish va har bir jarohatlanish hodisalarini tahlil qilish;
–
maktabgacha taʼlim tashkiloti hamshiralari uchun maktabgacha taʼlim tashkilotda
tibbiy xizmatni to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan amaliy va o‘quv seminarlar tashkil etish, ularni
malaka va kasbiy mahoratlarini oshirishlarini taʼminlash;
–
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni, faoliyat yuritayotgan
pedagog, tibbiyot va oshxona xodimlarini o‘z vaqtida to‘liq ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tish
choralarni taʼminlash;
–
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘tkaziladigan barcha tibbiy ko‘rik, profilaktika,
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha sanitar-oqartuv, sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya
tadbirlarni tashkil etilishida hududiy sog‘liqni saqlash organlari bilan hamkorlikni o‘rnatish va
ularni o‘tkazilishida har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish;
–
boshqarma huzuridagi Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyani belgilangan tartibga
muvofiq tashkil etish va uning faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
–
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bolalarni
jismoniy tarbiya va sportga jalb etish hamda ekologik taʼlim-tarbiya masalalarini
muvofiqlashtirish;
–
maktabgacha taʼlim tashkilotlarda nogironligi bo‘lgan bolalarga nisbatan bag‘rikenglik
munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini olib borish;
–
maktabgacha taʼlim tashkilotlarda tibbiy xizmatni tashkil etish, ixtisoslashtirilgan
maktabgacha taʼlim tashkilotlari (inklyuziv guruhlari) faoliyatiga oid bo‘lgan masalalar bo‘yicha
hisobotlarni yuritish, statistika maʼlumotlarni bazasini yaratish va yangilab borish;
–
odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: