–
tegishli davr uchun moliyaviy hisobotlarni tuzish, tasdiqlash va moliyaviy hisobotlarni
tegishli hududiy moliya organiga taqdim etish;
–
normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini
zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda har bir tashkilot
kesimida yuritilishini tashkil etish;
–
buxgalteriya hujjatlari o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini hamda amalga
oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini nazorat qilish;
–
har bir tashkilotning pul mablag‘lari, hisob-kitob va moddiy qiymatliklar, shuningdek,
boshqa aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasini o‘tkazish, inventarizatsiya natijalari to‘g‘ri
rasmiylashtirilishi hamda ularning buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ta’minlash;
–
pul mablag‘lari va moddiy qiymatliklarning saqlanishini nazorat qilish;
–
har bir tashkilotda mavjud moddiy qiymatliklarning saqlanishi va ishlatilishi bo‘yicha
mas’ul etib belgilangan shaxslarga ular javobgarligida bo‘lgan inventarlar hisobi hamda
saqlanishi yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berish;
–
moddiy qiymatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalar hisobini yuritish va
ulardan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish;
–
buxgalteriya hujjatlari, hisob registrlari, xarajatlar smetasi va ularning ilovalari,
shuningdek, budjet tashkilotlari moliyaviy faoliyatiga oid boshqa hujjatlar hisobini har bir davlat
maktabgacha ta’lim tashkiloti kesimida alohida yuritish va saqlanishini ta’minlash;
–
muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tegishli
hujjatlarni sudlarga, g‘aznachilik bo‘linmalariga o‘z vaqtida taqdim etish, shuningdek,
shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash;
–
byudjet ijrosi jarayonida bo‘shab qolgan byudjet mablag‘larini maqbullashtirish
bo‘yicha maktabgacha ta’lim bo‘lim mudiri va Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati
boshlig‘iga takliflar kiritish;
–
Qonun hujjatlariga muvofiq byudjet sohasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham
bajarishi mumkin.
–
byudjet jarayonini tartibga soluvchi hamda hisob-moliyaviy munosabatlarning
vujudga kelishiga olib keluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida maktabgacha ta’lim,
moliya, g‘aznachilik va boshqa organlardan olish;
–
hisob-moliyaviy hujjatlarni shakllantirishga asos bo‘luvchi ma’lumotlarni xizmat
ko‘rsatuvchi budjet tashkilotlaridan talab qilish, mazkur hujjatlar muddatida taqdim etilmasa,
tegishli budjet tashkilotini bu haqda ogohlantirgan holda ularga nisbatan vakolati doirasida
qonun hujjatlarida belgilangan choralarni qo‘llash bo‘yicha taklif kiritish;
–
hududiy davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hamda tashkilotlardan budjet so‘rovini
shakllantirish uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni va materiallarni olish;
–
byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maktabgacha ta’lim
tashkilotining budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish;
–
davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida mavjud bozor infratuzilmasi
obyektlaridan qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish;
–
byudjet hisobi va hisoboti noto‘g‘ri yuritilib, natijada tartibsiz holatga kelib qolishi,
moliyaviy hisobotlar buzilishining oldini olish (noto‘g‘ri tuzilishi);
–
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: