2. Bilishi lozim:
–
pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qiymatliklarni kirim qilish, saqlash va
sarflash yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibga zid operatsiyalar bo‘yicha hujjatlar
rasmiylashtirilishi va ijroga qabul qilinishini;
–
g‘azna hisob varaqalaridagi pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalar bajarilishi uchun
asos bo‘lib xizmat qiluvchi hujjatlarning kechiktirib taqdim etilishi, shuningdek, tovar (ish,
xizmat) yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar kechikib yoki noto‘g‘ri amalga oshirilishi
hisobiga muddati o‘tgan debitor va kreditor qarzlar yuzaga kelishini;
–
aniqlangan kamomadlarni, muddati o‘tgan debitorlik qarzlarni va boshqa
yo‘qotishlarni buxgalteriya hisobidan asossiz chiqarilishini;
–
buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari
buzilishini;
–
moliya va moliyalashtirishga qaratilgan
huquqlarni tartibga soluvchi normativ-
huquqiy hujjatlarni;
–
mutaxassisligi bo‘yicha yangiliklarni va uni hayotga tatbiq etish yo‘llarini;
–
moliya yo‘nalishi bo‘yicha metodik ishlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish
usullarini;
–
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini.
3. Malaka talablari:
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi iqtisodiy ma’lumot;
–
xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
–
uch yildan kam bo‘lmagan ish staji;
O‘zbekiston
Respublikasining
“Buxgalteriya
hisobi
to‘g‘risida”gi
Qonunining
12-moddasiga muvofiq belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati
cheklangan deb topilgan, shuningdek, qasddan sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holati
tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining
rahbari bo‘lishi mumkin emas.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi
Qonunining 44-moddasiga muvofiq maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini
amalga oshirishga quyidagi cheklovlar belgilab berilgan.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan
,
ilgari o‘zining aybli
harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar, shuningdek qo‘llanilgan jazo
chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan
amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun
ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda
tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va
tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |