4
Doimiy omborxonalar sig’imi jihatidan kichik, o’rtacha va katta bo’ladi.
Kichik omborxonalarning sig’imi 100–200 tonna, o’rtacha omborxonalarnini 10
ming tonnagacha, katta omborxonaniki 30 ming tonnagacha bo’ladi. Katta sig’imli
omborxonalar kichigiga qaraganda qurilish va iqtisodiy jihatdan tejamli bo’ladi. Shu
bilan birga mahsulotni saqlashga sarf bo’lgan xarajat ham kam bo’ladi.
Omborxonalarni rejalashtirishda ularga transportning kirib chiqishi va
chuqurligini hisobga olish lozim. Hozirgi qurilayotgan barcha omborxonalar
avtotransport bir tomonidan kirib ikkinchi tomonidan
chiqib ketadigan qilib
qurilgani ma‘qul.
Omborxonaning chuqurligini belgilashda yer osti suvlari hisobga olinadi.
Bunda yer osti suvlari 2 metrdan past bo’lishi kerak. Bizning sharoitimizda asosan
omborxonalar yarim chuqur yertula qilib quriladi.
Meva omborxonasi mahsulotni saralashda yorug’ bo’lishi uchun yer ustiga
quriladi. Eng oddiy meva omborlari qatoriga oddiy yertula kiradi.
Oddiy yertula quruq yerdan chuqurligi 1 metr qilib qaziladi. Usti yopilib,
yon tomonlariga taxta qoqiladi yoki g’isht teriladi. Ichiga devorlari bo’ylab
so’kchaklar o’rnatiladi. Yertulaning uzunligiga qarab har 3,5 metr joyga bittadan
yo’g’onligi 10x10 sm li ventilyatsiya naylari o’rnatiladi. Saralangan mevalar
yashiklarga solingan yoki so’kchaklarga to’kilgan holda saqlanadi.
Ba‘zan yertulaning chuqurligi 1,5 metr, eni 4 metr, uzunligi saqlanadigan
mevaning turiga qarab har xil bo’lishi mumkin.
Uning usti yopilib, devorlari
g’ishtdan terib chiqiladi va ventilyatsiya naylari o’rnatiladi. Bu yerda ham
mahsulotni yashikda va so’kchakda saqlash mumkin.
Yer ustida qurilgan omborlar bir qavatli g’ishtli imorat bo’lib, ularning devor
va shiplari po’kak, qipiq, qamish va boshqa materiallardan tayyorlangan plitalar
bilan qoplanadi. Omborlar shamollatib turish
uchun maxsus quvurlar bilan
jihozlanadi. Polni taxtadan qilib, ular orasida tirqishlar qoldiriladi. Bo’lmani pol
orqali tashqi havo bilan shamollatib turish uchun qopqoqli tuynukchalar qilinadi.
Omborxonalar ikki qavatli qilib ham quriladi. Bunda uning birinchi qavati yertula,
5
ikkinchisi yer usti qavatidan iborat bo’ladi. Ularda yertula va yer usti
omborxonalarining afzalliklari uyg’unlashtirilgan.
Omborxonalarda mahsulot saqlash uchun zarur muhitni ulardagi
ventilyatsiya sistemasi orqali vujudga keltiriladi. Omborxonalarning
ventilyatsiya
sistemasi tabiiy va sun‘iy bo’ladi. Sun‘iy ventilyatsiya sistemasiga aktiv
ventilyatsiya ham kiradi.
Tabiiy ventilyatsiyada havo issiqlik konventsiyasi qonuni bo’yicha harakat
qiladi. Qizigan havo kengayib, siyraklashib yuqoriga ko’tariladi va o’z paytida
sovuq, zich havo oqimi pastga tushadi. Omborxoda ichidagi havoning tashqaridagi
havodan farqi havoning harakat tezligiga bog’liq.
Tabiiy ventilyatsiyaning
samaradorligini
oshirish
uchun
sutkaniig
qulay
vaqtlarida
omborxona
shamollatiladi. Havoning sovuq paytlarida esa aksincha mahsulotni sovuq urmasligi
uchun omborxonaning tuynuklari berkitib qo’yiladi.
Sun‘iy ventilyatsiyada asosan turli xil ventilyatorlardan foydalaniladi.
Bunda mahsulotni saqlash rejimini ma‘lum darajada boshqarish imkoniyati
tug’iladi. Omborxonalarga havoni haydash ventilyatorlarga ulangan havo haydash
va havo so’rish naylari orqali amalga oshiriladi. Sun‘iy ventilyatsiya bilan
jihozlangan omborxonalar ko’pincha katta hajmli bo’ladi.
Omborxonalarga havo yer osti kanallari orqali bab-baravar tarqatiladi. Bu
yerda mahsulotlar yashiklarda, konteynerlarda hamda
boshqa idishlarga solingan
holda saqlanadi. Bunda mahsulotni shunday joylashtirish kerakki ventilyatorlarning
havo so’rish quvvati joylangan barcha mahsulotlarni sovitish imkonini bersin. Shu
bilan birga mahsulotlarni yuklash va tushirishni mexanizatsiyalashtirish imkoni
bo’lishi lozim.
Aktiv ventilyatsiyada havo oqimi kuchli bo’lib, mahsulotning har bir
donasini oralab o’tadi. Natijada saqlanadigan mahsulotning barcha nuqtalarida bir
xil harorat, namlik va havo tarkibi bo’lishiga erishiladi. Bunda mahsulotni sovitish,
isitish va quritish samaradorligi bir necha marta ortadi. Mahsulotning o’z-o’zidan
qizib ketish va terlash jarayonlariga chek qo’yiladi. Aktiv ventilyatsiya sharoitida
6
barcha sabzavotlar, kartoshka va mevalar saqlanishi mumkin. Bizning sharoitimizda
aktiv ventilyatsiyada sovuq havo berib turishni ko’zda tutish lozim.
Sovuq havo
olish uchun ko’pincha kompressorli sovutgich qurilmalaridan foydalaniladi. Aktiv
ventilyatsiyali omborxona qurilganda albatta havoni sovitish qurilmasi bo’lishi
lozim. Faqat shundagina omborxonalarda ildizmevalilarni saqlash uchun mo’‘tadil
sharoit yaratish mumkin. Natijada mahsulotlarni saqlash samaradorligi oshadi,
ularning sifatli saqlanishi ta‘minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: