O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta ’lim vazirligi


Infratuzilma majmuasiga kiruvchi subyektlar



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/140
Sana01.03.2022
Hajmi10,95 Mb.
#475624
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   140
Bog'liq
Qishloq xo jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Infratuzilma majmuasiga kiruvchi subyektlar
7.1-chizma
Ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarish jarayoniga xizmat 
ko‘rsatuvchi sohalar majmuasidan iborat bo‘lib, ular tomonidan mahsulotlami 
ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash, joylashtirish, tashish, 
ta'minot, ta'mirlash va boshqa shu kabi xizmatlar ko‘rsatiladi. Mazkur 
infratuzilma subyektlari korxonalarda ishlab chiqarishning muntazam va bir 
maromda davom etishi hamda barqaror rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar 
yaratib beradi.
Ijtimoiy infratuzilma subyektlari fuqarolaming madaniy, maishiy, 
ma'naviy, ma'rifiy, 
ilmiy va boshqa faoliyat yo‘nalishlari, 
o‘zaro 
munosabatlarini bir-birlariga bog‘lash va aloqasini ta’minlash hamda 
rivojlantirishga xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar majmuidan iborat. Ijtimoiy 
infratuzilma subyektlari aholining turmush darajasini belgilaydigan uy-joy 
qurilishi, sog‘liqni saqlash, ta'lim, jismoniy tarbiya va sport, aloqa, transport, 
umumiy ovqatlanish xizmatlari, umuman aholining tunnush farovonligiga 
ijobiy ta’sir etuvchi sohalami o‘z ichiga olgan va bog'lovchi tizim sifatida 
faoliyat ko‘rsatadi.
132
www.ziyouz.com kutubxonasi


Institutsional infratuzilma subyektlari iqtisodiyotni yuritish va 
faoliyatini tashkil etish, davlat tomonidan boshqarishni amalga oshirish bilan 
bog'liq tashkiliy jarayonlami o‘z ichiga oladi. Institutsional infratuzilma 
subyektlari boshqaruvchi rolida xizmat ko‘rsatadi va boshqaruvchilik vazifalari 
darajasida iqtisodiyotning hududiy, tarmoq va alohida ishlab chiqarish 
qismlariga bo‘linadi.
Bozor 
infratuzilmasi 
-
jamiyatda 
bozor 
munosabatlarini 
shakllantiruvchi va iming rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib beruvchi 
sohalar majmuidir. Bozor aloqalari faol bo'lishi uchun bozor infratuzilmasi 
yaxshi ishlashi lozim. Bozor infratuzilmasini biijalar, savdo uylari, savdo 
kompaniyalari, konsalting firmalari, auditorlik firmalari, yarmarkalar, bojxona 
idoralari, banklar, sug‘urta kompaniyalari, kredit uyushmalari va boshqa shu 
kabilar tashkil etadi.
Ekologik infratuzilma subyektlari bevosita tabiat, atrof-muhit, 
atmosfera ifloslanishining oldini olish, toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, 
fuqarolaming tabiat va atrof-muhitga bo‘ladigan salbiy ta’sirlarini kamaytirish 
bo‘yicha vakolatli davlat organlari, muhandislik inshootlari va laboratoriyalari, 
shuningdek 
ekologiya 
bilan 
shug‘ullanadigan 
xalqaro 
va 
ijtimoiy 
tashkilotlardan iborat. Ekologik infratuzilma subyektlari fan-texnika taraqqiyoti 
natijasida yuzaga kelayotgan salbiy ekologik oqibatlarni kamaytirish asosida 
tabiatning musaffoligini saqlash, eng asosiysi cheklangan yer va suv 
resurslaridan yanada samarali foydalanish, bu borada xalqaro miqyosida o‘zaro 
hamkorlikda faoliyat yurgizishni o‘z ichiga oladi.
Infratuzilma subyektlarining samarali faoliyati iqtisodiy tizimning 
muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, ular tomonidan ko‘rsatiladigan turli 
yo‘nalishdagi xizmatlar tufayli barcha tamioq hamda korxonalaming o‘zaro 
hamkorligi mustahkamlanadi.
Mustaqillikka 
erishilgandan 
so‘ng barcha turdagi 
infratuzilma 
subyektlarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash maqsadida davlat 
tomonidan iqtisodiy qo‘llab-quvvat!ash tizimi amaliyotga joriy qilinib, u davr 
talablariga muvofiq ravishda takomillashtirilib borilmoqda. Mamlakatimizda 
bevosita shakllangan ishlab chiqarish va ijtimoiy inffatuzilma subyektlarini 
saqlab qolgan holda bozor munosabatlariga xos bo‘lgan inlfatuzilma 
subyektlarini shakllantirish va rivojlantirish iqtisodiy islohotlaming asosiy 
yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
Iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish, inffatuzilma subyektlarini 
shakllantirish va rivojlantirish, olib borilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar 
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyatini 
oshirishga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda.
133
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish