O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta ’lim vazirligi


Qishloq xo‘ja!igida mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/140
Sana01.03.2022
Hajmi10,95 Mb.
#475624
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   140
Bog'liq
Qishloq xo jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

6.3. Qishloq xo‘ja!igida mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari.
Qishloq hududlarida mavjud boigan mehnat resurslaridan to iiq va 
samarali foydalanish, ulaming mehnatlari unumdorligini yuksaltirish hamda 
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoyalash eng dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu 
vazifani muvaffaqiyatli hal etilsh uchun quyidagilarga e'tibor berish lozim:
- qishloq hududlarida mavjud bo‘lgan mehnat resurslarining umumiy 
sonini va istiqbolda uning o'zgarish darajasi monitoringini o'tkazib borish;
qishloq hududlaridagi barcha tadbirkorlik shakllarida qisqa va uzoq 
muddatga mutaxassislik turlari bo'yicha mehnat resursiga bo'lgan talabni 
aniqlash;
qisqa va uzoq muddatga bo‘sh bo'lgan ish joylarini ishlovchilar bilan 
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlami asoslangan holda ishlab chiqish 
(kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish, ulami qayta tayyorlash);
122
www.ziyouz.com kutubxonasi


ish bilan ta’minlanmaganlaming umumiy sonini aniqlash, ulami ijtimoiy 
himoyalash bo‘yicha me’yoriy tadbirlami ishlab chiqish, ulami amalga 
oshirishva boshqalar.
Ta'kidlangan tadbirlaming samarali hal etilishi mehnat 
qilish 
qobiliyatiga ega bo‘lganlar bilan ish bemvchi subyektlar hamda ijtimoiy 
himoyalashni amalga oshimvchi tashkilotlar o‘rtasida munosabatlar amalga 
oshirilishini taqozo etadi. Bu masalalami hal etishda bandlikka ko‘maklashish 
markazlari muhim ahamiyatga ega.
Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z mehnat qilish qobiliyatini taklif 
etayotgan fiiqaro mehnat bozorini o‘rganib chiqadi. U yerda mavjud bo‘lgan 
talablami o'rganib, o‘zining intellektual va jismoniy qobiliyatlarini taklif etadi. 
Ish beruvchilar esa mehnat bozoridan o‘zlari uchun eng ma'qul boTgan taklitni 
tanlab olishga harakat qiladilar. Ular bir-biriga mos kelganda shartnomalar 
tuzilib, xodim ishga yollanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasida ham shunday tartib 
joriy etilgan boTib, bu vazifani qishloq hududlarida bandlikka ko‘maklashish 
markazlari amalga oshirmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozorining nazariy asoslari 
shotlandiyalik iqtisodchi A.Smit, ingliz iqtisodchisi D.Rikardo, Nobel mukofoti 
laureati, amerikalik iqtisodchi Paul A.Samuelson va boshqa olimlar tomonidan 
yetarli darajada asoslangan. Yaratilgan nazariyani hayotga tatbiq etish yoTlari 
ham hal etilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat shu bozorda erkin 
sotilishi lozim. Shundagina u qiymatga ega boTadi, ya’ni tovar shaklida 
ayirboshlanadi. Mehnat bozori erkin raqobat asosida amalga oshirilishi zarar. 
Bu bozorda mehnat munosabatlari iqtisodiy, ijtimoiy qonunlar, talab va taklif 
qonunlari talablari asosida amalga oshirilishi lozim. Mehnat bozorida inson 
o‘zini emas, balki mehnat qilish (jismoniy, aqliy) qobiliyatini taklif etadi. 
Iste'molchi, ya’ni ish beruvchi shu qobiliyatni sotib oladi. Demak, oldi-sotdi 
jarayonidagi iqtisodiy munosabat predmeti insonning mehnat qilish qobiliyati 
hisoblanadi. Insonning mehnat qilish qobiliyatiga toTanayotgan ish haqi shu 
mehnatning qiymati, ya’ni bahosi ekanligidan dalolat beradi.
Qishloq hududlaridagi mehnat bozorini samarali shakllantirishda 
quyidagi holatlami e ’tiborga olish zarur:
• 
respublika aholisining yarmi qishloq hududlarida yashayotganligi;
• 
qishloq hududlarida aholi sonining o‘sish sur’ati shaharlardagiga 
nisbatan yuqori ekanligi, bu hol kelajakda mehnat resurslarining yuqori 
sur'atlarda o‘sishiga ta'sir etishi;
• 
qishloq 
hududlarida 
sanoat 
korxonalari 
talab 
darajasida 
rivojlanmaga'nligini 
va 
barcha 
resurslami 
e'tiborga 
olgan 
holda 
joylashmaganligi;
• 
hozirgi davrda qishloq hududlarida ish bilan ta'minlanmagan iqtisodiy 
faol mehnat resurslarining shaharlarga ish qidirib ketayotganligi;
123
www.ziyouz.com kutubxonasi


• 
qishloq hududlarida xususiy mulkchilikka asoslangan ishlab chiqarish, 
xizmat ko‘rsatish bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik shakllari talab darajasida 
rivojlanmaganligini, shuningdek, madaniy, maishiy, kommunal va boshqa 
xizmatlami amalga oshiruvchi infratuzilma subyektlari ko‘lamining torligi.
Mehnat bozorlari yuqorida ta’kidlangan barcha xususiyatlarni 
e’tiborga olgan holda erkin shakllanishi uchun quyidagilarga e'tibor berilishi 
lozim:
• 
qishloq hududlaridagi (jumladan, qishloq xo‘jalik korxonalaridagi) 
mehnat resurslarining umumiy miqdorini, tarkibini aniqlash;
• 
mehnat resurslarining taklifmi va hududdagi barcha tadbirkorlik 
subyektlarining ularga bo‘lgan talabini tarkibi bo‘yicha aniqlash;
• 
erkin mehnat bozorini shakllantirish hamda ulaming samarali faoliyat 
ko'rsatishini ta’minlovchi ijtimoiy-iqtisodiy raexanizmlami ishga solish;
• 
qishloqda mehnat resurslarining maqsadga muvofiq bandligini 
ta'minlashga hissa qo‘shish;
• 
mehnat bilan band boMmagan fuqarolar sonini aniqlash, ularning 
malakasini oshirish, qayta tayyorlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan 
himoyalash;
• 
erkin mehnat bozori amalga oshirilishini ta'minlovchi turli 
yarmarkalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish, ularning samarali o'tkazilishiga 
erishish;
• 
mehnat bozorining rivojlanishini 
ta'minlovchi barcha resurslami 
topib, samarali sarflash kabi vazifalami bozor talablari darajasida amalga 
oshirish lozim.
Qishloqlarda mehnat bozorini oqilona tashkil etib, samarali 
boshqarish uchun hududlaming xususiyatlarini e'tiborga olish lozim. 
Respublikamizning mehnat resurslari soni ko‘p bo'lgan hududlari, awalo, 
Andijon, Farg'ona, Namangan, Toshkent, Samarqand viloyatlari uchun mazkur 
bozomi tartibga solishning ancha samarali quyidagi ikkita usuli mavjud:
a) ishchi kuchiga talabni oshirish usuli;
b) ishchi kuchlariga taklifni kamaytirish usuli.
Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va intensiv texnologiyalarni ishlab 
chiqarishga joriy etish hisobiga ish o‘rinlarining bir qismi qisqarishi kuzatiladi.
Ishchi kuchiga boigan talabni oshirishni rag‘batlantirish usullarini 
tadqiq etish mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga hamda 
mazkur hududlar uchun samarali tarmoqlami rivojlantirishga qaratilgan.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va xarid qilish 
hamda agroservis xizmati ko'rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati bo'yicha ish 
joylarini yaratish, ishlab chiqarish kuchlari va bandlikning noan'anaviy 
shakllarini rivojlantirish, agrar sektordagi ishdan vaqtincha bo‘shatilayotgan 
shaxslar uchun mavjud korxonalami kengaytirish va qayta tashkil etish hamda
124
www.ziyouz.com kutubxonasi


yangi 
ish 
o'rinlarini 
yaratish 
maqsadida 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
xorijiy 
investitsiyalami jalb etish lozim.
Ishchi kuchlariga talabni oshirishni agrosanoat majmuining mehnat 
resurslarini qayta taqsimlashdan manfaatdor tarmoqlarida ish joylarini yaratish 
va yangi, zamonaviy kasblarni egallashga sarmoyalami to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb 
qilish orqali tartibga solish mumkin. Investitsiya va kreditlami agrosanoat 
majmui korxonalarini, ayniqsa, qayta ishlash korxonalarini qurish, texnik 
jihatdan qayta qurollantirisb va rekonstruksiyalashga, shaxsiy mehnat 
faoliyatini rivojlantirish yo‘li bilan xizmat ko'rsatish sohasini kengaytirishga, 
shuningdek, ko‘p bolali ayollar, mehnatga layoqatli nafaqaxo‘rlar, nogironlar
o‘smirlar va hokazolarga mos ish joylarini vujudga keltirishga yo'naltirish 
maqsadga muvofiqdir. Shu tariqa ortiqcha mehnat resurslarini yuqorida aytib 
o'tilgan tarmoqlarga va ayrim maxsus ish joylariga jalb etish, ayni paytda 
ishchi kuchlarining kasbiy malaka tarkibiga bevosita ta’sir o‘tkazish mumkin.
Muvaqqat ish joylarini yaratish va mulkchilik turli shakllarini 
rivojlantirish aholi bandligini oshirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri. U 
korxonalaming iqtisodiy manfaatdorligini oshirish, byudjet to‘lovi va 
xodimlaming vaqtincha va qisman bandligi uchun ijtimoiy sug‘urta badallarini 
kamaytirish, ulami ishga qabul 
qilish jarayonini yengillatish, bandlikning 
noan'anaviy shakllarini tashkil etish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni to‘lash kabi 
chora-tadbirlar yordamida amalga oshiriladi.
Prezidentimiz Islom Karimov o'zining “Jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi, 0 ‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari" 
nomli asarida 2009-yildagi eng muhim ustuvor vazifalardan biri - bu 
mamlakatimizni modemizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim 
omili 
sifatida 
ishlab 
chiqarish 
va 
ijtimoiy 
infratuzilmani 
yanada 
rivojlantirishdan iborat ekanligini belgilab bergan edi. Mazkur ustuvor vazifaga 
alohida e'tibor qaratishning sabablaridan biri - infratuzilmani rivojlantirish 
ko‘p mehnat talab qiladigan keng ko‘lamli soha hisoblanadi va bu yangi ish 
o'rinlarini tashkil etish, aholining, ayniqsa, yoshlaming ish bilan bandligini 
ta'minlash, odamlaming daromadi va farovonligini oshirish imkonini beradi.
Ishchi kuchlari taklifmi kamaytirishga ish vaqti va mavjud ish joylarini 
ijtimoiy ishlab chiqarishda band boiganlar o‘rtasida qayta taqsimlash orqali 
samarali ta'sir etish mumkin. Respublikamizda Kadrlar tayyorlash Milliy 
Dasturi asosida umumtaiim dasturlarini kengaytirish va o‘qish muddatini 
uzaytirish bilan kasbiy tayyorgarlikni yaxshilash, o‘quv yurtlarida sirtqi o‘quv 
shaklidagi talaba o'rinlarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda 
o‘qiyotganlarga stipendiyalami oshirish, ayollarga bola parvarishi uchun 
to‘lanadagin nafaqalar va beriladigan ta’til muddatini ko'paytirish, mehnat 
stajini hisoblashda ularga imtiyoz berish; pensionerlar, nogironlami
125
www.ziyouz.com kutubxonasi


parvarishlaydigan shaxslarning nafaqalarini oshirish mehnat bozoriga ishchi 
kuchlarining oqib kelishini kamaytirish chora-tadbirlari hisoblanadi.
Ish bilan bandlar orasida ish vaqti va ish joylari ishchi kuchlariga 
bo'lgan taklifhi kamaytirish maqsadlarida qayta taqsimlanadi. Aholi 
bandligining xususiy va vaqtinchalik shakllariga o‘tishini rag‘batlantirishga 
ularga ham ish bilan to‘la band shaxslarga mo‘ljallangan ijtimoiy muhofaza 
turlarini, ta'tillar va boshqa ijtimoiy kafolatlaming miqdorlarini o‘matish, 
kafolatlangan eng kam miqdordagi ish haqi bilan ta’minlash, 
har yili 
beriladigan ta'tillami o‘z vaqtida berish, ish kuni va ish haftasi davomiyligini 
qisqartirish orqali erishish mumkin.
Mamlakatimizning mehnat resurslari yetishmaydigan mintaqalarida 
(Jizzax, Sirdaryo, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) ishchi 
kuchlaiiga taklifini ko'paytirish mehnat bozorini tartibga solishning maqsadga 
muvofiq usulidir. Respublika qishloq xo‘jaligidagi mavjud bo‘lgan mehnat 
resurslaridan yil davomida to‘liq va samarali foydalanish lozim.
Qishloq hududlarida, jumladan, qishloq xo‘jalik korxonalarida mavjud 
bo'lgan mehnat resurslarining real miqdorini aniqlash lozim. Shu bilan birga 
aholi sonining mutlaq o'sishini e'tiborga olgan holda mehnat resurslarining 
ko‘payish yoki kamayish jarayonini aniqlash kerak. Mehnat qilish qobiliyatiga 
ega bo'lgan aholining harakatini ham hisobga olish zarar. Shundan so‘ng 
qishloq xo‘jaligida mavjud boigan ish joylarining hozirgi hamda istiqboldagi 
sonini real aniqlashga alohida e’tibor berish kerak. Shularga asoslangan holda 
mehnat balansi ishlab chiqilishi zarar.
Yuqoridagilarga 
asoslanib, 
mehnat 
resurslarining 
ish 
bilan 
ta'minlanganlik darajasi, shu orqali qishloq hududlarida mavjud bo‘lgan 
mehnat resurslarining ish bilan ta’minlanganlik darajasi aniqlanadi. Uning 
darajasi birga yaqin bo'lishi lozim, aks holda mehnat resurslarini ish bilan 
ta'minlash chora-tadbirlari asoslangan holda ishlab chiqilishi kerak. Buning 
uchun qishloq xo‘jalik korxonalarida yangi ish joylarini tashkil etish 
imkoniyatlarini 
rejalashtiriladi. 
Mehnat 
resurslaridan 
foydalanishni 
rivojlantirish maqsadida ularni takror ishlab chiqarish jarayonlarini, ya'ni 
malakalarini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash tadbirlarini ham belgilab 
olib, amalga oshirilishiga e'tibor berish zarur.
Korxonalarda mehnat mehnat unumdorligi darajasini yuksaltirishga 
alohida e'tibor berish lozim. Bu masalaning hal etilishida eng ta'sirchan omil 
moddiy manfaatdorlik hisoblanadi. Darhaqiqat, bozor iqtisodiyoti sharoitida 
kim yaxshi, sifatli ishlasa ko‘p haq oladi. Shunday ekan, qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishida samarali mehnat qilayotgan ishchi-xizmatchi o‘z mehnatiga 
yarasha ko‘proq haq olishi lozim. Shu bilan birga mehnatkashlami ma'naviy 
rag'batlantirishni amalga oshirishni ta'minlash kerak. Eng avvalo, mehnatlari 
natijalarini e'tiborga olgan holda mukofotlash va taqdirlash lozim. Unvonlar
126
www.ziyouz.com kutubxonasi


ham ma'lum darajada fuqarolaming mablag'lar bilan ta'minlanishiga olib 
keladi. Jumladan, respublikada xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi, agronom, irrigator 
unvolarini olganlaming asosiy ish haqlariga eng kam oylik ish haqining 60 foizi 
miqdorida ustama beriladi. Eng asosiysi, ma’naviy rag‘batlantirish insonlaming 
kayfiyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi va ulaming mehnatga munosabatini 
yaxshilaydi, yaxshiroq mehnat qilishga undaydi.
Qishloq xo‘jaligidagi mehnat jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, 
avtomatlashtirish, 
elektrlashtirish natijasida 
sarflanayotgan 
mehnatning 
unumdorligi oshishini ta'minlash mumkin. Buning uchun xo'jaliklar 
ixtiyoridagi barcha mashinalar, traktorlaming ishga yaroqliligini oshirish 
hamda ulardan yil davomida to‘liq foydalanishga erishish tadbirlarini 
shakllantirish lozim. Eng avvalo, ulami malakali kadrlar, ta’mirlash 
ustaxonalari bilan ta’minlash kerak. Xo‘jaliklaming ishlab chiqarish resurslari 
bilan ta'minlanganligini ham talab darajasiga yetkazish zamr. Buning uchun 
esa moliyaviy resurslar bilan ta'minlash choralarini aniqlab, ulaming 
bajarilishini ta'minlash kerak.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning mavsumiyligi tufayli yilning 
ma'lum davrida tarmoqdagi mehnat resurslarining bir qismi bo‘sh turib qoladi, 
bu esa mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligiga salbiy ta'sir 
ko'rsatadi. Ushbu holatning oldini olish uchun qishloq xo'jalik korxonalarida 
xodimlami mehnat resursiga talab kam bo'ladigan qish oylarida ham ish bilan 
band qilish choralarini ko‘rish lozim. Bunda dehqonchilikka ixtisoslashgan 
fermer xo‘jaliklarida chorvachilikni ham yo‘lga qo‘yish, issiqxonalar tashkil 
etish, turli sexlar, ustaxonalar faoliyatini tashkil etish va boshqa tadbirlami 
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Demak, qishloq xo'jaligida mehnat resurslaridan yil davomida to iiq
va samarali foydalanish hamda ulaming mehnatlari unumdorligini oshirish 
uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash maqsadga 
muvofiqdir:
qishloq joylarda tadbirkorlik shakllarini rivojlantirish;
tarmoqning rivojlanishini e'tiborga olgan holda qo'shimcha ish 
joylarini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligiga yangi texnikalami, samarali texnologiyalami 
izchillik bilan tatbiq etish;
tarmoqning ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirish va moddiy- 
texnika ta'minotini yuksaltirish;
qishloqda yashash va ishlash uchun barcha sharoitlami yaratish;
melmatni tashkil etishning samarali turlarini tashkil etish va 
rivojlantirish;
kadrlami tayyorlash, malakalarini oshirish, ularni moddiy va ma'naviy 
rag‘batlantirishni takomillashtirish va boshqalar.
127
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bu kabi chora-tadbirlaming qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga joriy 
etilishi tarmoqdagi mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilab, mehnat 
unumdorligi oshishiga ijobiy ta'sir etadi.
Qisqacha xulosaiar
Belgilangan yosh chegarasidagi mehnat qilish qobiliyatiga ega bo'lgan 
aholi mehnat resursi hisoblanadi. Ulaming ongli ravishda, aniq maqsadni 
ko'zlab sarflagan mehnatlari natijasida ishlar bajariladi, mahsulotlar ishlab 
chiqariladi.
Qishloq xo'jaligida mehnat resurslaridan foydalanishning o‘ziga xos 
xususiyatlari mavjud. Jumladan, mehnat va uning samarasi tabiiy sharoit bilan 
bog‘liq, mehnat resursidan foydalanishga qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining 
mavsumiyligi katta ta’sir ko‘rsatadi, qishloq xo‘jaligidagi mehnat jarayoni tirik 
organizmlar bilan uzviy bog‘langan va boshqalar. Tarmoqda mehnatni tashkil 
etishda ushbu xususiyatlami inobatga olish lozim.
Kelajakda mehnat resurslaridan foydalanishni yanada yaxshilash va 
mehnat unumdorligini oshirish maqsadida yangi ish joylarini barpo etish, takror 
ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, moddiy va ma’naviy rag'batlantirishni 
takomillashtirib borish lozim. Qishloq xo‘jaligida mehnat bozorini ham 
rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish