mashinalar, asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har
qanday boylik.
Innovatsiya - fan yutuqlari va ilg‘or tajribadan foydalanishga asoslangan
texnika,
texnologiya, mehnatni tashkil qilish, boshqaruv sohasida yangilik
kiritish.
Infratuzilm a - asosiy tarmoq yoki sohaga xizmat ko‘rsatuvchi, uning
to'laqonli faoliyati uchun shart-sharoit yaratib beruvchi soha. Yo‘nalishiga
ko‘ra, ishlab chiqarish,
ijtimoiy, bozor va boshqa infratuzilmalami ajratib
ko'rsatish mumkin.
Integratsiya - 1) turli bo'limlar, elementlar harakatining bir butunga
birlashish jarayoni; 2) iqtisodiy integratsiya - iqtisodiy subyekt (davlat,
korxona, firmajlaming iqtisodiy,
texnologik munosabatlaming o‘zaro
bog'liqligi natijasida vujudga keluvchi hamkorlikning chuqurlashuvi.
Intensiv rivojlanish - samaraliroq ishlab chiqarish vositalari
va texnologik
jarayonlami qo'llash, mehnatni tashkil etishning ilg‘or usullari, fan-texnika
taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish asosida rivojlantirish.
Ipoteka - ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish bilan beriladigan ssuda. Ushbu
ssudani ta'minlashga xizmat qiluvchi garov kreditorga berilmaydi, balki
qarzdoming o'zida qoladi.
Iqtisodiy sikl - iqtisodiy rivojlanishning bir holatidan boshlanib, birin-ketin
bir necha fazalami bosib o‘tib, o‘zining dastlabki
holatiga qaytib kelgunga
qadar o‘tgan davr hisoblanadi.
Iqtisodiyotni liberallashtirish - xo‘jalik hayotining barcha sohalaridagi
to'siq hamda cheklovlami, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda
qisqartirish yoki bekor qilishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar tizimi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash - iqtisodiyot tarmoq
va korxonalaridagi
ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma'naviy
jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi
chora-tadbirlami o‘z ichiga oluvchi jarayonni tartibga solishga qaratilgan
faoliyat.
Irrigatsiya - suv resurslari bilan ta’minlash va
suv inshootlari faoliyatini
tartibga soluvchi tizim.
Jismoniy shaxs — iqtisodiy faoliyatda qatnashuvchi va bu jarayonning to‘la
huquqli subyekti sifatida faoliyat ko'rsatuvchi shaxs. Jismoniy shaxs o‘zining
nomidan ish yuritadi, firma yoki korxona kabi hokimiyatda ro‘yxatdan o‘tish
majburiyatidan ozod.
Kapitallashuv
— aksiyadorlik kompaniyalari,
banklar tomonidan
chiqarilgan va kapitalga aylantirilgan barcha qimmatbaho qog'ozlaming
umumiy summasi.
Kichik biznes subyektlari - korxona ko‘lami, ishlab chiqarish hajrni,
ishlovchilar soni, moliyaviy mablag‘lari miqdori
va boshqalar jihatidan
292
www.ziyouz.com kutubxonasi
kichikroq bo'lgan subyektlar. Respublikamizda kichik biznes subyektlari
toifasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar va kichik korxonalar
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: