Tabiatshunoslik o’qitish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllantirish


Moddiy dunyoqarashni shakllantirish



Download 180,12 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana28.02.2022
Hajmi180,12 Kb.
#475505
1   2   3   4   5   6
Moddiy dunyoqarashni shakllantirish. 
Tabiatshunoslik tushunchalarining 
shakllanishi murakkab fikrlash jarayonining natijasidir. Bu jarayonni boshqara turib, 
o’qituvchi yorqin misollarda tabiat sirlarini ochib beradi, moddiy dunyoqarash asos-
larini o’quvchilarga singdiradi. 
Rejali ravishda asta-sekin tabiat bilan tanishtirib borish bu ish uchun poydevor 
yaratadi. Moddaning (qum va loyning, foydali qazilmalarning, suvning) xususiyatlari 
bilan tanishtira borib, amaliy mashg’ulotlar o’tkazish bilan o’qituvchi o’quvchilar 
tomonidan insonning tabiatni o’zgartirishga qaratilgan faoliyatini tushunib olinishiga 
yordam beradi. 
Bolalarni atrof tabiat va odamlar hayoti bilan tanishtira borib, o’qituvchi anih 
misollarda tabiat hodisalarining sabablarini tushuntirib berishi kerak va 


o’quvchilarning bu hodisalar o’rtasidagi oddiy bog’lanishlarni tushunib olishlariga 
erishishi kerak. Natijada o’quvchilar tabiat—bir butunlik, unda jism va hodisalar biri-
biri bilan uzviy aloqada, biri-biriga bog’liq ekanligini tushunib olishga imkon 
beradigan bilimlarni to’playdilar. 
Tabiatshunoslik darslarida moddiy dunyoqarash asoslari o’qituvchi tomonidan 
rejali ravishda uzoq vaqt davomida olib boriladigan ishlar jarayonida shakllanadi. 
Tabiatshunoslikni o’rgana boshlashdanoq o’quvchilarda o’simlik va hayvonot 
dunyosi to’g’risida moddiy tushunchalarni shakllantirib borish, amaliy ishlarni 
bajarish, tajribalar, kuzatishlar, ekskursiyalar o’tkazish jarayonida esa olingan 
tushunchalar ilmiy nuqtai nazaridan tasdig’ini berishi kerak 
Tabiat hodisalarining o’zaro bog’lanishini (quyosh nuri energiyasi suvni 
qizdiradi, u bug’lanadi, keyin yog’in tarzida tushadi) ocha turib, o’qituvchi 
o’quvchilarda tabiatga munosabatni asta-sekin rivojlantirib boradi. Yakka tartibdagi 
bevosita kuzatishda o’quvchilar dastlab fahmlab olgan o’zaro aloqa barcha tabiat 
hodisalarini bir-biriga bog’lovchi, aniq namoyon bo’lgan qonuniyat xarakterini oladi. 
Kichik yoshdagi maktab bolalari «Nima uchun yomg’ir «yog’adi?», «Tog’lar 
qaerdan paydo bo’lgan?», «Nima uchun ko’katlar yashil, gullar esa har xil rangli?», 
«Nima uchun quyosh kechqurun botadi?» va boshqa ko’pgina savollar berib, guyo 
o’zlari uchun dunyoni ochadilar va bolalarda atrof hayotga bo’lgan qiziqish 
so’nmasligi uchun o’qituvchining ular oldida ajoyib va go’zal bo’lib ko’rinishi uning 
o’ziga bog’liq. Atrof olamga bo’lgan bola qiziqishini quvvatlash uchun o’qituvchi 
barcha savollarga aniq-ravshan, muhimi qiziqarli va tushunarli qilib javob berishi 
kerak. Bolalar bilan ishni (kuzatish, tajriba, amaliy ish, ekskursiyalarni)
shunday tashkil qilish kerakki, ularning o’zlari tabiatning ayrim hodisalari o’rtasidagi 
bog’lanishlarni aniqlashga, ularda borayotgan o’zgarishlarni payqashga o’rgansinlar. 
Shundagina ular «Nima uchun qushlar uchib keladilar va uchib ketadilar?», «Nima 
uchun hayvonlar qishki uyquga ketadilar?» va shunga o’xshash savollarga 
mustaqil javob bera oladilar. 

Download 180,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish