19-son 1
–to’plam dekabr 2021
pedagoglar.uz
652
avval o'zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda ijodiy qo'llashi orqali ularda
ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirishga e'tibor qaratishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, zamon bilan hamnafas ishlayotgan har bir
o'qituvchi o'quvchilardagi bu istak va orzularni amalga oshirish uchun ta'lim
jarayonida shunga o'xshash o'yinlarni o'z vaqtida o'tkazishi o'quvchilarning
bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini orttirish va bilish faoliyatini
faollashtirishga zamin tayyorlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
3.
G'ofurov A.T., Tolipova J.O. va boshqalar. Biologiyao'qitish
metodikasi.Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. Toshkent, 2013
4.
Shaxmurova G., Raxmatov U., Xo'janazarov O'., Tog'aeva G.
"Biologiya fanini o'qitish metodikasi" moduli bo'yicha o'quv-uslubiy
majmua. Toshkent, 2017
19-son 1
–to’plam dekabr 2021
pedagoglar.uz
653
1918-1939
YILLARDA ITALIYA
Matmuratova Koramat
Xorazm viloyati Bogʻot tumanidagi
38-son maktabning Tarix fani oʻqituvchisi
Annontatsiya:
Birinchi jahon urushi xalq xo‘jaligiga katta zarar keltirdi. Urush
harakatlari natijasida Italiyaning shimoliy-sharqiy viloyati vayron bo‘ldi. Qishloq
xo‘jaligi juda katta ziyon ko‘rdi.
Kalit so’z:
moliyaviy, imperialism, tengsizlik, Militaristik, Smirna
Savdo flotining 60% ishdan chiqdi. 635 ming kishi halok bo‘ldi, 2 mln kishi
yarador bo‘ldi va asir tushdi. Mamlakatning moliyaviy ahvoli yomonlashib ketdi.
Italiyaning ko‘proq Angliya va AQShga qaramligi kuchaydi va ulardan katta
qarzdor bo‘lib qoldi. Urush Italiya imperializmining butun ichki zaifligini yaqqol
ko‘rsatdi.
Urush
yillarida
iqtisodiyotda
tengsizlik
kuchayib
ketdi.
Militaristik siyosatning avj oldirilishi va chet eldan olingan zayomlar
natijasida
mashinasozlik metallurgiya
, ximiya sanoati kabi ayrim sanoat tarmoqlari
rivojlanib, mamlakat agrar mamlakatdan industrial-agrar mamlakatga aylandi.
Sanoat bir yoqlama taraqqiy qildi, davlat buyurtmalariga muvofiq, urush
extiyojlariga kerakli mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tashqi savdo rivojlandi. Ishlab
chiqarish va kapital konsentratsiyasi kuchaydi. «Onsaldo», «Fiat», «Breda» kabi
konsernlar o‘sdi. Bu kabi iqtisodiy gigantlar Italiya sanoatining o‘zagini tashkil
etgan avtomobilsozlik, qora metallurgiya, konchilik va kimyo sanoatida hukmron
mavqega erishdilar. Ayni paytda umumiy soni 120 mingga yetgan kichik
korxonalar ham mamlakat iqtisodiy hayotida katta o‘rin egallardi. Ularda 800
mingdan ortiq ishchi ishlardi. Italiya iqtisodiyotining o‘ziga xos jihatlaridan biri
qishloq xo‘jaligining nihoyatda qoloq ekanligi edi. 40 ming yirik zamindor 10 mln.
gektar yerga ega bo‘lsa, 2,5 mln. dehqonning boryo‘g’i 6 mln. gektar yeri bor edi.
Dehqonlarning yarmi yersiz bo‘lib, yirik zamindorlardan dala ijara olishga majbur
qilingandi.
Ijara
uchun
dehqon
hosilning
yarmini
berardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |