19-son 1
–to’plam dekabr 2021
pedagoglar.uz
617
лексик қурилишини ўрганишни талаб этади. Монологик нутқни ҳосил
қилишдаги қийинчиликларни енгиш учун ўқувчи тил материалини билиши,
шу материаллар асосида нутқ ҳаракатини ижро этиши, мавзуни тўлалигича
ўзлаштира олган бўлиши, ўз фикрини тингловчига етказа олиши учун
экстралингвистик ифода воситалари бўлган урғу, ритм ва оҳангни нутқ
фаолиятига мослаштира олиши зарур. Монологик нутқ кетаётган пайтда
сўзловчининг юз, кўз, қош, қўл ва бош ҳаракатлари, кулимсираш,
жиддийлашиш, ва шу каби имо-ишоралар тингловчига нутқни англашда
осонлик туғдиради, монологни тинглаб тушуниш кўникмасини ўстиради.
Ўқувчиларнинг ўзаро фикрлашувида, улар ўртасидаги муомала ҳолатларида
сўзлар ва сўзлардан ташкил топган гаплар асосий вазифаларни бажаради.
Бундан кўриниб турибдики, сўзлар фикр юритиш ва муомала ишларида,
тушунча ва тафаккурнинг ривожланашида жамият аъзолари ўртасида алоқа
қуроли сифатида асосий ролни ўйнайди.
19-son 1
–to’plam dekabr 2021
pedagoglar.uz
618
Sodda masalalar bolada fikrlash jarayonini o`stirish omili sifatida.
Boshlang'ich sinf oqituvchisi: Xudayberganova Bibisora
Matematikada masalalar sodda va tarkibli masalalarga ajratiladi. Bitta amal
bilan yechish mumkin bo’lgan
masalalar sodda masalalar jumlasiga kiritiladi.
Sodda masalalarning asosiy turlarini quyidagicha taqsimlash boshlang’ich
maktabda qo’llash uchun qulay:
1. Arifmetik amallar mazmunini ochishga doir masalalar: yig’indini, qoldiqni
topishga doir masalalar, bi
r xil qo’shiluvchilar yig’indisini topishga doir masalalar,
bo’lishga doir masalalar.
2. Amalning noma’lum komponentlarini (qo’shiluvchi, kamayuvchi, ayriluvchi,
ko’paytuvchi, bo’linuvchi, bo’luvchi) topishga doir masalalar.
3. Bir necha birlik (yoki bir n
echa marta)”ortiq”(yoki “kam”) munosabati bilan
bog’liq masalalar: sonni bir necha birlik (yoki bir necha marta)orttirish (yoki
kamayish)ga doir bevosita (yoki bilvosita) ifodalangan masalalar; sonlarni ayirmali
(yoki karrali)taqqoslashga doir masalalar.
Hamma turdagi sodda masalalar o’quvchi uchun quyidagi maqsadlarda kerak
bo’ladi:
1. Matematik masalaning strukturasi (tarkibi) bilan tanishish, ya’ni uning sharti,
berilganlari,savoli, izlanayotgan miqdori bilan; shuningdek “ortiq”, “kam”,
“qancha bo’lsa shuncha”,”teng”, “orasida” va hokazo atamalar bilan tanishish;
2. Bolalarda masala savoliga javob berishi uchun bajarish kerak boladigan
amallarni tanlashga ongli munosabatda bo’lishni tarbiyalash;
3. Har xil matematik mashqlarni hayot bilan bog’lash, bu bolalarning fanga bo’lgan
qiziqishlarini orttiradi, ko’nikmalarni egallash jarayonini jonlantiradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |