10- MAVZU. OʼZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TAʼLIM SOHASIDA AMALGA
OSHIRILGAN ISLOHOTLAR.
1. MUSTAQILLIK YILLARIDA ILM-FANNING RIVOJLANISHI. YANGI JAMIYAT
QURISHDA TAʼLIM VA TARBIYANING ROLI.
2. “TAʼLIM TOʼGʼRISIDA”GI QONUN VA “KADRLAR TAYYORLASH MILLIY
DASTURI”NING QABUL QILINISHI. DASTURNING MAQSAD VA VAZIFALARI, UNI AMALGA
OSHIRISH
MEXANIZMI
VA
BOSQICHLARI.
TAʼLIMNING MILLIY MODELINING
SHAKLLANISHI,
RIVOJLANISHI
VA
MUAMMOLARI.
OʼZBEKISTONDA KADRLAR
TAYYORLASH SOHASIDAGI OʼZGARISHLAR.
3. OLIY TAʼLIM SOHASIDA QABUL QILINGAN QONUNLAR VA ULARDA BELGILANGAN
VAZIFALAR.
4. TAʼLIM SOHASIDA XALQARO HAMKORLIKNING YOʼLGA QOʼYILISHI: YUTUQLAR
VA KAMCHILIKLAR
•
Respublikamizda ta'limning yangi tizimini amalga oshirishda O’zbekiston hukumati
tariximizdagi ta'lim jarayonlarini o’rganib chiqib, ta'limni isloh qilish dasturini tayyorladi.
Barcha e'tibor ta'lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida
takomillashtirib, uning moddiy-texnika bazasini zamon va davr talablari darajasiga ko’tarish va
O’zbekistonning ma'rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi. Shu maqsadda 1992 yil 2 iyul
respublikamizda "Ta'lim to’g’risida"gi qonun qabul qilindi.
•
Ta'limni isloh qilish quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi:
•
-ta'lim tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi;
•
-ta'lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi;
•
-ta'limda umuminsoniy va milliy-madaniy, ma'naviy qadriyatlarning ustuvorligi;
•
-e'tiqodi, dinidan qat'i nazar, barcha fuqarolar uchun ta'lim olish imkoniyatlari
yaratilganligi;
•
-ta'lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta'siridan holiligi.
•
O’zbekiston mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab eng muhim
masalalardan biri eskicha tafakkur, e'tiqodidan qutulgan, istiqlol uchun, o’z ona-yurti
uchun xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash masalasi bo’ldi. Eski tuzumni asta-sekin tag-
tomiri bilan tugatib, batamom yangi, jahonning ilg’or taraqqiy etgan mamlakatlari
yo’lidan boradigan haqiqiy demokratik jamiyat qurish endilikda yangicha fikrlaydigan
quyidan tortib yuqori toifadagi kadrlarga bog’liq bo’lib qoldi.
•
Sobiq ittifoqda katta-kichik rahbar xodimlar har xil darajadagi partiya va komsomol
maktablarida, kommunistik mafkura targ’ibotchisi va tashviqotchilarini tayyorlaydigan
universitet va akademiyalarda tayyorlangan bo’lsa, endilikda bu o’quv yurtlari, tabiiyki,
tarix sahnasidan tushib qoldi.
•
Birinchi Prezidentimiz respublika va viloyatlarning rahbar xodimlari, huquq organlari
rahbarlari bilan uchrashuvlarida hokimiyatlar, huquq organlarining ayrim xodimlari tomonidan
tartib-intizomning, qonunchilikning buzilayotgani to’g’risida har gal kuyib-pishib gapirardi va
urug’-aymoqchilik, mahalliychilik, nopoklik kabi o’tmish qoldiqdaridan toza, el-yurti va
xalqiga halol mehnat qiladigan yosh kadrlarni tayyorlash, ularga yo’l ochib berish zarurligini
qayta-qayta takrorlab ko’rsatardi.
•
O’zbekiston mustaqilligining kelajagi yuqori malakali, ma'rifatli, el-yurtiga sadoqatli
mutaxassislarni tayyorlashga bevosita bog’liq. I.A.Karimov muxbirlarning "Sizning
siyosatingizda ta'lim-tarbiya masalasiga katta e'tibor berishning sabablari nimada?", deb
so’ragan savoliga ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib yangi jamiyat qurib bo’lmaydi, ong,
g’oya, tafakkur ta'lim-tarbiya bilan uzviy bog’liq, bir-birini to’ldiradi, deb javob bergandi.
•
1997 yil 29 avgustda respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi tahrirda
"Ta'lim to’g’risida" qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" qabul qilindi.
•
Istiqlol yillarida maktabgacha tarbiya muassasalarida, boshlang’ich sinflarda o’quv-
tarbiya ishlariga e'tibor kuchaytirilib, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari tizimida litseylar,
kollejlar, biznes maktablari ochildi, 8 ta institutlar asosida universitetlar tashkil qilindi.
2000 yil boshlariga kelib, mamlakatimizda 61 ta oliy, 258 ta o’rta maxsus o’quv yurtlari,
shu jumladan, 75 ta kollejlarda 360 mingdan ortiq talaba bilim olmoqda. Mustaqilligimiz
kelajagi yoshlar qo’lida ekan bilimdon, ma'naviyatli, mustaqil fikrlab, mustaqil ish
yuritadigan yoshlarni, yurtboshimiz ta'biri bilan aytganda, jamiyatimizning eng katta
boyligi, millatimizning intellektual, aql-zakovat boyligi bo’lmish yigit-qizlarimizni
tarbiyalash mamlakatimiz hayotida birinchi darajali vazifa etib qo’yilmoqda.
•
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tamoyillari aniq belgilab ko’rsatildi:
•
-uzluksizlik: ta'lim-fan-ishlab chiqarish;
•
-mutaxassislarga talab istiqbolini o’rganish;
•
-o’qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash;
•
-o’quvchi- yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloqli, ma'naviyatli va vijdonli etib
tarbiyalash;
•
-korxonalardan maktab-institutlar bazasini mustahqamlashdan foydalanish;
•
-chet el sarmoyalaridan foydalanish.
•
Ta'lim to’g’risidagi yangi qonunga ko’ra, uzluksiz ta'lim bir necha bosqichlarda amalga
oshirilishi zarur:
•
1. Maktabgacha oila va bog’cha tarbiyasi.
•
2. Boshlang’ich ta'lim 1-4 sinflar.
•
3. Umumiy ta'lim majburiy bo’lib, 5-9 sinflarda umumiy bilim asoslari, dunyoqarash
shakllanadi.
•
4. Majburiy-ixtiyoriy tusdagi o’rta maxsus bilim va kasb-hunar o’quv yurtlari: 3 yilga
mo’ljallangan akademik litseylar, maxsus kasb-hunar kollejlari.
•
5. Oliy ta'lim: bakalavr - 4 yil, magistratura - 2 yil o’qish muddati, keyinchalik ilmiy-
tadqiqot ishlarini olib borish uchun aspirantura - 3 yilga, doktorantura - 2 yil muddatga
belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |