Yoshlar hayotida virtuallashuv sabablari va omillari. Erkinjonov Abdulbosit Tulqinjon oʹgʹli, Toshkent kimyo-texnologiya instituti



Download 281,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana28.02.2022
Hajmi281,56 Kb.
#474720
1   2   3   4
Bog'liq
Ахборот хати MAQOLA 2

2.
 
METODLAR VA OʹRGANILISH DARAJASI
Bu virtual olamlar haqida maqola yozishga turli fantastik yozuvchilar Nil 
Stivenson va Uilyam Gibson kabi yozuvchilar hamda “Matrisa” kinofilmiga 
oʹxshash filmlar oʹz taʼsirini koʹrsatdi.
Virtual olamlar koʹp oʹyinchili onlayn oʹyinlar (MMOGlar)dan farq qiladi, 
chunki ular yirtqich hayvonlarga yoki odamlar qabilasiga, mamlakatlarga qarshi 
janglarni taklif qilmaydi yoki oʹyinchilar uchun asosiy vazifaga ega emas. 
Masalan, Second Life virtual dunyosining rezidenti World of Warcraft kabi 
koʹplab mashhur MMOG oʹyinlaridagi kabi kvestlarni bajarish yoki darajalarni 
zabt etishga intilish oʹrniga virtual yer toʹplash bilan oʹsha makonda yashash, hayot 
tarzini kechirish mumkin. 
1970 yillarning boshlariga kelib NASA tashkiloti tomonidan Maze War kabi 
dastlabki oʹyinlar virtual olamlarning kelib chiqishiga turtki boʹlgan. 1986-yilda 
LucasFilm Games dasturchilari ikki oʹlchovli muhitli Habitat-ni ishlab chiqdi. Bu 
oʹyinni internetdan foydalangan holda online xizmat orqali koʹpchilikni qamrab 
olish mumkin boʹlgan. Dasturchilar Chip Morningstar va Rendi Farmer Habbit 
ustidan olib borgan tadqiqotlari haqida oʹzlarining bloglarida shunday fikrlarni 
bildirganlar: “Bizning qarashimiz asosida kibermakon, albatta koʹp ishtirokchi 
muhit ekanligi haqidagi g'oya yotadi. Aloqa imkoniyatlaridan tashqari, ushbu 
muhitni uning ishtirokchilariga taqdim etish uchun ishlatiladigan texnologiya 
tafsilotlari shahvoniy va qiziqarli boʹlsa-da, nisbatan atrof-muhitni tashvishga 
soladi.” [7] 
Bundan koʹrinadiki bu virtual oʹyin olamida turli millat vakillari bir yerga 
jam boʹlishi, bu olamning qonuniyatlariga va topshiriqlariga amal qilishlari, hattoki 
bir-birlari bilan muloqot qilishlari, undagi jarayonlardan yetuqlarga erishishlari 
mumkinligi va bunday virtual xodisalar orqasidan kimlardir oʹz maqsadlariga 
erishishlari dasturchilarni tashvishga solgan.
Shunga oʹxshash virtual olamlardan foydalanilib kelayotgan bir davrda 
2003-2006 yillarda Linden laboratoriyasi "Ikkinchi hayot" deb nomlangan yangi 


dunyoni ishlab chiqdi, unda onlayn muloqot qilish va olib-sotish yoʹlga qoʹyildi. 
Unda dunyo yangiliklarni yoritib borish uchun virtual olamda avatarlardan 
foydalanilgan. 
Shunday ikkinchi hayot deb nomlangan virtual olam Second Life-da ma’lum 
bir orollar yoki yerlar sotib olish, binolaringizni qurishingiz, ularni virtul valyuta 
"Linden dollarlari"da sotishingiz, biznes markazlariga kirishingiz, doʹkonlar va h.k. 
ya’ni real hayotda erisholmagan ishlarni virtual olamda amalga oshirishingiz 
mumkin.
2016 yil 16-may sanada https://www.bbc.com/news/technology web 
sahifada virtual olam haqida ijtimoiy olim Nik Yee onlayn oʻyinlar va virtual 
olamlarda insonlarning oʻzini tutishi va oʻzaro munosabatini oʻrganganligi 
toʹgʹrisida shunday degan: “Biz jozibali tanada boʹlganimizda va jozibali 
odamlarning oʹzini tutishi haqidagi stereotiplardan foydalanamiz. Odamlar baland 
boʹyli odamlarni oʹziga ishonchliroq deb bilishadi va virtual haqiqatda bizga ham 
biroz balandroq tana berilganda, biz bu me'yorlarni qabul qilamiz. Biz tadqiqot 
oʹtkazdik, unda biz virtual taqdimotchi ishtirokchining bosh harakatini toʹrt soniya 
kechikishda taqlid qildi, oʹshanda taqdimotchi ishonchli dalillar keltirayotgan edi 
va biz ularni taqlid qilganda odamlarni ishontirish ehtimoli koʹproq ekanligini 
aniqladik”.[8] 
Internetning uzilishi, unda biror bir muhim ob'ektning yo'qligi insonda 
kuchli stress paydo qiladi. Ayniqsa bu holat yoshlarda koʹp uchraydi. Internetda 
sayr qilish esa kunning maroqli oʹtishida sababchi desam xato boʹlmasa kerak. 
Bugungi yoshlar kunning eng soʹngi yangiliklari, qiziqarli voqealar, videolar va 
h.k. axborotlarni birinchi boʹlib tarqatish, muallifiga aylanish, taniqli boʹlish, 
mulohazalar yuritish, yozuvlar qoʹshish, qisqacha qilib aytganda internetda 
oʹzining reytingini koʹtarishga harakat qiladi. Bunday holatlarni hattoki kompyuter 
oʹyinlarini oʹynayotgan yoshlarimizda ham koʹrishimiz mumkin. 
Tarmoqlashgan aloqadagi shaxs haqiqiy voqelikdan - shaxsda "men" 
tushunchasi ajralib chiqadi. Zamonaviylik insonning yangi turini tashkil qiladi, bu 


internetning taʹsiri davomida haqiqiy insonning "men" tushunchasini oʹrnini 
bosadigan yangicha koʹrinish "virtual mavzu"ga aylanadi.
2020-yilning dekabr oyida davlatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
Oʹzbekiston yoshlari forumiga tashrif buyurib oʹz yoʹlidan adashib borayotgan 
yoshlarga “Yoshlar murojaati” elektron platformasini yaratish boʹyicha quyidagi 
fikrlarni bildirgan edi: “Bugun oʹz tengdoshlariga ibrat boʹlayotgan, jamiyatdagi 
yangilanishlar jarayonida faol ishtirok etayotgan yoshlarimiz juda koʹp. Lekin, 
hayotda oʹz oʹrnini topishga qiynalayotgan, adashgan, koʹmakka muhtojlari ham 
yoʹq emas. Shuning uchun yoshlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qatlami bilan 
mas’ullar oʹrtasida toʹgʹridan-toʹgʹri muloqot oʹrnatishga xizmat qiladigan “Yoshlar 
murojaati” elektron platformasini yaratish vazifasi topshiriladi”.[5] 
Bugungi dunyo aholisi soni 7 milliarddan oshib borayotgan bir vaqtda 
internetdan foydalanuvchilar soni 5 milliarddan oshib bormoqda. Shundan 2 
milliardga yaqinini yoshlar tashkil qilmoqda. Bugun internet, virtual va axborot 
madaniyatini rivojlantirishimiz, ma’lumotlardan toʹgʹri foydalanish madaniyati 
kabi tushunchalar barchamizning hayotimizdan oʹrin egallashi darkor. Yoshlarning 
internet olamida oʹz oʹrnini toʹgʹri belgilashlari va foydalanuvchilar bilan aniq 
maqsadli va toʹgʹri muomala qilish, virtual olamdagi axborotlarni toʹgʹri tahlil 
qilish malakasini shakllantirish davr talabidir. 

Download 281,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish