III-bob bo’yicha xulosa
Taxlil natijalari shuni ko’rsatadiki, demak xo’jalik yurituvchi subektlarda sof
foyda miqdori miqdorini ko’paytirish, yanada yuqoriroq daromadga erishish
imkoniyatini beradi. Sarf-xarajatlarni kamaytirgan holda yuqori daromadga ya’ni,
tannarxni, davir xarajatlarini va soliq so’mmalarini kamaytirish hisobiga
erishilishi mumkin. Tahlil natijalaridan shuni takidlash joizki , “GOLD PREMIUM
PRODUCT” MCHJda 9010- “Sotilgan maxsulot (ish va xizmat)lardan olingan
daromadlar” schyotining tarkibida har bir mahsulot uchun alohida so’b schyotlar
ochishni joiz deb topdik. 9011-“Tayyor kolbasa mahsulotlarini sotishdan olingan
daromad”, 9012-“Tayyor sir mahsulotlarni sotishdan olingan daromad”, 9013-
“Tayyor dudlangan go’sht mahsulotlarini sotishdan olingan daromad”, 9014-
“Yarim tayyor go’sht mahsulotlarini sotishdan olingan daromad”. Hisobning
bunday tarzda joriy qilinishi ayniqsa investorlar uchun juda qulay bo’lib, xo’jalik
yurituvchi subekt daromadlarining aniq tahlilini borishida ham katta yordam
beradi.
66
Xulosa va takliflar
Iqtisodiyotni moderinzatsiyalash sharoitida xo’jalik yurituvchi subektlarning
asosiy mezoni mulklardan samarali foydalanish tufayli olinadigan daromad bilan
belgilanadi. Xo’jalik yuritishning xozirgi tizimi sharoitida foyda ko’rsatkichi
xo’jalik yurituvchi subektning asosiy va aylanma mablag’laridan samarali
foydalanishni talab hamda ehtiyojga qarab ishlab chiqarishni muvofiqlashtirishi,
ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot foydalanuvchi talabiga javob bera oladigan
bo’lishi, jaxon andozalari talabi doirasida ishlab chiqilishi, jahon bozorida o’z
o’rniga ega bo’lishi, ishlab chiqarish xaridor uchun xizmat qilishi lozim. Demak,
asosiy xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar – xo’jalik yurituvchi subektning
odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davr ichida mulk egalarining o’z
sarmoyalariga badali bilan bog’liq bo’lgan ko’payishlarni istisno etganda, o’z
sarmoyasi ko’payishiga olib keladigan tushumlardir.
Xo’jalik hisobini muhim tamoyili xo’jalik yurituvchi subektning to’la
mustaqillikka erishuvi va xarajatlarini o’z mablag’lari hisobidan to’liq qoplashidir.
Demak bu , xo’jalik yurituvchi subektlar mahsulot sotishdan olgan mablag’idan
o’zining hamma xarajatlarini qoplaydi va undan tashqari daromadga ham ega
bo’ladi. Yuqoridagi omillarni bartaraf etilishi natijasida xo’jalik yurituvchi
subektda sof foyda miqdorini ya’ni daromadning ko’payishiga olib keladi. Oziq
ovqat sanoati mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotini yitakchi
tarmoqlaridan biriga aylandi. Iqtisodiyotimizning real sektorini moderinzatsiya
qilish, texnik texnologik qayta jixozlash hamda ishlab chiqarishni dversifikatsiya
qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida “GOLD PREMIUM
PRODUCT” MCHJning daromad manbalarining yildan – yilga salmog’ining
oshishiga olib kelmoqda. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan xo’jalik
yurituvchi subektlar operatsion faoliyat daromadlari buxgalteriya hisobini amalga
oshirishda xalqaro buxgalteriya hisobini standartlaridan samarali foydalangan
holda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimizda moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlar tizimiga o’tilishi yangi tizimning amaliyotga tadbiq
qilinishi operatsion faoliyatdan olinadigan daromadlarni hisobga olishda yangicha
67
yondashuvni keltirib chiqaradi, bu esa o’z navbatida mazkur yunalishni yanada
chuqur tadqiq etishni talab qiladi. Yuqoridagi tahlil natijasida №2 BHMSga asosan
hisob tizimini yuritilishini va №18 BHXS tahlili ko’rib chiqildi. Mazkur
standartlarning farqli jihatlari shundaki, xalqaro hisob standartlarida schyotlar
tizimida raqamlar ishlatilmagan holda faqatgina standart nomlaridan foydalaniladi.
Xalqaro standartlarda xo’jalik yurituvchi subektlarda operatsion faoliyat
daromadlari hisobi mahsulot qachonki buyurtmachiga borib yitgandagina daromad
sifatida tan olinadi. Shuni takidlab o’tish joizki, bugungi kunda respublikamizda
MHXS ning xo’jalik yurituvchi subektlarda joriy qilingan operatsion faoliyat
daromadlarining oshishiga, xorijiy investorlarni jalb qilish yunalishlarini
takomillashishiga , qulay ishbilarmonlik muhitining yuzaga kelishiga olib keladi.
Yuqoridagi mulohazalardan ko’rinib turibdiki, mazkur tadqiqot ishi o’zining
dolzarbligi bilan ahamiyatga egadir. Shu nuqtai nazardan nazariy manbalarni
o’rganish, xo’jalik yuritish subektlari operatsion faoliyati daromadlari hisobini
tadqiq qilish amaliy malumotlarni o’rganish asosida quydagi xulosalarni chiqarish,
taklif va tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi:
1.
Tadqiqot ishi davomida iqtisodiy adabiyotlarni monografik o’rganish
asosida xo’jalik yurituvchi subektlar operatsion faoliyati daromadlari mohiyati
o’rganildi., Demak, daromad bu- iqtisodiyot subektining ya’ni, xo’jalik yurituvchi
subekt faoliyati natijasida uning ixtiyoriga kelgan hamda mulkiga aylangan pul va
moddiy shakildagi tushumlardir. Xo’jalik yurituvchi subektlardan olingan
operatsion faoliyatdan olingan daromadlarga esa quydagicha ta’rif berilishi
maqsadga muvofiq deb topdik: - “ya’ni, xo’jalik yurituvchi subektlarning asosiy
faoliyati orqali kelib tushadigan va o’z sarmoyasi ko’payishiga olib keladigan
tushumlardir”. Tadqiqot natijasida xo’jalik yurituvchi subektlarda operatsion
faoliyat daromadlari bo’yicha schyotli bog’lanishlar takomillashtirildi, o’rganib
chiqildi.
2.
Xo’jalik yurituvchi subektlarda operatsion faoliyat daromadlari
samaradorligini oshirish xalqaro standartlar tizimi asosini tashkil qilish asoslari
ko’rib chiqildi. Buxgalteriya hisobi milliy standartlarining jaxon amaliyotida qabul
68
qilingan uslubiy tamoyillari uyg’unligini taminlash, bu bevosita xorijiy
investorlarni jalb qilishda muhim zamin bo’lib xo’jalik yurituvchi subektlar
salohiyatin yanada oshirishga olib keladi.
3.
Xalqaro standartlar doirasida xo’jalik yurituvchi subektlarda hisob
siyosatini shakillantirish sarmoyadorlar va har qanday foydalanuvchilar uchun
tushunarli bo’lgan va samarali boshqaruvni taminlovchi moliyaviy hisobotlarni
tuzish uslubiyatini joriy etish, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)
asosida hisobotlar tuzushni yanada takomillashtirish natijasida, xo’jalik yurituvchi
subektlarning moliyaviy natijalarini tahlil qilishda malumotlarning ancha batafsil
bo’lishini taminlaydi.
4.
Shuningdek, xo’jalik yurituvchi subektlarda operatsion faoliyatdan
daromadlarning qo’shimcha daromadlari tarkibiga kiruvchi asosiy vositalarning
eskirishini hisoblashda “GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJ xo’jalik
yurituvchi subekti negizida tahlil qiladigan bo’lsak to’g’ri chiziqli eskirish
hisoblash tizimi eng samarali va qulay usullardan hisoblanadi.
5.
Mahsulotni sotishdan olingan haqiqiy natijalarni aniqlab toppish.
Bunda mahsulotning haqiqiy tannarxi ani qlanib, u sotish narxidagi qiymat bilan
aniqlanadi va olingan ko’rsatkich ishlab chiqarishning moliyaviy natijasini
bildiradi. Bu o’z navbatida xo’jalik yurituvchi subektning rentabillik darajasini
aniqlashda yordam beradi.
Yuqorida takliflar va tavsiyalarning xo’jalik yurituvchi subektlarda tadbiq
etilishi operatsion faoliyatdan daromadlar hisobini takomillashtirish imkonini
berishga xizmat qiladi.
69
Do'stlaringiz bilan baham: |