18
bayrami sifatida nishonlanib kelinmoqda. BBT har
yili bu bayram mavzusini
tanlaydi: 2012-yil “Chegaralar bo’lindi, bojxona xizmatlari birlashdi” mavzusida
o’tgan bo’lsa, 2017-yil “Chegaralarni samarali boshqarish uchun ma’lumotlar
tahlili” mavzusida o’tdi.[8,10,12]
1947-yilda Yevropa iqtisodiy hamkorlik Kengashiga a’zo 13 ta mamlakat
tomonidan Bosh tarif va savdo kelishuvi (GATT) asosida bojxona ittifoqini tashkil
etish bo’yicha ishchi guruhi tashkil etildi. 1950-yil 15-dekabrda
ishchi guruh
tomonidan Bryussel Konvensiyasi imzolandi, unga ko’ra Bojxona Ittifoqi
Kengashi tashkil etildi va 1994-yildan buyon bu tashkilot BBT deb nomlandi.
Bugungi kunda BBTga 183 ta mamlakat a’zo bo’ldi. BBT xalqaro savdoni 98%
nazorat qiladi. BBT ning Shtab-kvartirasi Bryuselda. SHtat birligi 105 xodim, 68
a’zo mamlakatlardan vakillar bor.
BBT ni Bosh kotib boshqaradi, uning 1 nafar
muovini bor. 3 ta direktorat, bo’limi va xizmatlik Mishel Dane o’rniga
Yaponiya
vakili Kuniyo Mikuriya saylandi. BBT ning 24 mamlakat a’zolaridan iborat
Siyosiy komissiyasi faoliyat yuritadi. BBT Uyg’unlashgan tizim va Kioto
Konvensiyalarini ishlab chiqqan. O’zbekistonning
yangi tahrirdagi Bojxona
kodeksi loyixasida bu Konvensiya talabalari inobatga olingan.
BBT ning 60 yillik faoliyati davrida butun mamlakatlarning boj-xona ishi
faoliyatlarining huquqiy aasoslarini tashkil etuvchi 21 ta xalqaro Konvensiyalar va
50 dan ortiq tavsiyalar ishlab chiqilgan bo’lib, dunyo mamlakatlarida tovarlarning
erkin xarakatiga qulay shart-sharoitlar yaratilgan.
BBTda UT bo’yicha qo’mita faoliyat ko’rsatadi, bu qo’mitada
Konvensiyaga a’zo davlatlarning vakillari ishtirok etadi. Qo’mita 1 yilda kamida 2
marta yig’ilib, Konvensiyaga a’zo davlatlarda UT talabalarining amalda
qo’llanishini nazorat qiladi va rivojlanayotgan davlatlarga amaliy yordam beradi.
Tovarlarni tasniflash yuzasidan paydo bo’lgan muammolarni
yechishda amaliy
tavsiyalar beradi. UTga qo’shimchalar, o’zgartirishlar kiritadi va yangi-yangi
tahrirlari yaratiladi hamda bu haqda Konvensiyaga a’zo davlatlarni xabardor qiladi.
A’zo davlatlar, Konvensiya talablariga ko’ra UT tuzilishiga o’zgartirmasdan
qabul qilishlari, shuningdek, 6 ta raqamdan iborat tavarlarni tasniflash va kodlarini
ham o’zgartirmasligi ta’kidlangan. Konvensiyaga a’zo har bir davlat UT asosida
19
o’zining milliy tovarlar nomenklaturasini ishlab chiqishi va amalda qo’llashi
mumkin. Shuningdek, tovarlarning kod raqamlarini aniqlashda 6 raqamdan keyin,
o’z davlatlari statistikasi va bojxona maqsadlarini ko’zlab, xoxlaganicha raqamlar
qo’shishi mumkinligi e’tirof etilgan. Shunga ko’ra, Rossiya Federatsiyasi-10,
AQSH-11, Kanada-10, Hindiston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari-14, MDH-9 va
O’zbekiston 10 xonali raqamgacha o’z tovarlar nomenklaturasini ishlab chiqqan.
Rivojlanayotgan davlatlarga 6 raqamdan iborat
tovarlar nomenklaturasini
ishlatishga ruhsat etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: