Investitsiyalar auditi va baholash



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/70
Sana28.02.2022
Hajmi1,32 Mb.
#474072
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70
Bog'liq
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011

Qoldiq (balans) qiymat
- jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan 
holda asosiy vositalarning boshlang’ich (tiklash) qiymati; 
Tugatish qiymati
- asosiy vositalarning chiqib ketishi bo’yicha kutilayotgan 
xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy 
vositalarni tugatish chog’ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi. 


123 
Asosiy vositalarning inventar ob’ekti sifatida barcha qurilmalari va 
anjomlariga ega bo’lgan ob’ekt yoki muayyan mustaqil vazifalarni bajarish uchun 
mo’ljallangan alohida konstruktiv asosdagi buyum yoxud butun bir yaxlitlikni 
ifodalovchi va muayyan vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan konstruktiv 
jamlangan buyumlarning alohida majmui tan olinadi.
Asosiy vositalarni qayta baholash - asosiy vositalar ob’ektlarining tiklash 
qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti 
bilan aniqlashtirishdir. Asosiy vositalar qayta baholash natijasida hisob va 
hisobotda joriy qiymat bo’yicha aks ettiriladi. 
Asosiy vositalar ob’ekti bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash 
mazkur ob’ekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning 
dastlabki sanasidan boshlanadi hamda mazkur ob’ektning amortizatsiyalanadigan 
qiymati to’liq so’ndirilgunga qadar yoxud bu ob’ektni balansdan hisobdan 
chiqarilguncha amalga oshiriladi. 
Joriy ta’mirlash - asosiy vositalar ob’ektini ishchi holatida saqlab turish 
maqsadida amalga oshiriladigan ta’mirlashdir. 
O’rtacha ta’mirlashda ta’mirlanayotgan agregatni qisman ajratish va 
detallarning qismlarini tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi. 
Uskunalar va transport vositalarini kapital ta’mirlash - agregatni to’liq ajratib 
yig’ish amalga oshiriladigan ta’mirlashdir, bazaviy va korpus detallari va uzellarini 
ta’mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni almashtirish yoki tiklash hamda 
agregatni yig’ish, sozlash va sinab ko’rishdir. Binolar va inshootlarni kapital 
ta’mirlash - bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan 
konstruktsiyalarning detallari va uzellarini almashtirish yoki tiklash amalga 
oshiriladigan ta’mirlashdir. 
Asosiy vositalarning haqiqatda mavjudligini aniqlash va ularning butligini 
nazorat qilish maqsadida korxonalar tomonidan vaqti-vaqti bilan, biroq ikki yilda 
kamida bir marta asosiy vositalarni inventarizatsiya o’tkaziladi, kutubxona 
fondlarini esa besh yilda bir marta inventarlanadi. 


124 
Uzoq muddatli ijara ijaraga beruvchi ijarachiga g’aq evaziga mol-mulkni 12 
oydan ko’p muddatga egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish ququqini 
beradigan kelishuv. 
Qisqa muddatli ijara ijaraga beruvchi ijarachiga qaq evaziga mol-mulkni 12 
oydan kam muddatga egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish g’uquqini 
beradigan kelishuv. 
Ikkilamchi ijara (ikkilamchi lizing) ijarachi (lizingga oluvchi) ijaraga 
beruvchi (lizingga beruvchi) ning roziligi bilan, ijaraga beruvchi (lizingga 
beruvchi) ning oldida ijara (lizing) shartnomasi yuzasidan javobgarlikni saqlagan 
holda ijaraga olingan mulkni (lizing ob’ektini) boshqa shaxsga ikkilamchi ijara 
(ikkilamchi lizing) ga topshiradigan shartnoma munosabati. 
Ijara (lizing) ob’ektlari iste’mol qilinmaydigan g’ar qanday buyumlar 
(ashyolar), shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, alog’ida binolar, 
inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko’char va ko’chmas mulk 
(muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo’lishi cheklangan boshqa mol-
mulklar bundan mustasno). 
Lizing to’lovlari lizingga beruvchining lizing ob’ektini sotib olish uchun 
qilgan xarajatlarining hammasi yoki ko’p qismini, shuningdek lizing ob’ektini 
etkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli g’olga 
keltirish bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlarini lizingga oluvchi tomonidan 
qoplanishi hamda lizingga beruvchining daromadidir. 

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish