Investitsiyalar auditi va baholash


Kapital investitsiyalarni baholash va buxgalteriyada hisobga



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/70
Sana28.02.2022
Hajmi1,32 Mb.
#474072
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70
Bog'liq
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011

3.3.Kapital investitsiyalarni baholash va buxgalteriyada hisobga 
olish 
Kapital investitsilar va u bilan bog’liq barcha xarajatlarni buyurtmachi, ya’ni 
o’zi uchun qurayotgan va shu qurilishni mablag’ bilan ta’minlayotgan korxona 
hisobga olib boradi. Yangi korxona qurilayotganida qurilayotgan korxonaning 
ma’muriyati ana shunday tashqilot buladi, amalda ishlab turgannda esa - kapital 
kurilish bo’limi orqali ish tutayotgan korxonaning o’zi ana shunday tashkilot 
bo’ladi. 
Kapital investitsiyalarning hisobi amaldagi xarajatlar va smeta kiymati 
bo’yicha ularning turlari asosida umuman kurilish bo’yicha xam, ayrim ob’ektlar 
bo’yicha xam, qurilish boshlangan yildan etiboran o’sib boruvchn yakunlar bilan 
ob’ektlar ishga tushirilguniga qadar yoki tegishli ishlarning to’la-to’kis bajarilib, 
xarajatlarning hisobdan chiqarilgunigacha yuritiladi. 
Kapital investitsiyalar bo’yicha xarajatlarning analitik hisobi 18-«Kapital 
mablag’ xarajatlari» qaydmomasida yuritiladi. Mazkur kaydnoma yil choragi, 
yarim yil yoki yil uchun ochiladi. Qaydnomaga barcha hisobvaraqlarni qo’shish, 
ishlab chiqarishga tegishli va ishlab chiqarishga tegishli bo’lmagan ob’ektlar 
bo’yicha xarajatlarni alohida ajratib ko’rsatish, bular ichida esa yangi qurilishni, 
kengaytirishni, tiklash va texnik jihatdan qayta jixozlashni alohida ajratib 
ko’rsatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
18-qaydnoma birlamchi xujjatlar (to’lov topshiriqnomalari va to’lov 
talabnomalari, materiallar berish uchun yukxatlar), xarajatlarni taqsimlash 
kaydnomalari, ishlanma jadvallar kabi xujjatlar asosida to’ldiriladi. 
Kapital investitsiyalarning sintetik hisobi 1b-jurnal-orderda yuritiladi. 
Korxonaning asosiy vositalariga va nomoddiy aktivlariga iivestitsiyalar 
haqida, shuningdek, mahsuldor va ishchi xayvonlarning (kiymatidan qatiy nazar, 
korxonaning aylanma mablag’lariga kiruvchi parrandalardan, quyonlardan, 
asalarilardan, yo’l va qo’riqlovchi itlar, tajriba ostidagi itlardan tashqari) vsosiy 
podasini tashkil qilish bo’yicha xarajatlar xaqidagi axborotlar kuydagi 
hisobraqlarda umumlashtiriladi: 0810-«Tugallanmagan qurilish»; 0820-«Asosiy 


50 
vositalarni sotib olish»; 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish»; 0840-«Asosiy 
podani shakllantirish»; 0850-«Yerni obodonlashtirishga kapital investitsiyalar»; 
0860-«Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarga kapital 
investitsiyalar»; 0890-«Boshqa kapital investitsiyalar». 
Ushbu hisobvaraqlar aktiv hisoblanadi. Hisobvaraqlarning debetida asosiy 
vosita ob’ektlarini qurishga ketgan xaqiqiy xarajatlar xamda asosiy 
K-t 0810-«Tugallanmagan qurilish».
Kapital investitsiyalar haqida qaror qabul qilish bu-loyihalarni investisiya 
qilishga taaluqli bo’lgan uzoq muddatli qarorlar qabul qilishdir.Ushbu 
qarorlarni qabul qilish capital qo’yilmalarni smetasini tuzish va ularni 
xarajatlarni qoplashni baholash jarayoni bilan bog’liq.Ushbu jarayon quyidagi 
yo’nalishlarda qo’llaniladi: 
1)
Kompaniya qaysi investisiya loyihasini tanlashi bilan bog’liq 
2)
Ushbu loyiha amalgam oshishi uchun kompaniya sarflaydigan umumiy 
capital qo’yilmalar summasi 
3)
Loyihalar portfelini qanday moliyalashtirish bilan bog’liq 
Kapital investitsiyalarni baholash jarayoni: 
1.
Korxona strategiyasiga mos keluvchi investisiya yo’nalishlarini izlab topish 
2.
Keyingi ishlanmalar uchun eskiz loyihalarini tayyorlash 
3.
Dastlabki baholash va tadbiq etiladigan variantlar asosida izchil loyihalar 
ishlab chiqish 
4.
Variantlarni baholash 
5.
Variantlarni qabu qilish yoki inkor etish to’g’risida qaror qabul qilish 
1)
Xarajatlarni qoplash usuli. 
Xarajatlarni qoplash usuli –kapital qo’yilmalardan pul mablag’lari kelib tushish 
vaqtini belgilab beradi.Agar capital qo’yilmalardan kelib tushuvchi sof pul 
tushumi har yili o’zgarmas bo’lsa ? unda xarajatlarni qoplash davrini topish 


51 
uchun dastlabki investisiya qiymatini (summasini) yillik sof pul tushumiga 
bo’lish bilan aniqlanadi.
Xarajatlarni Dastlabki investisiyalar 
qoplash davri = ---------------------------------------------- 
Xar yilgi sof pul tushumi
Misol: 
Loyiha bo’yicha dastlabki investisiya miqdori-100 000 sh.b, Har yilgi sof pul 
tushumi-20 000 sh.b. Bunda xarajatlarniqoplash davri quyidagiga teng: 
5 yil = 100 000/20 000 
Agar har yilgi sof pul tushumi bir xilda bo’lmasa, unda har yilgi so foul 
tushumlarini dastlabki qiymatiga etarli bo’lguncha (oshgunch) hisoblab boriladi
Misol: 
Dastlabki Sof pul tushumi 
investisiya 1-yil 2-yil 3-yil 4-yil 5-yil 
100 000 sh.b 40 000 sh.b 40 000 sh.b 30 000 sh.b 35 000 sh.b 45 000 sh.b 
Bunda dastlabki investisiya qiymati qanchada qoplanishini aniqlash kerak 
b’lganligi uchun bizning misolimizda 1-yilda 40000, 2-yilda ham 40000 pul kelib 
tushgan.dastlabki investisiyani qoplash uchun bizga 3-yilda 20000 etarli bo’lar edi, 
lekin bizning misolimizda 3-yilda 30000 pul kelib tushgan.Xarajatlarni qoplash 
davrini aniq hisoblash uchun quyidagicha hisoblaymiz: 
Xarajatlarni 
qoplash = 2 yil + 20 000 /30 000 = 2.666
davri (40 000+40 000 
=80 000) 
Demak, bizning misolimizda xarajatlarni qoplash davri 2,666yilga teng ekan. 
Agarda alternative loyihalar mavjud bo’lsa unda xarajatlarni qoplash davri eng 
kam bo’lgan koyiha tanlanadi. 


52 
Misol: 
Loyiha dastlabki investisiya Sof pul tushumi 
1-y 
2-y 3-y 4-y 
A
100 000 60 000 sh.b 40 000 sh.b
V 100 000 40 000 sh.b 40 000 sh.b 20 000 sh.b 50 000 
sh.b 
Xarajatlarni qoplash qiymati : loyiha A = 2 yil, loyuha V = 3 yil. 
Xarajatlarni qoplash usuliga muvofiq A loyihasi qabul qilinadi, vaholanki B 
loyihasida sof tushumlarini qiymati ancha katta bo’lsa ham.Xarid qiymati 
usulining kamchiligidan biri bu-pulning vaqt bo’yicha qiymayinin inkor 
etishidir.Ushbu usulning yana bir kamchliklaridan yana biri xarajatlarni qoplash 
davridan keyingi pul tushumlari inkor etiladi.
2)
Xarajatlarning hisob koeffisenti 
Ushbu usul hisob daromadiga asoslangan bo’lib quyidagicha aniqlanadi: 
Loyiha bo’yicha o’rtacha yillik daromadni dastlabki investisiyalar miqdoriga 
bo’lish bilan topiladi.
O’rtacha yillk daromad 
Hisob koeffisenti = -------------------------------------------- 
Dastlabki investisiya 
Misol: 
Loyiha bo’yicha investisiya- 10 000 sh.b. Loyihani tadbiq qilishning 5 yillik 
muddatidagi umumiy daromadi- 75 000 sh.b ni tashkil etdi. Bu esa o’rtacha 
yillik daromad-15 000 sh.b ligini bildiradi.(75 000/5 yil=15 000 ) 
15 000 sh.b 
Xarajatlarni qoplashning hisob koeffisenti: ----------------------- = 15 %. 
100 000 sh.b 
Ushbu usulning kamchiliklaridan biri pulning vaqt bo’yicha qiymatini inkor 
qiladi.. 


53 

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish