Nam holatda mustahkamligini umuman yo„qotmaydi, yuqori elastik xossaga
ega (PA tolasidan keyingi o„rinda turadi). Ishqalanishga bo„lgan chidamliyligi
bo„yicha PA va PE tolalaridan keyingi o„rinda turadi. 220-280
0
C haroratda
yumshashni boshlaydi va bir vaqtni o„zida parchalanadi.
PAN tolalar kuchli noorganik kislotalar ta‟siriga, oddiy haroratda
suyultirilgan o„yuvchi ishqor ta‟siriga chidamli. Lekin yuqori harorat va yuqori
konsentratsiyali NaOH ta‟siridaPAN tola parchalanadi, parchalanish nitril guruhni
gidrolizlanishi va makromolekulani buzilishi hisobiga boradi.
78
PAN ga kuchsiz kislotalar ta‟sir etganda u yuqoridagi sxema bo„yicha
sarg„ayadi. Bu sarig„likni oksidlovchilar (natriy xlorit-kislotali muhitda) va
suyultirilgan Na
2
SO
4
bilan ishlov berishorqali yo„qotish mumkin.
PAN tolalar oksidlovchilar va yuqori harorat ta‟siriga chidamli. Ikki kun
davomida tolani 150
0
C haroratda saqlashda uning mustahkamligi pasaymaydi.
Uzoq vaqt 200
0
C da saqlanganda tolaning massasi 30% ga kamayadi, qorayadi va
issiqlikka bardoshliligi ortadi. Bunday tolaga 600-800
0
C da ta‟sir ettirishda ham u
o„ziningmustahkamligini va elastikligini ma‟lum miqdorda saqlaydi. Tolani
bunday quruq qizdirish natijasida uning makromolekulasida ma‟lum o„zgarishlar
bo„ladi, tola sarg„ayadi va eruvchanligi kamayadi.
PAN tolalari yorug„lik va atmosfera ta‟siriga o„ta chidamli va bu jihatdan
barcha tabiiy va sintetik tolalardan ustun turadi. PAN dagi CN-guruhlar reaksion
qobilyatli. PAN tolalarining asosiy kamchiliklari bu ularni qiyin bo„yalishi, zich
strukturali va gidrofobiligidir. Tolaning bu kamchiliklarini bartaraf etish uchun tola
polimerdan emas, balki sopolimerdan shakllantiradi. Sopolimer tarkibiga kiruvchi
boshqa polimerlarning miqori 15% dan oshmasligi lozim, aks holda PAN tola
o„zining qimmatbaho xossalarini saqlab qolmaydi. Qo„shiladigan monomerlarni
ba‟zilari tolaga bo„yaluvchanlikxossasini bersa, boshqalar tola strukturasini
g„ovaklashtiradi. O„zbekistonda PAN tola nitron nomi bilan ishlab chiqariladi.
Uning tarkibida metilmetakrilat va itakon kislota bo„lib, bu qo„shimchalar tolaga
elastiklik va bo„yaluvchanlik xossasini beradi.
79
Polivinilxlorid tolalar
– xlorin, rovil, termovil, saron, daynel, vinon, saniv,
xlorin nomlari bilan ishlab chiqariladi. PVX - polivinilxloriddan va boshqa
monomerlar aralashmalaridan polimerlanish va sopolimerlanish reaksiyalari orqali
hosil qilinadi.
Polimer eritmalari yoki quyultmalaridan shakllantiriladi. Filament ip yoki
shtapel tola ko„rinishda ishlab chiqariladi. Texnik maqsadlarda va meditsina
matolari uchun ishlatiladi. Ular past darajadagi termoplastiklikka ega va kam
yonuvchan. Xlorinli trikotaj materiallar radikulit, revmatizm kasalliklarini
davolashda ishlatiladi. PVX tolalaridan stullar uchun qoplamalar, to„rlar, kimyoviy
filtrlar tayyorlanadi. PVX asosan texnik maqsadlar uchun, mahsus kiyimlar va
yonmaydigan qurilish materiallar olishda ishlatiladi.
Bu tolalar yaxshi fizik-mexanik xossaga ega, kislotalar, ishqor va
oksidlovchi ta‟siriga chidamli. Bu tolalar asosan atsetonda eriydi. Bu tolalarning
barchasi ham gidrofil guruh tutmaydi, gidrofob va suvli muhitlarda erimaydi.
Kamchiligi: issiqbardosh emas, qiyin bo„yaluvchan. Bu tolalar asosan texnik
maqsadlarda qo„llanadi.
80
Polivinilspirt tolalar
-vinol (Rossiya). PVS ni suvli yoki suv va etil spirtili
eritmasidan shakllantiriladi.PVS tolalarini shakllantirish uchun boshlang„ich
modda sifatida vinilatsetatdan yoki polivinilspirtdan foydalanadi.
Polivinilspirt suvda eriydi va suvli eritma ko„rinishda tola shakllantirishda
qo„llaniladi. Tola shakllantirish, cho„zish, yuvish, quritish va termoishlov berish
jarayonidan o„tgach atsetillanadi. Vinol shtapel tolalari boshqa tolalar bilan
aralashgan holda yoki o„zi mato va trikotaj ishlab chiqarishda qo„llaniladi.
Ishqalanishga bardoshli. Paxta aralashli mahsulotlarning xizmat qilish muddatini
oshiradi. Boshqa sintetik tolalarga nisbatan gigroskopligi yuqori (4-8 %).
Yorug„likka, issiqlikka chidamli va termobardosh tola hisoblanadi. Yumshash
harorati 232-238
0
C.
PVS tolalaridan belyobop matolar olishda, hamda trikotaj va texnik
mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. PVS tolasidan har xil choyshablar
to„qish mumkin. Bu choyshablar yuvilgan taqdirda kam kirishadi. Bu tolalarning
elastikligi paxta va viskoza tolasidan yuqori bo„lib, boshqa sintetik tolalar kabi
ishqor va kislotalar ta‟siriga turg„un bo„ladi. PVS tolalaridan sovinol suvda yaxshi
eruvchan bo„lib, boshqa xil suyuqliklar ta‟siriga turg„un bo„ladi. Shuning uchun
ham undan xirurgiyada foydalaniladi. Kuralon namlikda 85 % gacha
mustahkamligini saqlab qoladi, shuning uchun undan ustki kiyimlar tikiladi.
Polivinilspirt tolalar.
PVS tolalarini shakllantirish uchun boshlang„ich
modda sifatida vinilatsetatdan foydalanadi.
81
Polivinilspirt suvda eriydi va suvli eritma ko„rinishda tola shakllantirishda
qo„llaniladi. Shakllantirilgan tola suvda eriydi, shuning uchun uning eruvchanligini
oldini olish maqsadida unga qo„shimcha ishlovlar beriladi. PVS tolalari kuralon,
vinilon, vinol nomlari bilan ishlab chiqariladi. Tolaning elastikligi boshqa sintetik
tolalardan past, lekin tabiiy va sun‟iy tolalardan yuqorida turadi. 65 % nisbiy
namlikda 5 % namlikni yutadi, ya‟ni gigroskopligi bo„yicha paxta tolasiga yaqin
turadi. Ishqalanishga chidamli, 200
0
C haroratda yumshaydi, kislota, ishqor
ta‟siriga chidamli (suyultirilgan NaOH eritmalarida qaynatish, 20 % li H
2
SO
4
ga
20
0
C da 5% li H
2
SO
4
ga65
0
C da chidamli) Yuqori haroratda konsentrlangan
mineral kislotalar ta‟sirida eriydi. Tola chumoli kislotada (55
0
C da), fenol va
krezolda eriydi. Mikroorganizmlar ta‟siriga chidamli.
Poliolefin tolalar
quyultmadan shakllantiriladi. Yuqori mustahkamlikka va
elastiklikka ega. Eng yengil tola, xatto suvdan ham yengil. Issiqlikka chidamsiz.
O„zi alohida va boshqa tolalar: jun, paxta, viskoza bilan birgalikda mato, gilam va
trikotaj ishlab chiqarishda qo„llaniladi. Etilen propilen, polipropilen tolalar
o„zlarining issiqlikka bo„lgan chidamsizliklari tufayli keng ko„lamda ishlab
chiqarilmaydi.
Poliolefin tolalari polietilen va polipropilen asosida hosil qilinadi.
-CH
2
-CH
2
-CH
2
-CH
2
- polietilen
Bu tolalar gilam to„qishda va texnik vazifalar uchun qo„llaniladi. PO
tolalaridan yelkanli kemalar va mahsus kiyim-kechaklar uchun matolar to„qish
82
mumkin. Bu kiyimlar kislota va ishqor ta‟siriga chidamli bo„lib, ulardagi dog„ni
osonlik bilan ketkazish mumkin.
Poliolefen tolalar: o„zlarining issiqlikka bo„lgan chidamsizliklari tufayli
keng ko„lamda ishlab chiqarilmaydi. Tolalar gidrofob, suvli muhitlarda bo„kmaydi,
gidroskopligi 0 ga yaqin, qiyin bo„yaladi, kislota, ishqorning turli konsentratsiyali
eritmalariga turli haroratlarda bir qator chidamli. Oksidlovchilar ta‟siriga chidamli.
Poliuretan tolalari
. Germaniyada birinchi bor poliuretan tolasi namoyondasi
Perlon V shakllantirilgan. Bu tolaning cho„zilish xossasi qoniqarsiz bo„lganligi
sababli uni ishlab chiqarish cheklangan. Perlon V dan asosan shetkalarning tolasi
uchungina foydalanilgan. Oxirigi yillarda poliuretandan yangi tipdagi tolalar -
elastomerlarni olish kashf etildi. Makromolekulasida qutblangan guruhlar
bo„lmagan va ohirida OH-guruhlari bo„lgan, molekulyar massasi 2000 - 3000 ga
teng qayishqoq bloklarni borligi hisobiga bu tolalar yuqori darajada elastik
xususiyatga ega. Poliuretan tolalari tarkibida uretan guruh tutgan bo„ladi:
Spandeks tipidagi poliuretan tolalari rezina kabi elastik, lekin rezinadan
o„zining mustahkamligi, elatikligi bo„yicha ustun turadi. Bu tolalardan sport
kiyimlari, korsaj mahsulotlari tayyorlanadi. Tolaning shishalanish harorati -40
0
C,
150
0
C gacha termabardosh.
Nazorat savollari:
1.
Sintetik tolalarning xossalari qanday?
2.
Getereozanjirli tolalar haqida ma‟lumot bering.
3.
PAN tolalarining kamchiliklari?
4.
PA tolalari qanday xossalarga ega?
83
Do'stlaringiz bilan baham: |