Ya’ni shubhasiz har qanday soliq boshqaruvi
jarayoniga murakkablik
tug’diradi.agar strategiyalar ish bermay qolsa, unda ular modifikatsiya qilinishi
yoki vaziyat/holat o’zgarsa ularga (9) bo’limdagi mehanizmdan foydalangan holda
o’zgartirishlar kiritilishi lozim. Bir qancha kalit ijro ko’rsatkichlari bo’lishi bilan
birga soliq to’lovchilarning xulq atvori va shu butun boshli soliq muhiti tahlil
qilinishi kerak
3
.
Kuzatuv va tahlil natijalari umumiy tarzda soliq strategiyasining davomiy
tahlili sifatida qaytarilishi lozim.
Soliq boshqaruvi
Ko’plab davlatlarda soliq bilan bog’liq muammolarni hal qilishi bo’yicha
organ mavjud. Buyuk Britaniyada bu HM daromad va bojxona (HMRC) deb
nomlanadi. HMRC 2005 yil 18 martda mamlakatning
ichki daromadlari va
qirollikning bojxona va aksizlari birikishidan shakllantirilgan. HMRC, rasmiy
tarzda daromad offitserlari sifatida tanish bo’lgan fuqaro xodimlarniva kunlik
soliq ishini amalga oshiradigan bojxona xizmatini o’z ichiga olgan. HMRC
daromad va bojxona uchun komissiorlarini g’aznachilik tavsiyasiga binoan
qirolicha tayinlaydi. g’aznachilik esa davlat moliyasi uchun ma’sul bo’lgan
moliya vazirligi tomonidan boshqariladi. HMRC mutaxassis va mahalliy idorlari
va bo’limlari maxsus soliqlar bilan shug’ullandigan (kapiatl solig’i)maxsus
idoralar yoki obyektlar (masalan ppensiya fondi, soliq undirilish)
va odatiy ishlar
bilan shug’ullanadigan idoralarani o’z ichiga oladi. Komissarlar mana shu
idoralarni boshqarish, soliq qonuni ijro etish ma’sul hisoblanib soliq bilan bog’liq
muammolarni moliya vazirligi bilan maslahatlashadi. Buyuk Britaniya nisbatan
kichikiroq davlat, shunig uchun yagona soliq boshqaruvi organi soliqqa tortishning
hamma tomonlari bilan shug’ullanadi
4
. Mahalliy vakillik organlari hududlar
bo’yicha ayrim soliqlarni masalan konsullik solig’i va biznes darajasi bo’yicha
undirishga biroz ma’sulayiati bor. Kattaroq davlatlar uchun bunday boshqarish
usuli qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Shuning uchun ular shtatlar bo’yicha ham
shunday tashkilotlarni tuzganlar. Amerika qo’shma shtatlari soliq organi bu Ichki
Daromad Xizmati (Internal Revenue Service, IRS) lekin har bir shtatning o’z soliq
organi va soliq bo’yicha qonunchiligi bor. Avstraliya va Germaniyada o’xshash
tarzda boshqaruv bor. Ular Australian Tax Office va Bundesministerium der
Finianzen deb nomlanadi. Germaniyada nafaqat soliq shtat soliqlari mavjud undan
tashqari bu soliqlarni mahalliy darajada undiradi. Bu turdagi tizim (davlat va shtat
3
Advanced Taxation (UK), BPP
Learning Media Ltd BPP House, Aldine Place 142–144 Uxbridge Road London
W12 8AA, 2014
4
Jane Fracknall-Hughes. The Theory, Principles and Management of Taxation: An introduction, Routledge Taylor
and Francis Group. 2015
darajasidagi soliqlar) moliyaviy federalism deb nomlanadi va shtatlarning
soliqlarni boshqaruv va soliq undirilishi davlatlar o’rtasida o’zgaradi. Hamma
turdagi soliq tizimi boshqaruvchilarga xarajatga tushadi. Xarajatlarning oshishi
soliq qonunchiliginign qanchalik murakkabligi va tushunarli ekanligiga bog’liq.
Shu bilan birga har bir shaxs va Boshqa xo’jalik yurituvchi tashkilotlaning soliqqa
nisbatan majburiyatini baholash jarayoni tabiatiga ham bog’liqdir. 1990 yildan beri
o’zini baholash bo’yicha umumiy harakatlar bo’ldi. Soliq to’lovchiga (soliq
boshqaruv organiga emas) soliq soliq tizimi ostida har bir yil uchun soliq
majburiyatini to’g’ri taqsimlanayotganini o’zi to’g’ri baholab borish ma’suliyati
yuklandi, odatda bu ish soliq deklaratsiyasini to’ldirish orqali amalga oshirilgan.
Bundan oldin, soliqqa tortish jarayon soliq organi
tomonidan baholash bilan
boshlangan va soliq to’lovchi o’tgan yilgi soliq deklaratsiyai asosida bo’lganligi va
noto’g’ri ekanligi tufayli haqida appilyatsiya qilganlar.
O’zini o’zi baholash tizimi soliq to’lash bog’liq majburiyatlarni bir qismini
soliq to’lovchi zimmasiga yuklaydi va shu tufayli soliq organlari uchun soliq bilan
bog’liq xarajatlarni qisqarishiga olib keladi.
Ochiq oydin ko’rinib turibdiki soliq organlari soliq to’lovchi o’z soliq
deklaratsiyasida ko’rsatgan raqamlarga tog’ri deb mumkin va odatda shu raqamlar
yuzasidan tortishishga huquqlari bo’ladi. Buyuk britaniyada agar soliq to’lovchi
norozi bo’lsa rasmiy apeliyatsiya jarayoni boshlanadi. Agar bu bahs o’zaro
kelishuv asosida hal qilinmasa, u Soliq Tribunallaridan biri yordamida hal qilinadi.
Ikkala tomonlardan biri sud jarayonida chiqarilgan qarorga norozi bo’lsa, ish
sudgacha oshirilishi mumkin. Har bir davlat mana shunday tortishuvlarni hal qilish
bo’yicha o’z tizimi mavjud.
Soliq bo’yicha majburiyatni bajarilishi
Yuqoridagi iborani Simon James o’zining “Soliqqa tortish bo’yicha Lug’at”
kitobida quyidagicha tariflaydi: soliq to’lovchilarning qonunda belgilangan
talablar va maqsadga ko’ra soliqlarni to’lash bo’yicha xoxishi-istagidir. Xuddi
shunday xoxish boshqa soliq soliq organi tomonidan ham kutilishi kerak.
Katta miqdordagi soliq talablarini bajarish bo’yicha ilmiy izlanishlar “soliq
to’lovchilarning xulq –atvoriga ta’sir etuvchi omillar ” ni o’rganishga qaratildi. Bu
omillar ko’plab turli xildagi tadqiqotlarda yoshi, jinsi, oily ma’lumoti, daromaad
darajasi, daromad turi va tabiati, egallab turgan lavozimi, qobiliyati, irqi, halolligi,
murakkabligi, daromad
orgalari bilan aloqalari, fosh etilishning ehtimolligi,
sanksiyalar va soliq stavkasi, va soli majburiyatini bajarilishi bo’yicha xarajatlariga
bog’liqligi aniqlandi. Ko’plab ilmiy adabiyotlar soliq majburiyatini bajarishni
ushlab turuvchi/qo’rqitib turuvchi nazariy strukturadan foydalangan holda ko’rib
chiqadi. Umumiy xulosa shundan iboratki, har bir shaxs soliq to’lashda fosh
bo’lish ehtimolining yuqoriligi va jazolarning shafqatsizligi
tufayli soliq
majburiyatlarini bajarishdan bo’yin tovlashdan qaytarib qolishni ta’minlaydi
5
.
Soliqni majburiyatini bajarmaslik qaytarib turuvchi metod iqtisodiyotning
farazlaridan biriga tayanadi. Ya’ni soliq to’lovchilar har doim o’zlarining
ko’zlagan daromadlarini ko’paytirishga va xarajatlarini kamaytirish bo’yicha
harakat qiladilar. Shunig uchun soliq majburiyatlarini va jarimalarni bajarmagan
hollarda ularni aniqlash va tegishlicha chora ko’rish audit xizmatining zarur
ekanligi isbotlaydi. Har doim jazolash tuzumining zarurligi ekanligi ma’lum
bo’lsada, juda ham shafqatsiz chora ko’rish, majburlash tizimning mavjudligi
fuqarolarning begonalashtirib, o’zidan uzoqlashtirishga
va muammoni
yomonlashishiga olib keladi.
Soliq majburiyatlarini bajarmaslik qarama-qarshi tomonlarni muvozanatga
keltirish va boshqa xilma xil omillar qadrlanmaydigan yana bir sohadir. Soliq
to’lovchi o’z shaxsiy daromadlarini ko’paytirish harakat qiladilar bu esa soliq
organi uchun yuqordagi maqsadga shunga erishish uchun ketadigan xarajatlarni
yechishga ya’ni minimallashtirishga harakat qiladilar. Shunday bo’lsada bu soliq
turning maqsadiga bog’liqdir. Masalan, agar soliq maqsadi aynan bir turdagi xulq
atvorni yoki faoliyatni oldini olish bo’lsa, unda soliq
organi maqsadga erishish
uchun yuqoriroq soliq stavkalarini belgilaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: