5-mavzu: Soliq siyosati va uning asosiy yo’nalishlari
Reja:
1.
Soliq siyosati, boshqaruvi va muvofiqligi.
2.
O’zbekiston Respublikasi soliq siyosati va uning huquqiy asoslari.
3.
Iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida soliq siyosatini ishlab chiqish va
uni amalga oshirishda davlatning roli.
4.
O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatining xususiyatlari va yo‘nalishlari.
1.Soliq siyosati, boshqaruvi va muvofiqligi.
Bu mavzuda hukumat nuqtai nazaridan soliq siyosati, uni boshqaruvi,
muvofiqligi va soliq solishning ichki o’zaro bog’langan xususiyatlarini ko’rib
chiqadi. Har qanday hukumat o’z fuqarolarini o’rnatilgan qonun-qoidalar va
normalar bo’yicha soliq to’lashlarini
hohlaydi, lekin bir qator qiyinchiliklar bu
ishni yuqori darajada amalga oshirga yo’l qo’ymaydi.
Simon James o’zining “Dictionary of Taxation” kitobida soliq siyosatini
“hukumatning soliq tizimiga yondashuvi” sifatida ta’riflaydi. Rivojlangan
mamlakatlarda soliq tizimidagi muammolardan biri bu ularning ko’p yillardan beri
hali hanuz mavjud ekanligi va o’tmishda qabul qilingan bir qator dasturlardan
qolgan meros shu bilan birga bu muammolarning ichki kanallar bilan o’zaro
bog’langanligi ularning qo’rqinchli darajada murakkablashtirgan
1
.
AQSh g’aznachiligi sobiq sekretari (William E. Simon) xulosa qilishicha:
“Millat xuddi biron kishi tomonidan aynan biror bir maqsad uchun yaratilgan
soliq tizimiga ega bo’lishi kerak”. Kam miqdordagi
davlatlar aynan bir maqsad
uchun yaratilgan soliq tizimiga egalik qiladi. Buyuk Britaniya soliq tizimini eng
oxirgi ko’zdan kechirgan “the Mirrless Review” tahlilida, alg’ov-dalg’ov soliq
stavkalari va soliq bazasini o’rnatishdagi mantiqiy bog’liqlikning kamchiliklari va
turli xildagi iqtisodiy faoliyatlar bo’ylab arbitrajlik diskriminatsiyalari Buyuk
Britaniya soliq tizimini dunyodagi eng murakkab soliq tizimi deb aytilishiga sabab
bo’ldi. The Mirrless review Adam Smitning to’rt qonunini ko’rib
chiqishi
bo’yicha Near universal qo’llab quvvatlashga yaqin lekin ular bir maqsad bilan
ikkinchi maqsadni muvozanatda saqlash jarayonida yuzaga keladigan haqiqiy
savollarni yechishga yordam bermaydi. Ikkita qarama qarshi tomonlarni
muvozanatga keltirish bo’yicha vaziyatlar sodir bo’lib turadi chunki soliq siyosati
bir vaqtning o’zida ikki va undan ortiq ortiq maqsadlar talablariga to’g’ri kelishi
1
Advanced Taxation (UK), BPP Learning Media Ltd BPP House, Aldine Place 142–144 Uxbridge Road London
W12 8AA, 2014
kerak. Bu esa soliq siyosatini shakllantirishning juda murakkablashtiradi va tez tez
huquqiy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muhitni va
noiqtisodiy omillar hisobga
olgan holda davlat xarajatlarini bir vaqtda o’zgarishiga olib keladi.
Kengroq va ko’p o’lchovli raqobatlshuvchi omillar hamisha ham yetarli
darajada qadrlanmagan natijasida soliq siyosatiga juda sayoz ravishda e’tibor
berilishi bilan tugaydi.
Soliq siyosati (va reformi) yaratish bo’yicha katta miqdordagi tadqiqotlar
amalga oshirilishi natijasida ikkita asosiy savol (predmet) ayon bo’ldi. Birinchisi
rejalashtirilmagan noqulay natijalar va ikkinchisi ikkita biri-biriga qarama-qarshi
bo’lgan tomonlarni muvozanatda saqlash.
James va Edward shunda deb izohlaydi:
Iqtisodiyot tizimidagi noqatiyliklar (o’zgaruvchanliklar) biri biriga shunchalik
ta’sir qilishi natijasida to’g’ridan-to’g’ri dastlabki o’zgarishlarga bog’liq
bo’lmagan boshqa o’zgarishlarga ham ta’sir qiladi. Cheklangan tahlillar ilgaridan
rejalashtirilgan yaxshilanishlarga erishish bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlarni
oldindan aytib berishga qodir bo’lmasligi mumkin.
Bu esa iqtisodiy ijobiy o’zgarishga erishish uchun ishlab chiqilgan islohot
amalda ahvolni bundanda yomonlashtirishga olib keladi.
Masalan: tasavvur qilamiz shtat ichimlik ishlab chiqarishda
ishlab chiqarish
jarayoni uchun soliq soladi, ya’ni hamma sotib olishi shart (aytaylik, chunki
ichimlik suvini ichish xavfli), lekin bu ishlab chiqarish jarayoni ko’plab zaharli
moddalar yaratadi. Bu soliq suvning umumiy narxining oshishiga, qimmatlashishi
sababli odamlarga ta’sir qilib ularning aslida iflos
suv ichishiga olib kelishi
mumkin.
Bu esa shtatning sog’liqni saqlash va tibbiy xizmat ko’rsatish sohasi
zimmasiga ortiqcha og’irlik yuklaydi va odamlaga ishlaridan voz kechib
o’zlarining sog’liqlarini tiklab olishiga vaqt kerak bo’lishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish oqibatida yuzaga kelgan zarar, ishlab chiqarish faoliyatidan
undirilgan soliqdan kelgan foydaga nisbatan iqtisodiyotga ko’proq ta’sir
qilib va
unga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
To’g’ri soliq undirish ya’ni optimal soliq undirish g’oyasi,iqtisodiy
samaradorlik va mol-mulkka nisbatan haqqoniylik ildizlari bilan o’zaro boglangan.
Lekin muvozanat shu yerda zarbaga uchraydi ya’ni iqtisodiy samarodor bo’lish
soliq to’lovchiga nisbatan nohaqlik bo’lishi mumkin(yoki teskarisi) va shunday
qilib, bu ikki g’oya o’rtasida qarama-qarshilik mavjud.
The Mirrless review The Mirrlees sinovi shunday deydi:
Soliq tizimi maqsadlarini shakllantirish yo’llari:
-
Soliq tizimi ijtimoiy soha va iqtisodiy sohalaridagi samaradorligiga salbiy
ta’sirlarini minimallashtirish;
-
Boshqaruv va muvofiq kelish xarajatlari- hamma narsa teng bo’lishi , tizim
boshqaruvi esa kamroq xarajat talab qilishi maqsadg muvofiq;
-
Taqsimlashdagi naf foydadan ko’ra haqqoniy bo’lishi ustun bo’lishi
masalan: jarayonning haqqoniyligi, diskriminatsiyadan chetda bo’lishi, va
amaldagi qonunga nisbatan haqqoniylik ;
-
Shaffoflik- odamlar tushuna olishi mumkin bo’lgan soliq tizimi.
Oddiy, betaraf and barqaror soliq tizimi yuqorida keltirib o’tilgan natijalarga
erishishi
ehtimoli murakkab , betaraf va tez-tez o’zgarib turadigan soliq tizimiga
nisbatan ko’proqdir. Lekin oddiylik, beteraflilik va barqarorliklarga talab juda
kattadir chunki yuqorida keltirilgan yakuniy natijalarga erishishni osonlashtiradi
2
.
Shu bilan birga The Mirrless Review ”yaxshi soliq siyosati”
ning talab
qilingan xarakteristikasini o’rnatdi.