83
Май 2021 10-қисм
Тошкент
O‘QISH DARSLARIDA VATANPARVARLIK MAVZUSIDAGI MATNLAR BILAN
ISHLASH
Isaqova Muattarxon Mamurjon qizi
Qo‘qon shahar 36- maktabining
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
e-mail:isaqovamuattar@gmail.com
Annotatsiya:
maqolada boshlang‘ich ta’lim o‘qish darslarida
vatanparvarlik mavzusidagi
matnlar ustida ishlash va uning yo‘llari xususida fikr-mulohazalar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
matnlar, mazu, milliy g‘urur, ma’rifat, vatanparvarlik
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslari yuqori sinflardagi adabiyot darslarining tarkibiy qismi bo‘lib,
uni o‘qitishdan maqsad o‘quvchilarimizga tariximizni, o‘tmishimizni o‘rgatish, tabiatni asrash,
qadrlash tushunchalarini shakllantirish orqali ona –Zamin va vatanga muhabbat his-tuyg‘ularini
uyg‘otishdir. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslari uchun mo‘ljllangan “O‘qish” kitobi darsligida turli
ilmiy-ommabop
maqolalar, adabiy asarlar berilgan bo‘lib, ular mazmun mohiyatiga ko‘ra kat-
ta-katta bo‘limlarga ajratilgan. Har bir yirik bo‘lim o‘z ichiga janriy jihatdan har xil, g‘oyaviy
mushtarak bo‘lgan adabiy matnlarni qamrab oladi. Masalan 1-4-sinf darsligidagi vatanni madh
etuvchi, kichik yoshdagi o‘quvchi shaxsida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantiruvchi “O‘zbekis-
ton – vatanim mening”, “Biz – buyuklar avlodi”, “Ona yurtim- oltin beshigim”, “Ona bitta – vatan
yagona”, “Istiqlolim - istiqbolim”, “Ulug‘lardan o‘rganmoq – oqillik” kabi bo‘limlar berilgan
bo‘lib, bo‘lim ona vatan, uning boyliklari, Vatanimiz tarixi, buguni va kelajagi, yurt oldidagi far-
zandlar burchi kabilarni yoritib bergan asarlarni o‘z ichiga oladi.
Bu bo‘limlardagi adabiy matnlar Vatan tushunchasini kichik maktab yoshidagi bolada paydo
qilish, unda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, o‘z ona yurti bilan faxrlanishi, tug‘ilib o‘sgan
joyi
Vatani ekanligini tushuntirish, iftixor tuyg‘usini shakllantirish, o‘tmishi,
tarixini bilish,
ajdodlari ularning Vatan uchun qilgan mardonavor harakatlarini o‘rgatadi.
1-sinf “O‘qish kitobi”ga kiritilgan Vatanni madh etuvchi va o‘quvchilarda ilk vatanparvarlik
xislatlarini shakllantiruvchi asarlar she’r va kichik matnlar shaklida kiritilgan. Berilgan adabiy
matndan so‘ng topishmoq va mavzuni to‘ldirishga, yoritishga xizmat qiluvchi maqol hamda
o`gitlar berilgan.
Darslik boshida epigraf tarzida berilgan yurtboshimizning “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra
kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart” degan gaplari endigina savoddan chiqqan
o‘quvchi qalbida ona-Vatan oldidagi burchini anglashga va yaxshi o‘qib
davlatimiz rahbarini,
ishonchini oqlashga undaydi va shu bilan birga uni butun bir mamlakat ishonch va yuksak orzular
bilan kutayotganini his qilgan holda, jamiyat uchun naf keltiradigan o‘z bilimi va qudrati bilan
davlatimizni jahon mamlakatlari sirasida nufuzini yanada oshirishga da`vat etadi
2-sinf “O‘qish kitobi” dagi “Ona yurtim – oltin beshigim” bo‘limi 1-sinfdagi “O‘zbekiston
– mening Vatanim” bo‘limini davomisi sifatida o‘qitiladi. Bu bo‘limda o‘n beshta adabiy matn:
she’r, hikoya, qissa, kichik ilmiy-ommabop matn bo‘lib, ularni o‘rganish va o‘qitish janrlarini
o‘qitish metodikasi asosida amalga oshiriladi.
3-sinf “O‘qish kitobi” darsligida vatanparvarlik ruhidagi matnlar “Ona bitta – Vatan yagona”,
“O‘tmishdan o‘rganish burchimiz”, “Vatan posbonlari” bo`limlariga kiritilgan bo‘lib,
ularni
o‘qitishni to‘g‘ri amalga oshirish kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda vatanparvarlik xislatini
shakllantirish, milliy iftixor, g‘urur tuyg‘usini uyg‘otish, yashayotgan ona zaminini oltinga teng
boyliklarini qadrlash, boy tarixi, yengilmas va dono ajdodlarini bilish orqali o‘zligini anglash kabi
muhim masalalarni yaxshi natija bilan hal qilishligiga olib keladi.
Darslikdagi Vatan, vatanparvarlik ruhidagi adabiy matnlar ilmiy-ommabop asarlar, she’rlar,
hikoya janridagi asarlar orqali yoritilgan. Bu mavzudagi ilmiy-ommabop asarlar o‘quvchilarning
tarixiy voqealar va sanalar haqidagi, o‘tmishimiz va hozirgi taraqqiyotimiz haqidagi tushunchalarini
boyitadi. Bu jihatdan ular shaxs tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi.
4-sinflarda adabiy matnlarni o‘qitish boshlang‘ich ta’limning quyi bosqichlari –
1-,2-,3-sinflardagiga nisbatan yengilroq bo‘lib, unda yangi pedagogik texnologiyalarni bemalol
qo`llash imkon juda katta bo‘ladi. Chunki bolada 4-sinfga kelib
Vatan haqidagi tasavvur
shakllangan, Ma`lum darajada bilim, ko‘nikma va malakalarga ega. Vatanparvarlik tuyg‘usini his