Adabiyotlar:
1. Qo`chqorov A., Ismailov Sh. Mantiqiy masalalar/ Toshkent, 2008 y.
2. Yunusova D.I. Ta’lim texnologiyalari asosida matematik ta’limni tashkil etish. T.,
“Universitet”, 2005.
64
Май 2021 10-қисм
Тошкент
MEN TANLAGAN YO’L
Ashrapova Nigora Olimovna
Buxoro tuman 26- maktab psixologi
+998 91 446 49 41
Annotatsiya:
ushbu maqolada yuqori sinf o’quvchilarini keyingi ta’limga va kasb- hunarga
yo’naltirish doirasidagi fikrlarini inobatga olingan holda ularni keyingi xayotga tayyorlash
borasidagi fikrlar bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
yo’l, ta’lim, kasb-hunar, yuqori sinf, shaxs, bola tarbiyasi
Zamon shiddat bilan odimlab borar ekan, davr talabi ham shunga yarasha rivojlanib, malakali,
zamonga mos, bilimli, kasb-hunarli yoshlarni talab etadi. Zamonaviy ta’lim jarayoni esa kelajakka
kerakli kadrlarni yetishtirib berishdan iboratdir. Xususan, bu jarayon maktab jarayonidan
boshlanishi, uzliksiz tizimning orasida to’siqlar bo’lishini bartaraf etadi. Bugungi kunda maktab
o’quvchilari, asosan, yuqori sinf o’quvchilarining keying ta’limga, kasb-korga yo’naltirish ishlari
jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Bitiruvchi sinflar kesimida har bir o’quvchi bilan individual
ishlash orqali har o’quvchining qiziqishi, bilim salohiyati o’rganib chiqilgan. Masalan, har bir
bolaning yoshga xos farqli belgilari bo’lgani kabi, ya’ni yosh xususiyatidan tashqari, individual
iqtidorlari ham mavjud. Har bir bolada shaxsiy ko’nikma yoki iqtidor bo’ladi, faqat uning yuzga
chiqarish zarur. Dunyoning taniqli psixologi Z.Freyd aytganidek: “Har bir shaxsni alohida
o’rganish kerak, chunki u shunchaki shaxs emas, o’zgacha iqtidorlar majmuyidir”.
Maktabning yuqori sinf o’quvchilari orasida “Men kim bo’lmoqchiman?” mavzusida insholar
tanlovi, “O’zbekistonga qanday kadr kerak?” mavzusida ijtimoiy so’rovnomalar o’tkazish orqali
har bir bolaning qiziqishi, imkoniyatlari o’rganilib chiqiladi. So’rovnomalar natijasi doim ham
yaxshi chiqamasligi yoki hamma o’quvchining ham javobi qoniqarli bo’lmasligi, o’quvchining
shaxsiy fikri bo’lmasligi kabi holat ham kuzatiladi. Bunday holatlarda maktab psixologi va sinf
rahbari tomonidan shu kabi o’quvchilarning yashirin iqtodorlarini aniqlash zarur. Buning uchun
turli xil tanlovlar, oliy ta’lim muassasalariga “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri doirasida borilib,
bolaning qiziqishlarini inobatga olish zarur.
O’quvchilani bilimga, kasb-korga yo’naltirishning eng samarali yo’llaridan biri bu shu yo’ldan
borib yutuqlarga erishgan shaxslar bilan uchrashtirish, ularni o’rnak sifatida tanitishdan iboratdir.
O’quvchining kasb va ilga layoqatini yuqori sinflarga borib sezish mumkin, sababi bola kichik
maktab yoshida turli kasb egasi bo’lishni (ba’zan ehtiyoj yo’q bo’lgan kasblarni) istaydi. Yuqori
maktab yoshiga yetganda esa o’quvchida tashqi ola bilan bevosita aloqaning mustahkamlanganligi
uning endi kelajakda qanday kasb egasi bo’lishini o’zi belgilaydigan, atrofni idrok qila oladign
bo’ladi.
Hozirda har bir maktablarda hatto ta’til kunlarida ha o’quvchilarni bo’sh qoldirmaslik, ularning
vaqtini serazmun o’tkazish borasida har bir maktabsa say-harakatlar olib borilmoqda. Xususan, fanlar
kesimida fan to’garaklari, (OTmga tayyorgarlik nuqtayi nazaridan majburiy fanlar bilan ishlash
alohida yo’lga qo’yilgan), kurslar (chet tili, IT), kasb-hunarga yo’naltiruvchi turli mashg’ulotlar
(masalan, rassomchilik, o’ymakorlik) kabi yo’nalishlarda ish olib borilmoqda. Birgina IT sohasida
tashkil etilgan kurslarnig doirasida o’quvchilarga uyda o’tirib, turli dasturlar yaratish orqali qiyin
ishlarning yengillatish usullari o’rgatiladi. Bu xil kurslarga hozirda o’quvchilarning qiziqishi
katta. Maktab o’quvchilari uchun “Ijtimoiy loyihalar” miqyosida turli tanlov-tendirlarning tashkil
etilishi hm ularning kasbiy faoliyatining boshlang’ich nuqtasi sanaladi.
O’quvchilarni har qanday kasb yoki ilmg yo’naltishda kitobning o’rni salmoqlidir. Avvalo,
qiziqish, harakat kasb va bilimga yo’naltirishning eng ujstuvor vazifasidir.agar bola o’qimas ekan
uning hayotida hech qanday ijobiy yutuqlar, o’zgarishlar bo’lmaydi. Respublikamizda 30 yoshgacha
bo’lgan yoshlarni qamrab olgan (asosiy, e’tibor maktab yoshidagilar uchun) loyihalarning eng
kattasi Yoshlar Ittifoqining tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yosh kitobxon” teletanlovi hisoblanadi.
Mazkur tanlovning tashkil etilishi har bir o’quvchini ilmga, xususan, badiiy asarga qiziqishini
orttirdi. Shuni ta’kidlash joizki, shaxsiy fikri bo’lmagan, kitob o’qimagan boladan ertaga yetuk
kadr chiqishi dargumon. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganidek: “Bugun televizor
ko’rayotgan o’nta bolani ertaga kitob o’qigan bitta bola boshqaradi!”
Bugungi kunda yoshlarga qaratilgan davlat siyosatining barchasi yoshlarni yetuk bilim vakili,
65
Do'stlaringiz bilan baham: |