Май 2021 10-қисм
Тошкент
JISMONIY TARBIYA VA SPORT - UMUMIY MADANIYATNING BIR QISMI
Юсупова Саодат Тургуналиевна,
Бухоро шахар Олимпия ва миллий спорт турлари
бўйича давлат ихтисослаштирилган
мактаб интернати ўқитувчиси.
+99890 299 78 94
Аннотация:
Jismoniy tarbiya va sport o’z navbatida umumiy madaniyatning bir qismi
hisoblanib, sog’lom avlodning har tomonlama shakllanishidagi eng asosiy omillardan biri
hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya va sport pedagogik jarayon bo`lib, u keng qamrovli ta’lim-tarbiya,
sog‘lomlashtirish, yuqori natijalarga erishish va mehnatga tayyorlash kabi muhim jarayonlar o‘z
ichiga oladi. Barchamizga ma`lumki, tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy
tajriba asosida shaxsni har tomonlama o`stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib
toptirish jarayonidir.
Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo`lida har tomonlama
voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo`naltirilgan faoliyat
jarayonidir. Insonni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlash
va himoya qilish, sog`lom turmush tarzi asoslarini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning
o`rni beqiyosdir. O`sib kelayotgan yosh avlodda faol hayotiy pozitsiya, axloqiylik, ezgulik va
insoniylik tamoillarini tarbiyalash jarayonida jismoniy tarbiyaning asosiy tushunchalari va
vositalaridan foydalanish asosiy ustuvor omillardan biri bo`lishi kerak[1].
Rivojlangan demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining ustuvor yo`nalishlariga mos ravishda
yangi ijtimoiy ongni shakllantirish ikkita asosiy omillar ta’siri ostida amalga oshadi: to`g`ridan-
to`g`ri ijtimoiy amaliyot va maqsadli ta’lim-tarbiya jarayoni orqali. Har bir inson faqatgina ta’lim
tizimi orqali, ijtimoiy tarbiya va rivojlanish, kasbiy layoqatlarni egallash orqali shaxs bo`lib
shakllanadi.
Qachonki inson jamoaviy vazifalarni bajarish layoqatlarni egallaganda, ijtimoiy rollarni
o`zlashtira boshlaganda, o`zining maqsadi va javobgarligini ijodiy anglab yetganda, jamiyatning
boshqa a’zolari bilan mustaqil ravishda munosabatga kirisha boshlaganda shaxsning ijtimoiylashuvi
ro`y beradi. Barchaga ma’lumki, ma’naviy va axloqiy boy, jismoniy sog`lom bo`lmagan insonsiz
iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohalarda rivojlanish, o`sish bo`lmaydi[2].
Shu bois, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017 yil 31
oktabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy
sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan
mustahkamlash hamda zamonaviy sport inshootlarini barpo etish masalalariga bag‘ishlangan
yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, sport
sohasi uchun malakali kadrlar va murabbiylar tayyorlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sohadagi yana bir muhim hujjat bo‘ldi.
Ushbu qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada
rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Dasturda 2017- 2021 yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy
sportni yanada rivojlantirish uchun 995,2 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanishi, sport
maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 167 ta sport inshooti, jumladan,
90 ta sport majmuasi va 77 ta suzish havzasini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash,
jihozlash va qayta jihozlash nazarda tutilgan. Jismoniy tarbiya jarayonida shaxsni shakllanishidagi
erishgan yutuqlari qanchalik jismoniy tarbiyaning maxsus vazifalarini muvaffaqiyatli amalga
oshirilganligiga ko`ra aniqlanadi. Bunday yondashuv maktabgacha ta`lim muassasalarining
jismoniy tarbiya fani bo`yicha tarbiyachilar, o`rta maxsus ta`lim muassasalarining jismoniy
tarbiya bo`yicha o`qituvchi va guruh rahbarlari, kasbhunar kollejlari va akademik litseylarning
o`qituvchilari hamda oliy ta’lim muassasalarining o`qituvchilari ega bo`lishi kerak[2].
Aholining barcha qatlamlarida jismoniy tarbiya va sport orqali axloqiy me`zonlar, irodani
rivojlantiruvchi sifatlar: matonat, qat`iyatlik, jasurlik, og`ir-vazminlik, o`zini tuta bilish
ko`nikmalari shakllanib boradi. Jismoniy mashqlar va sport mashg`ulotlari asosan jamoada
198
Do'stlaringiz bilan baham: |