“Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интеллектуал салоҳиятли ёшлар
мамалакат тараққиётининг муҳим омили” конференция материаллари.
163
ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit yaratish bilan bog’liq. Bu o’z
navbatida quyidagi masalalar yechimini talab qiladi:
1.Innovatsion faoliyatni amalga oshiradigan malakali kadrlarni tanlash va
tayyorlash.
2.Zarur labaratoriya jihozlarini tanlash, agar ular mavjud bo’lmasa, vjudga
keltirish.
3.Innovatsion faoliyat natijasida yaratilayotgan yangi mahsulotga xom-
oshyoni tanlash yoki uni yangitdan yaratish.
Ushbu jaroyonga sarflanadigan xarajatlar mazmun- mohiyati jihatidan juda
murakkab, chunki kadrlarni tanlash va tayyorlash uchun sarflangan xarajatlar
hozirda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa operatsion xarajatlar sifatida
hisobga olinadi.
Xarajat moddalarini belgilash, sarflanayotgan xarajatlarni aniq hisobga olish va
nazorat qilish uchun yetarli ma’lumotlarni yig’ish imkoniyatini beradi. Bu o’z
navbatida innovatsion faoliyat uchun sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan asosiy
vositalar boshlang’ich qiymatining ob;ektiv shakillanishini ta;minlaydi, Shuningdek ,
hozir amalda bo’lgan soliq kodeksiga muvofiq ushbu xarajatlar soliqqa tortiladigan
foyda summasini ham ko’paytiradi. Bu jaroyonlar uzluksuz bo’lib, sub’ekt
faoliyatning tarkibiy qismiga aylanib ketadi.
Shundayn qlib , innovatsion faoliyatni tashkil qilish va boshqarish xarajatlari
hisobini yuritish bo’yicha berilgan tavsiyalar buxgalteriya hisobining ma’lum berish
va nazorat qilish vazifafalari mukammal bajarilishini ta’minlaydi.
Xalqaro bozorga chiqish uchun, mavjud buxgalteriya hisobi va hisobotini
hamda auditni imkon qadar xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga yaqinlashtirish
kerak.
Haqiqatdan ham bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
faoliyati moliyaviy natijalarining ahamiyati benihoya kattadir. Ushbu ko’rsatkich
korxonalarning moliyaviy holati, ularning barqarorligini ifoda etadi.
Iqtisodiyotni, shu jumladan uni boshqarish vositalardan biri bo’lgan buxgalteriya
hisobini isloh qilish, moliyaviy natijalar hisob tizimiga tubdan o’zgarishlar
kiritdi.Xo’jalik sub’ekti moliyaviy xo’jalik faoliyatida xarajatlarning haqqoniyligi,
hisobotlarda to’liq aks ettirilganligi, ularni bosh kitob va jurnal orderlari, hisob
registirlari , birlamchi hujjatlardagi ma’lumotlarga mosligi.
Xarajatlar tarkibi o’zgarishi, korxona tarkibiy tuzilmalari bo’yicha ishlab
chiqarish va xizmat ko’rsatish hajmiga mos holda xarajatlar ( tannarx,davr
xarajatlarui- sotish xarajatlari, boshqa xarajatlar) nisbiy o’zgarishi tahlil, xarajatlar
o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilishni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |