hosil bo’lgan protonlar gidroliz reaksiyasini tezlashtiradi.
Avtokatalitik reaksiyalarning xarakterli xususiyati shundan iboratki, ular
katalizatorning konsentratsiyasini o’zgaruvchan oshishi sharoitida beradi. Shu sababli
Avtokatalitik reaksiyaning tezligi boshlangich davrda oshib boradi, o’zaro ta'sir etuvchi
rengenlarning konsentratsiyasi kamaygach reaksiya tezligi syokinlashadi.
Biologik sistemalarda kataliz juda katta rol o’ynaydi. Ovqat xazm qilish
sistemasida, qonda odam va xayvonlarning xujayralarida boradigan ko’pgina
kimyoviy
reaksiyalar katalitik reaksiyalar hisoblanadi. Bu yerda ishtirok etadigan katalizatorlar ularni
fermentlar deb yuritiladi. Ular oddiy yoki murakkab oksillardan iborat. Oshqozon
suyuqligida bo’ladigan pelsin esa oksillarni parchalanishini tezlashtiradi.
Odam organizmida 30000 ga yaqin turli-tuman fermentlar bo’lib ulardan har biri
o’ziga xos reaksiyalar uchun katalizatorlik vazifasini bajaradi. Fermentativ reaksiyalar
katalitik reaksiyalarning umumiy qonuniyatlariga bo’ysunadi. Shu bilan bir qatorda
biologik katalizatorlar bilan fermentativ reaksiyalarning
anorganik katalizdan farq
qiladigan tomonlari ham bor. (bu haqida biokimyo kursida bilib olasiz!)
Reaksiyaning aktivlanish energiyasi. Kimyoviy reaksiya sodir bo’lishi uchun
zarrachalar o’zaro to’qnashishi kerak. Molekulyar kinetik nazariyaga muvofiq, molekulalar
orasida bo’ladigan to’qnashishlar soni absolyut haroratning kvodrad ildiziga to’g’ri
proprosionaldir.Shuning uchun 10gr da boradigan reaksiyani 20 gr da o’tkazilsa, tezlik
taxminan 2% ga ortishi kerak edi. Ammo reaksiya tezligi haroratning ko’tarilishi bilan juda
tez ortadi; harorat 10 gr ko’tarilganda tezlik 100-200 % ortadi. Undan tashqari, ba’zi
moddalar odatdagi haroratda uzoq vaqt aralash holda bo’lsa ham,
ular orasida kimyoviy
reaksiya sodir bo’lmaydi. lekin aralashma qizdirilsa, reaksiya ancha tez boradi. Demak, turli
reaksiyalarni tezligi turlicha bo’ladi.
Agar molekulalar orasidagi bo’ladigan har qaysi to’qnashish natijasida kimyoviy
reaksiya borsa, reaksiyalar juda tez sodir bo’lishi kerak edi. Bularning hammasini etiborga
olib, massalar ta’siri qonuniga qo’shimcha sifatida, aktivlanish nazariyasi deb ataladigan
nazariya kiritildi.Bu nazariyaga binoan molekulalar orasida bo’ladigan barcha to’qnashuvlar
natijasida kimyoviy reaksiya vujudga kelevermaydii faqat ortiqcha energiyaga ega bo’lgan
aktiv molekulalar orasidagi to’qnashuvlar reaksiyani vujudga keltiradi.
Bu nazariya`ni D.V. Alekseev, S.Arrenius va boshqa olimlar rivojlantirdilar. Demak,
har qaysi to’qnashuv natijasida
reaksiya boravermaydi, faqat aktiv molekulalar orasidagi
to’qnashuvlar natijasida reaksiya sodir bo’ladi. Chunki ikki zarracha o’zaro to’qnashganda
kimyoviiiy reaksiya ro’y berishi uchun bu zarrachalar orasidagi masofa elektron bulutlar bir
birini qoplaydigan darajada kichik bo’lishi kerak, shu vaqtdagina elektornlarning bir
moddadan ikkinchi o’tishi yoki qayta guruhlanishi va natijada yangi moddalar hosil bo’lishi
mumkin. Lekin zarrachalar bir biriga bu qadar yaqin masofaga kelishiga ikkala zarrachadagi
elektron pog’onalarining o’zaro itarilish kuchlari xalaqit beradi. Bu itarilish kuchlarini katta
energiyaga ega bo’lgan aktiv zarrachalargina yenga oladi.
Passiv zarrachalarni aktiv holatga o’tkazish uchun energiya talab qilinadi.
"Passiv zarrachalarni aktiv holatga o’tkazish uchun ularga berilishi zarur bo’lgan
qo’shimcha energiya ayni reaksiyani aktivlanish energiyasi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: