Меҳнат таълими фанидан 5-7 синфлар учун ёғочларга ишлов бериш



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/26
Sana26.02.2022
Hajmi1,17 Mb.
#470583
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
mehnat talimi darslarida yogochlarga ishlov berishda qolda va dastgohlarda bajariladigan ishlarni organish metodikasi

 
Zakrov randa 
yordamida oyna solinadigan buyum qismlariga zakrov ochiladi. 
Uning tig‘i kundaga to‘g‘ri yoki burchak hosil qilib o‘rnatiladi. Shunga mos ravishda 
uning tig‘lari to‘g‘ri yoki qiyshiq burchakli bo‘ladi. 
To‘g‘ri tig‘lisiga nisbatan qiyshiq tig‘li zakrov randa bilan randalash oson va 
sirt silliq chiqadi. Ba’zan zakrov ochishda yog‘och tolalarining o‘sish yo‘nalishiga 
teskari randalashga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda to‘g‘ri tig‘li randa ishlatish qiyin 
bo‘ladi va sirt silliq chiqmaydi. 
Zakrov randa bilan hamma vaqt kesim yuzi 1 sm
2
bo‘lgan zakrov ochiladi. 
Zakrov randaning yon va ustki (yo‘naltirovchi va cheklovchi) to‘sqichlari bo‘lib, ular 
tig‘ning taxtaga yon va ustki tomonidan 1 sm dan ortiq botishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Kesimi 1 sm
2
bo‘lgan zakrov zakrov ochilishini ta’minlash uchun randalash payraxa 
chiqmay qolguncha davom ettiriladi. Aks holda qismlarni yig‘ishda ulardagizakrovlar 
bir-biriga mos kelmasdan (bir tekislikda yotmasdan) buyum sifatining buzilishiga, 
oynalarningbir tekis jips yotmasligiga sabab bo‘ladi. 
Chok randa. 
Taxta materiallardan pol, g‘ov, darvoza, rovvot kabilar 
tayyorlarshda, ularning qurishi natijasida tirqish ochilib qolmasligini ta’minlash 
uchun choklab biriktiriladi. Bu maqsadda chok randadan foydalaniladi. 


38 
Chok randa zakrovrandaga o‘xshash to‘g‘ri va qiyshiq tig‘li bo‘lib, tig‘ining 
eni 30 mm gacha bo‘ladi. Bu randaning yo‘naltiruvchi va cheklovchi to‘sqichlari 
yo‘q. Uni taxta bo‘ylab to‘g‘ri yurgizish qiyin. Shuning uchun chok randa konish 
randadan so‘ng chok ochish va sirtlarni tozalash maqsadida ishlatiladi. Ayrimhollarda 
taxtaning chetiga chok o‘lchamiga moslab parallel holda yo‘naltiruvchi-cheklagich 
chaspak mixlab qo‘yibrandalanadi. Bu narsa chok randani to‘g‘ri yurgizish imkonini 
beradi. Ba’zan chok randa kundasining o‘ng va chap tomonlariga ochiladigan 
chokning o‘lchamiga moslab yo‘naltiruvchi-cheklagich chaspak mixlab olinadi. U 
xilda moslangan randa yordamida taxta chetlarinigina randalash mumkin, o‘rtadan 
“suv” ochish mumkin bo‘lmaydi. 
Taxtalarni choklab biriktirishda chokning chuqurligi hamma vaqt taxta 
qalinligining yarmiga teng qilib olinadi. Shuning uchun kundaning o‘ng tomoniga 
mixlanadigan ustki cheklagich shu o‘lchamga moslab o‘rnatiladi. 
Chok randaning tig‘i kundadan enlik bo‘ladi. Tig‘ning kundadan ensiz bo‘lsa, 
u bilan chuqur randalab bo‘lmaydi. 
Konish randa 
reyka, brusok, kesaki kabilarda konish (faner, eshik dilalari 
tushadigan “suv”) ochishda ishlatiladi. 
Konish randa kundasiga vintlar o‘rnatilib, unga yo‘naltiruvchi taxtacha 
kiydiriladi. Randani ishga sozlashda taxtacha bilan kundani bir-biriga parallel 
o‘rnatib, ular orasidagi o‘lcham gayka va kontragaykalarni surish yo‘li bilan 
sozlanadi. Olingan konishning enlik va ensiz bo‘lishiga qarab (har xil qalinlikdagi 
faner va dilalarga moslab) randaga enlik yoki ensiz tig‘lar o‘rnatiladi. 
Konish randani o‘lchamga sozlashda konishni taxtaning qoladigan qismidan 
ochilib qolmasligiga e’tibor beriladi. Shuning uchun hisoblash yo‘naltiruvchi 
taxtachadan tig‘gacha yuritilib, bunda tig‘ning eni ham hisobga olinadi. 
Ba’zan ensiz tig‘lar yordamida keng konish ochishga to‘g‘ri keladi. Bunday 
hollarda bir qator “suv” ochilgandan so‘ng uni kengaytirib, randalash uchun 
yo‘naltiruvchitaxtacha bilan tig‘ni bir-biriga yaqinlashtirib boriladi. Ular bir-biridan 
uzoqlashtirilsa, to‘g‘ri va tekis randalash qiyin bo‘ladi. 


39 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish