1. Plastmassali detallar turlari va tuzilishi. Plastmassa detallarni biriktirish usullari



Download 252,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana26.02.2022
Hajmi252,97 Kb.
#469508
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-modul. 2-mavzu Plastmassa

Organik shisha 
(polimetilmetakrilat) shaffof, mustahkam, yorug‗likka chidamli yengil konstruksion 
polimer material. 
Organik shisha uzunligi 1350 mm gacha, eni 1250 mm gacha va qalinligi 2-2,3 mm listlar sifatida ishlab 
chiqariladi. U shaffof to‗siqlar, pardevorlar, jamoat va sanoat binolarining ustki yorug‗lik fonarlari qurilishida 
ishlatiladi. 
Polimerbetonlar
kompozitsion material bo‗lib, polimer bog‗lovchi, kukun, mayda va yirik to‗ldirgichlar, 
qoturuvchi va turli modifikatorlar aralashmasi qotishidan hosil bo‗ladi. 
Bog‗lovchi sifati asosan termoreaktiv polimerlar- fenolformaldegidlar, epoksidlar, poliefirlar, furanlar, 
karbamid-formaldegidlar ishlatiladi. Termoplastlardan metilmetakrilatlar, stirol polimeri va boshqalar 
polimerbetonlar uchun bog‗lovchi sifatida qo‗llanilishi mumkin. To‗ldirgichlar polimerbetonlarning ishlatilish 
muhitiga qarab tanlanadi. Polimerbeton kislotali muhitda ishlatilishi mo‗ljallangan bo‗lsa kislotaga chidamli 
to‗ldirgichlar-kvars, bazalt, granit qumi va kvarsit chaqiq toshi, kislotaga chidamli g‗ishtning maydasi va sh.k. 
ishlatiladi. Aksincha, ishqoriy muhitda qotadigan atseton-formaldegid polimeri va epoksid smolasi tarkibiga kalsit, 
dolomit va boshqa ishqoriy toshlar asosida olingan to‗ldirgichlarni kiritish mumkin. Polimerbetonlar optimal 
strukturasi hosil bo‗lishida kukun to‗ldirgichlarning tarkibi, xossalari katta ahamiyatga ega. Kukun to‗ldirgich 
sifatida andezit, diabaz, kvars, koks, shamot, antratsit, marshalit, shlak, kullar, fosfogips va boshqalar ishlatiladi. 
Fenol-formaldegid, karbamid-formaldegid smolalari asosidagi polimerbetonlar tannarxi arzon va keng 
tarqalgan. Bu polimerbetonlar kislotali qotiruvchi ishtirokida xona haroratida qotadi. 
Furan polimerlari va ularning epoksid, fenol-formaldegid va boshqa polimerlar bilan aralashmalari yuqori 
konsentratsiyadagi kislotalarga chidamli polimerbetonlar olishda bog‗lovchilar sifatida ishlatiladi. Furanli polimerlar 
benzolsulfokislota, Petrov kontakti kabi kuchli kislotalar muhitida qotadi. 
Epoksid smolalari asosidagi polimerbetonlar yuqori mustahkamlik, kimyoviy muhitlarga universal 
chidamlilik xususiyatlariga ega. 
Polimerbetonlar tarkibini tanlash murakkab bo‗lib, ko‗plab o‗tkazilgan tajribalar asosida keltirib 
chiqarilgan emperik formulalar yordamida amalga oshiriladi. Polimerbeton uchun bog‗lovchi sarfi 100-240 kg/m3 
atrofida bo‗lib, polimer-kukun to‗ldirgich nisbati 1:2-1:4 orasida bo‗ladi. Polimerbeton qotishini tezlashtirish uchun 
40-900S haroratda 6-24 soat davomida ishlov berish maqsadga muvofiqdir. Karbamid-formaldegid singari kuchsiz 
kislotalar va nordon tuzlar ta‘sirida tezlikda qotadigan polimerlar asosidagi polimerbetonlarni xona haroratida 
qotirish mumkin. 


Polimerbetonlarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 60-130 MPa, cho‗zilishdagi mustahkamligi 6-22 
MPa, egilishdagi mustahkamligi 15-42 MPa bo‗ladi. Ularning sovuqqa chidamliligi /200-/500 va undan ko‗p 
bo‗lishi mumkin; issiqqa bardoshliligi 100-2000S. 
Polimerbetonlarning mo‗rtligini yanada kamaytirish uchun plastifikatorlar, qotayotganda ichki zo‗riqishini 
pasaytirish maqsadida galogen va sulfat tuzlari kiritish mumkin. Polimerbetonlarning cho‗zilishdagi 
mustahkamligini oshirish uchun, yoriqlar hosil bo‗lishigi bardoshli bo‗lishi uchun tarkibiga asbest, shisha tolasi, 
bazalt tolasi, boshqa sintetik tolalar kiritiladi. 
Polimerbetonlar kamchiligiga yuklama ta‘sirida vaqt bo‗yicha deformatsiyalanish ko‗rsatkichining 
yuqoriligi, issiqlik va namlikning almashib ta‘sir etishi natijasida eskirishi kiradi. 
Polimerbeton ishlab chiqarish texnologiyasi ko‗p jixatlari bilan (komponentlarni o‗ta aniq dozirovkalash, 
ularni aralashtirish va sh.k.) kimyo texnologiyasiga yaqin turadi. Polimerlar, qotiruvchilar, plastifikatorlar va boshqa 
modifikatorlar maxsus idishlarda saqlanish, dozirovkalash, qorishma tayyorlash, qoliplash va issiqlik bilan qayta 
ishlash jarayonida aniqlik va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish talab etiladi. Polimerbeton sexi kuchli 
shamollatish tizimi bilan ta‘minlangan bo‗lishi, ishchilar shaxsiy himoya vositalari (ko‗zoynak, maxsus kiyim, 
rezinali qo‗lqop, respirator va h.k.) bilan ta‘minlanishi zarur. 
Polimerbetonlar umuman, boshqa kompozitsion materiallar (sementli beton, asfaltbeton va boshq.) bardosh 
bera olmaydigan muhitlarda ishlatiladi. Ular asosida kimyoviy muhitlarga (kislota, ishqor, tuzli va boshqa muhitlar) 
bardoshli buyum, qism va konstruksiyalar tayyorlanadi. Furanli, fenol-formaldegidli polimerbetonlar kislotalar
mineral o‗g‗itlar ishlab chiqariladigan korxonalarda, epoksidli, poliefirli polimerbetonlar kislotali va ishqorli 
muhitlarda, sanitariya-texnika buyumlari va qismlari tayyorlashda ishlatiladi. 
Polimerbetonlar biologik aktiv muhitlarga (achitqilar, bakteriyalar) chidamli bo‗lgani uchun biotexnologiya 
korxonalari, meva-sabzavotlar saqlanadigan omborxonalar, molxonalar va boshqa qurilishlarda ishlatiladi. 

Download 252,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish