Doirasimon qurilish materiali
- ikkala chekkasi tekis arralangan, butog‘laridan
tozalangan yog‘ochdir. Ular standart
4,0; 4,5; 5,0; 5,5; 6,0
va
6,5
m uzunliklarga
ega va bu turdagi yog‘och materiallari kesik konus shaklida bo‘ladi. Ular
diametrining uzunligi bo‘yicha kamayishi kichrayish deb ataladi. Kichrayish
o‘rtacha
1 m
da
0,8 sm
ni tashkil qiladi.Doirasimon ko‘ndalang kesimli
yog‘ochning diametri kichik diametri bo‘yicha aniqlanadi. Uning o‘rtacha
diametri
14 sm
dan
26 sm
gacha oraliqlarda bo‘ladi va ayrim hollarda undan katta
ham bo‘lishi mumkin. Diametrlarni o‘zgarish gradatsiyasi
2 sm
ni tashkil qiladi.
Uning o‘rtacha diametrini quyidagi ifoda orqali aniqlash mumkin:
d
o‘r
d
0,5 l
(1.1)
Diametri
13 sm
dan kichik bo‘lgan yog‘ochlar vaqtinchalik inshootlar qurilishida
ishlatiladi.
Qirrali yog‘och materiallari
- arralangan yog‘och materiallari yog‘ochni
tilish ramalarida yoki aylanma tilish stanoklarida yog‘ochni bo‘ylamasi bo‘ylab
arralash natijasida hosil qilinadi. Ular standart
0,25 m
gradatsiya bilan
1 m
dan
6,5
m
gacha bo‘lgan o‘lchamlarda bo‘ladi. YUk ko‘taruvchi konstruksiyalar uchun
yog‘och taxtaning kengligi
60 mm
dan
250 mm
gacha, qalinligi
11 mm
dan
100 mm
gacha bo‘ladi.
Bruscha -qalinligi
50mm
dan
100 mm
gacha, kengligi
100 mm
dan
175 mm
gacha bo‘ladi.
Brus - qalinligi va kengligi
125 mm
dan
250 mm
gacha bo‘ladi.
YOg‘ochning tuzilishi, butoqlari va sifati uning kelib chiqishi bilan
aniqlanadi. Daraxt sifatida kelib chiqishi va o‘sishi natijasida yog‘och trubasimon
qatlam -tolali tuzilishga ega bo‘ladi.
YOg‘och qurilish materialining sifati, asosan yog‘ochning bir jinslilik
darajasi bilan aniqlanadi. Bir jinsli bo‘lmagan tuzilishi yog‘ochni o‘sishi
jarayonida, yog‘och materiallarini omborda saqlash jarayonida, quritish, qayta
ishlash va ishlatish jarayonida vujudga keladi.
YOg‘ochning sifatini buzadigan, bir jinsliligini o‘zgartiradigan omil - bu
butog‘lardir. Butog‘lar yon shoxlari natijasida vujudga keladi. Konstruksiyaviy
yog‘och materiallarining sifati, toifalari bilan belgilanadi
.
YOg‘och materiali
uchta toifalarga bo‘linadi
.
Birinchi toifa yog‘och materialida
20sm
uzunlikda
butog‘lar diametrlari yig‘indisi
d
(1 4)b
dan kichik bo‘lishi va
1 metr
masofadagi tolalar yo‘nalishi qiyaligi
7%
ga teng, yoki kichik bo‘lishi kerak
(7
i)
. O‘rtacha mustahkamlikka ega bo‘lgan ikkinchi toifa yog‘och materiallarida
uzunligi bo‘yicha
20 sm
dagi butog‘lar diametrlari yig‘indisi
d
(1 3) b
dan kichik
bo‘lishi va
1 metr
masofadagi tolalar yo‘nalishi qiyaligi
10%
ga teng yoki kichik
bo‘lishi kerak
(10
i, bu erda: i-nishablik).
Uchinchi toifa yog‘och materiallarida
esa,
d
(1 2) b
dan kichik bo‘lishi va tolalar qiyaligi
12%
dan katta bo‘lmasligi
kerak.
Birinchi toifa yog‘och materiallari eng asosiy yuk ko‘taruvchi
konstruksiyalarni tayyorlashda, ko‘proq cho‘zilishga ishlovchi elementlarda,
ikkinchi toifa yog‘och materiallari - boshqa o‘rtacha kuchlangan yuk ko‘taruvchi
konstruksiya elementlarida, uchinchi toifa yog‘och materiallari esa kam
kuchlangan to‘shama va qoplamalarda ishlatiladi. YOg‘ochning xossalari asosan
uning tuzilishi bo‘yicha aniqlanadi. YOg‘och, xususiy og‘irligi bo‘yicha engil
konstruksiyaviy materiallar sinfiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |