xususan, Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi yo‘nalishida
ta‘lim olayotgan talabalar hamda mazkur yo‘nalishga qiziquvchi magistlar uchun
9
I BOB. IQTISODIY O‟SISHNING NAZARIY JIHATLARI VA XITOYDA
IQTISODIY O‟SISH OMILLARI
1.1. Iqtisodiy o‟sish mohiyati va uning nazariy asoslari
Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal
qilishning asosiy yo‗li - bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy
o‗sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi ham pirovard natijada
iqtisodiy o‗sish darajasi va sur'atlariga bog‗liq. Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy
rivojlanish murakkab va qiyin aniqlanadigan jarayon bo‗lganligi sababli, uning
mezonlaridan biri bo‗lgan iqtisodiy o„sish ko‗proq tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o‘sish barcha mamlakatlar oldida turgan asosiy maqsad ekan,
doimiy, ya'ni barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish uchun nima kilish kerak?
Iqtisodiy o‘sish omillari nimalardan iborat? Barqaror iqtisodiy o‘sishni
ta'minlashda davlatning asosiy vazifalari nimalardan iborat? Shu kabi savollar juda
ko‘p vaqtlardan beri muhokamali mavzuga aylanib qoldi. Bu savollarga javob
topishda bizningcha, eng avvalo iqtisodiy o‘sish omillarini chuqurroq bilishga
undaydi.
XX asrning ikkinchi yarmida R.Solou, yangi mum'toz iqtisodiyot maktabi
vakli iqtisodiy o‗sishning yangi nazariyasini ishlab chiqishdi. Bu nazariyada
iqtisodiy o‗sishning asosiy omili sifatida kapital jamg‗arilishi keltiriladi.
Keyinchalik R.Lukas, S.Rebelo va R.Barro kabi iqtisodichi olimlar kapital
tushunchasini kengaytirishib, uni tarkibiga inson kapitali tushunchasini kiritishdi,
hamda qisqa muddatli iqtisodiy o‗sishni o‗rganishdi. XX asrning 80-yillariga kelib
P.Romer ―endogen o‗sish‖ modelini ishlab chiqdi. Bu modelda texnologik
taraqiyotning iqtisodiy o‗sishdagi o‗rniga e'tibor berilgan bo‗lib u uzoq muddatli
iqtisodiy o‗sish mexanizmini shakllantirdi. Shuningdek bu modelda iqtisodiyotni
rivojlantirishda davlat iqtisodiy siyosati katta ahamiyat kasb etishi keltirilgan.
Yuqorida keltirilgan modellarning hammasi o‗ziga xos xususiyatga ega
bo‗lib ularning har biri turli shart-sharoitda turli xil natija berishi mumkin.
Modellarning kamchiliklari va ularni empirik tadqiqot natijalari bilan
muvofiqlashtirilmaganligi natijasida faqatgina kapital jamg‗arilishi va texnologik
10
taraqiyot iqtisodiy o‗sish omili sifatida ko‗plab iqtisodchi olimlar tomonidan tan
olingan. Iqtisodiy o‗sishning boshqa omillari xususida iqtisodchi olimlarda
qarama-qarshi fikrlar va yondashuvlar mavjud.
Iqtisodiy o‗sish omillarini aniqlash maqsadida ko‗plab iqtisodchi olimlar
Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarini 1960-1990 yillardagi iqtisodiy rivojlanish
tarixini tahlil qilishadi. Bunda ma'lum davr oralig‗ida bir xil mamlakatlar
o‗rganilishiga qaramasdan olingan xulosalar va aniqlangan omillar turli xildir.
Fikrimizcha ushbu omillarni uch guruhga bo‗lish mumkin.
Bular:
kapital jamg‗arilishning yuqori sur'ati, ishchi kuchi miqdorini o‗sishi va
inson kapitali sifatini yaxshilanishi;
ishlab chiqarish samaradorligi va mehnat unumdorligini oshiruvchi xorijiy
texnologiyani keng qo‗llanilishi;
infratuzilmadan samarali foydalanish, iqtisodiyot ochiqligining yuqori
darajasi.
Ma'lumotlarimiz ko‗rsatishicha iqtisodiy o‗sish omillarining mamlakat
iqtisodiyotiga ta'siri mamlakatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga bog‗liq. Bu
holat Rossiyalik iqtisodchi G.Tarakanov ishlarida o‗rganilgan
14
. Bunda yalpi ichki
jamg‗arma, davlat xarajatlari, to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar va tashqi
savdo kabi makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarning rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlarda aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan YAIMga ta'siri tahlil qilingan.
Ushbu tadqiqotda olingan asosiy natijalar quyidagicha:
1. Yalpi ichki jamg‗arma aholi jon boshiga to‗g‗ri keluvchi YAIM o‗sish
sur'atiga ijobiy ta'sir ko‗rsatadi. Ammo ushbu ko‗rsatkichning iqtisodiy o‗sishga
ta'siri rivojlangan mamlakatlarda rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan
kuchliroq. Chunki rivojlangan mamlakatlar sanoatining aksariyat qismini kapital
sig‗imkorligi yuqori bo‗lgan tarmoqlar tashkil etadi. Ya'ni qanchalik mamlakatning
YAIM kapital sig‗imkorligi past bo‗lgan tarmoqlarga bog‗liq bo‗lsa shunchalik
Do'stlaringiz bilan baham: